TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← UZ Combinator
UZ Combinator avatar

TGINSIGHT POST

Post #126

@uzcombinator

UZ Combinator

Mionekano4,740Idadi ya mionekano
Imechapishwa26 Des26/12/2025, 10:43
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytiriladi va startap g‘oyasidan boshlab mahsulotni eksportgacha olib chiqish bo‘yicha kompleks qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi. Xususiy startap markazlarini tashkil etish maqsadida Yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5 yil muddatga, 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilishi belgilandi. Shuningdek, Markaziy bank huzurida Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan yetakchi mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada har yili 15–20 ta fintex startapni xalqaro bozorlarga olib chiqish hamda ularga $1 milliard dollargacha investitsiya jalb etish imkoniyati yaratiladi. Umuman olganda, venchur fondlar, startaplar va fintex kabi zamonaviy moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, ushbu soha ishtirokchilari huquqlarini qonun bilan kafolatlash zarurligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Prezident parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi. ▶️Jonli efirni ko'rish Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube