TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali avatar

TGINSIGHT CHAT

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

@toshkentvxtb

Elimu

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐tvuzedu.uz ✉️ [email protected] 👨‍💻 Murojaat uchun tel: 55 9031332 @ToshvilmmtbgamurojaatBot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Obod MFY, Ko‘tarma ko‘chasi, 282-uy

Wanachama3,950Wanachama wa sasa
Machapisho1,008Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni3,581Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Tagi: #bugunning_gapi · machapisho 15

当前筛选 #bugunning_gapi清除筛选

Imechapishwa 24 Apr

#BUGUNNING_GAPI 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

164 views

Imechapishwa 22 Apr

#BUGUNNING_GAPI 🇺🇿“Sport – sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

216 views

Imechapishwa 3 Apr

#BUGUNNING_GAPI ➖Har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi. 🇺🇿Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

298 views

Imechapishwa 30 Mac

#BUGUNNING_GAPI 🇺🇿Davlatimizning kuchli ijtimoiy siyosatida yoshlar eng ustuvor yo‘nalish. Ularga sifatli ta’lim va kasb berish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda. Har bir mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilmoqda, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Madaniyat karvoni” tadbirlari va turli festivallar o‘tkazilmoqda. Bu yil “yoshlar balansi” bo‘yicha 925 ming yigit-qizning bandligini ta’minlash zarur. Shuningdek, kollej, texnikum va oliy o‘quv yurtlarini 300 ming yosh bitiradi. Avvalo, yoshlarning biznes bilan shug‘ullanishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishimiz zarur. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi shunga yo‘naltiriladi. “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

723 views

Imechapishwa 23 Mac

#BUGUNNING_GAPI 🇺🇿"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi tarix, yangi kelajak yarataylik!". Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

258 views

Imechapishwa 22 Mac

#BUGUNNING_GAPI “Aziz farzandlarim, bugun Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo‘lishdek ulkan baxt va yuksak sharaf sizlarga nasib etmoqda. Qancha-qancha ajdodlarimiz intilib yashagan shu buyuk orzuni ro‘yobga chiqarishga sizlar, shubhasiz, qodirsiz. Bugungi tinch va osoyishta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oshirib borsangiz, kelajak, albatta, siznikidir. Bu yo‘lda sizlarga, butun O‘zbekiston yoshlariga yana qanday sharoit zarur bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyormiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun deb yashasangiz, Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boshiga ko‘taradi! Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!” 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

541 views

Imechapishwa 20 Mac

#BUGUNNING_GAPI Jahondagi hozirgi g‘oyat murakkab vaziyatda oila va mahallalarda, butun mamlakatimizda osoyishtalik, fayzu baraka muhitini saqlash, yoshlarimizni yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash o‘ta dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Biz bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, jonkuyar aka-uka va opa-singillarimiz, hurmatli ziyoli va ulamolarimizga, mahalla faollari hamda tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz. Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida jahonning turli hududlaridagi urush va nizolar tezroq barham topib, barcha xalqlar tinchlik va barqarorlikda hayot kechirishini tilab qolamiz. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

145 views

Imechapishwa 19 Mac

#BUGUNNING_GAPI 🇺🇿Ta’lim-tarbiya — bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram| 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

147 views

Imechapishwa 18 Mac

#BUGUNNING_GAPI 🇺🇿Jaloliddin Manguberdi el-yurt istiqloli uchun kurashgan, bunga o‘z hayotini bag‘ishlagan ajdodlarimizning buyuk namoyandasidir. Ona yurtga muhabbat va sadoqat, or-nomus va shon-sharaf bobida unga teng keladigan ulug‘ shaxslar dunyoda kamdan-kam uchraydi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram| 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

130 views

Imechapishwa 17 Mac

#BUGUNNING_GAPI 🇺🇿Biz bugun yurtimizda Yangi O‘zbekistonni – inson erkin, ozod va farovon yashaydigan jamiyat va davlatni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdamiz. Yangi O‘zbekiston g‘oyasi – bu 36 millionli katta xalqimizning azm-u qarori, uning hayot mazmunidir. Bu olijanob maqsad Navro‘zi olam falsafasi va qadriyatlari bilan g‘oyat uyg‘un va hamohangdir. Inson qadrini ulug‘lash, har bir fuqaroning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarini amalda ta’minlash, barcha shahar va tumanlar, olis va chekka hududlar aholisi uchun munosib sharoit yaratib berish, oddiy qilib aytganda, xalqimizni rozi qilish – mana, bizning bosh maqsadimiz. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

251 views

Imechapishwa 16 Mac

#BUGUNNING_GAPI 🇺🇿Agar siz farzandingizga dang‘illama uy qurib bersangiz - vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar eng zo‘r mashina olib bersangiz - uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz - uyam bir kun sarf bo‘lib tugashi mumkin. Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo‘qolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham bo‘lsa farzandingizga bergan bilim va hunardir. Bilim va ma’rifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, KITOB degan xazinadan. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

155 views

Imechapishwa 13 Mac

#BUGUNNING_GAPI Aziz opa-singillar, oilada farzand tarbiyasiga e’tiborni kuchaytiraylik, bog‘cha, maktab va oliygohlarga kirib boraylik. O‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, farzand va nabiralarimizning o‘qishi, davomati masalasi, axloq-odobi bilan qiziqaylik. Bolalarimizni bilimli va aqlli, oqni qoradan ajrata oladigan, el-yurtimizga sodiq, hayoli va iboli, mustahkam irodali insonlar etib tarbiyalash uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik. Biz ma’naviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak. “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz” degan g‘oya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim. Zotan, hadisi sharifda aytilganidek, “Ota-ona o‘z farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi”. Muhtarama opa-singillarimiz, duogo‘y onaxonlarimizning mas’uliyati – aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing ❤https://t.me/toshkentv_xtb| 🌐Facebook| 🔎Veb-sayt | 🌐Instagram|▶️YouTube 👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

553 views
12
IliyotanguliaUk. 1 kati ya 2Inayofuata