TGINSIGHT POST
Post #86329
@toshkentvxtb
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali
Maudhui
#tanlov “Turon maktab teatri” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Turon” maktab teatri tanlovining Toshkent viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda viloyatning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 22 ta jamoa, jami 176 nafar o‘quvchi ishtirok etib, belgilangan shartlar asosida o‘zlarining sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, ijodiy yondashuvi hamda badiiy salohiyatini namoyish etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar sahnada turli badiiy chiqishlar orqali nafaqat o‘z iste’dodlarini, balki teatr san’atiga bo‘lgan qiziqish va muhabbatlarini ham namoyon etdilar. Har bir jamoaning chiqishi tomoshabinlar va hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdi. Tadbir Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat “Kelajak” markazi hamkorligida tashkil etildi. Tanlov davomida barcha jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Ohangaron tumani 52-maktabning “Tamaddun” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube ✅Facebook 🕊Twitter 🌐Instagram