#tanlov
“Turon maktab teatri” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Turon” maktab teatri tanlovining Toshkent viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda viloyatning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 22 ta jamoa, jami 176 nafar o‘quvchi ishtirok etib, belgilangan shartlar asosida o‘zlarining sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, ijodiy yondashuvi hamda badiiy salohiyatini namoyish etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilar sahnada turli badiiy chiqishlar orqali nafaqat o‘z iste’dodlarini, balki teatr san’atiga bo‘lgan qiziqish va muhabbatlarini ham namoyon etdilar. Har bir jamoaning chiqishi tomoshabinlar va hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdi.
Tadbir Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat “Kelajak” markazi hamkorligida tashkil etildi.
Tanlov davomida barcha jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Ohangaron tumani 52-maktabning “Tamaddun” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✅Telegram
🌐Website
📹YouTube
✅Facebook
🕊Twitter
🌐Instagram
#Tanlov
💎“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
♻️Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning viloyat bosqichi Fargona shahar Drama va milliy teatrida tashkil etildi.
♻️Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 ta jamoa ishtirok etib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik bo‘yicha o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini namoyon etdi.
✔️Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 1-o‘rin O‘zbekiston tumani 49-umumta’lim maktabining “Yashil makon asoschilari” jamoasiga, 2-o‘rin –Yozyovon tumani 5-umumta’lim maktabining “Nihol” jamoasiga va 3-o‘rin Toshloq tumani 33-umumta’lim maktabining “Yashil akademiya” jamoasiga nasib etdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
#Tanlov
💎“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
♻️Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Fargona viloyatida ham “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅Tanlovda viloyatdagi barcha shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 ta jamoa ishtirok etib, ekologiya sohasiga oid qonunchilik, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik madaniyat yo‘nalishlarida o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
✔️Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar ekologik huquqiy bilimlari, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va tezkor fikrlashi bilan ajralib turdilar.
🟢Jarayonlardan fotolavhalar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
#tanlov
📖Xabaringiz bor, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi eʼlon qilingan edi.
📆 Bugun soat 18:00 da quiz test shaklida tanlovimiz bo'lib o'tadi.
‼️Ishtirokchilariga "Temur tuzuklari" kitobi asosida tuzilgan jami 30 ta ochiq testidan iborat quiz test beriladi. Testdagi har bir savolni yechish uchun 45 soniyadan vaqt ajratiladi. 👉🏻 Tanlov t.me/kitobxonlik_haftaligi rasmiy telegram guruhida o'tkaziladi. (Tanlov qatnashchilari ushbu guruhga ulanib yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.)
🏆Tanlov natijasiga ko'ra 1,2,3-o'rinni egallagan g'oliblarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi hamda Urganch shahridagi “Bilim-xazina” xususiy kutubxona tomonidan harbiy san'atga doir kitoblar topshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube|Instagram|
#tanlov
📖 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi.
📆 Tanlov joriy yilning 7-aprel sanasida soat 18:00 da quiz test shaklida tashkil qilinadi.
‼️Ishtirokchilariga "Temur tuzuklari" kitobi asosida tuzilgan jami 30 ta ochiq testidan iborat quiz test beriladi. Testdagi har bir savolni yechish uchun 45 soniyadan vaqt ajratiladi. 👉🏻 Tanlov t.me/kitobxonlik_haftaligi rasmiy telegram guruhida o'tkaziladi. (Tanlov qatnashchilari ushbu guruhga ulanib yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.)
🏆Tanlov natijasiga ko'ra 1,2,3-o'rinni egallagan g'oliblarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi hamda Urganch shahridagi “Bilim-xazina” xususiy kutubxona tomonidan harbiy san'atga doir kitoblar topshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube|Instagram|
#tanlov
📖 Hurmatli kitobxonlar!
Xabar berganimizdek "Yaldo kechasi" romani bo‘yicha tanlov eʼlon qilgan edik. Bugun ushbu asarni qay darajada eʼtibor bilan o‘qiganingizni sinovdan o‘tkazamiz.
📆 Tanlov bugun soat 18:00 da quiz test shaklida o‘tkaziladi.
‼️Quiz test jami 30 ta ochiq testidan iborat bo‘ladi. Testdagi har bir savolni yechish uchun 45 soniyadan vaqt ajratiladi. 👉🏻 Tanlov t.me/kitobxonlik_haftaligi rasmiy telegram guruhida o'tkaziladi. (Tanlov qatnashchilari ushbu guruhga ulanib yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.)
🏆 Tanlov natijasiga ko'ra 1,2,3-o'rinni egallagan g'oliblarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo'limi hamda Urganch shahridagi “Bilim-xazina” xususiy kutubxona tomonidan maxsus sovg'alar topshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube|Instagram|
#tanlov
📖 Bugungi kunda keng jamoatchilik va kitobxonlar tomonidan shov-shuvlarga sabab bo'layotgan "Yaldo kechasi" romanida tariximizning eng mash’um damlari ,19 asrdagi turg‘unlik, jaholat, og‘ir damlar, siyosiy tuzum va shu kabi ko'plab voqealiklarni o'z ichiga oladi. Ushbu asar asosida kitobxonlarimiz o'rtasida tanlov o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
📆 Tanlov joriy yilning 28-fevral sanasida soat 18:00 da quiz test tashkil qilinadi.
‼️Quiz test jami 30 ta ochiq testidan iborat bo‘ladi. Testdagi har bir savolni yechish uchun 45 soniyadan vaqt ajratiladi. 👉🏻 Tanlov t.me/kitobxonlik_haftaligi rasmiy telegram guruhida o'tkaziladi. (Tanlov qatnashchilari ushbu guruhga ulanib yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.)
🏆Tanlov natijasiga ko'ra 1,2,3-o'rinni egallagan g'oliblarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi hamda Urganch shahridagi “Bilim-xazina” xususiy kutubxona tomonidan maxsus sovg'alar topshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | FacebookYoutube|Instagram
#Tanlov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi hamkorligida vohadoshlarimiz orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida “Kitoblararo 80 kun” marafon doirasida kitobxonlik tanlovi davom etadi.
4-bosqich uchun tanlangan asar:
📖 P.Qodirov “Avlodlar dovoni” romani.
💁♂️Bunda ishtirokchi bir hafta muddatda 10-17-oktabrgacha kitobni o'qib chiqishi kerak. Undan keyin esa 18-oktabr kuni soat 18:00 da 👉🏻tanlovtelegram guruhida e'lon qilinadigan onlayn quiz testda asar asosida tuzilgan 30 ta ochiq testni yechishlari zarur bo'ladi.
🏆Eslatma! G'olib ishtirokchilardan 10 nafari final bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.
❗️Tanlovning o'tkazilish tartibi bo'yicha quyidagi havola ( Nizom) batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
📚4-bosqich elektron kitobini 👉pdforqali mutolaa qilishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube|Instagram|
#Tanlov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi hamkorligida vohadoshlarimiz orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida “Kitoblararo 80 kun” marafon doirasida kitobxonlik tanlovi davom etadi.
3-bosqich uchun tanlangan asar:
📖 Yuy Xua “Yashamoq” romani.
💁♂️Bunda ishtirokchi bir hafta muddatda 30-sentabrdan 7-oktabrgacha kitobni o'qib chiqishi kerak. Undan keyin esa 8-oktabr kuni soat 18:00 da XORAZMIYLAR rasmiy telegram kanalida e'lon qilinadigan onlayn quiz testda asar asosida tuzilgan 30 ta ochiq testni yechishlari zarur bo'ladi.
🏆G'olib ishtirokchilar keyingi 4-bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.
❗️Tanlovning o'tkazilish tartibi bo'yicha quyidagi havola ( Nizom) batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
📚3-bosqich elektron kitobini 👉pdforqali mutolaa qilishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook | Youtube|Instagram|
#Tanlov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi hamkorligida vohadoshlarimiz orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida “Kitoblararo 80 kun” marafon doirasida kitobxonlik tanlovi davom etadi.
2-bosqich uchun tanlangan asar:
📖U.Hamdamning “Ota” romani.
💁♂️Bunda ishtirokchi bir hafta muddatda 21-28-sentabrgacha kitobni o'qib chiqishi kerak. Undan keyin esa 29-sentabr kuni soat 18:00 da XORAZMIYLAR rasmiy telegram kanalida e'lon qilinadigan onlayn quiz testda asar asosida tuzilgan 30 ta ochiq testni yechishlari zarur bo'ladi.
🏆G'olib ishtirokchilar keyingi 3-bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.
❗️Tanlovning o'tkazilish tartibi bo'yicha quyidagi havola ( Nizom) batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
📚2-bosqich elektron kitobini 👉pdforqali mutolaa qilishingiz mumkin.
Barcha tanlov ishtirokchilariga omad tilab qolamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook
#Tanlov
Xabaringiz bor, kecha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi hamkorligida vohadoshlarimiz orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida “Kitoblararo 80 kun” marafon doirasida o'tkaziladigan tanloviga start bergan edik.
1-bosqich uchun tanlangan asar:
📖O'.Hoshimovning“Ikki eshik orasi” romani.
💁♂️Bunda ishtirokchi bir hafta muddatda 12-19-sentabrgacha kitobni o'qib chiqishi kerak. Undan keyin esa 20-sentabr kuni soat 18:00 da XORAZMIYLAR rasmiy telegram kanalida e'lon qilinadigan onlayn quiz testda asar asosida tuzilgan jami 30 ta ochiq testni yechishlari zarur bo'ladi.
🏆G'olib ishtirokchilar keyingi 2-bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.
❗️Tanlovning o'tkazilish tartibi bo'yicha quyidagi havola ( Nizom) batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
📚1-bosqich elektron kitobini 👉pdf orqali mutolaa qilishingiz mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
| Telegram | Facebook |