TGINSIGHT CHAT
UZ Combinator
@uzcombinator
Biashara na startupNega biz? - Kremniy Vodiysi tajribasi - Demo Day $1 mln dollar jamg’arma - Top Mentor va Trackerlar - Barcha sharoitlar: $1K stipendiya, 3 mahal ovqat va startap muhiti uchun tayyor ofis! Bunaqasi bo’lmagan!
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 1 kati ya 24 · machapisho 282
Imechapishwa 17 Apr
Ana yangilik! 🔥 Jamoamiz a’zosi Durdona Axadovani Y Combinator Startup School dasturiga qabul qilingani bilan tabriklaymiz! 🎉 U yerda orttirgan bilim va tajriba orqali yanada katta natijalarga erishishiga ishonamiz. @uzcombinator
Imechapishwa 15 Apr
Influencerlar erasi boshlandi… Bugungi kunda insonlarning diqqati eng qimmat valyutaga aylandi. Hozirda O‘zbekistonda 16 milliondan ortiq doimiy ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mavjud. Instagram, TikTok va Telegram kabi platformalarda reklama berish yoki shaxsiy brend qurish orqali sotuvlarni oshirish eng samarali yo‘llardan biriga aylandi. Tasavvur qiling: internetdan deyarli uzilmaydigan auditoriya oldida influencerlar va UGC creatorlar sizning mahsulotingiz yoki kompaniyangiz haqida gapira boshlasa — bu qanday ta’sir qiladi? Aynan shu muammoni hal qilish uchun Between yaratilgan. Bugungi kunda Between’ning oylik aylanmasi $20,000 ga yetdi. Bu esa uni UzCombinator dasturining boshlanishiga nisbatan qariyb 100 baravar o‘sishga olib keldi. Shuningdek, loyiha Yoshlar Ventures tomonidan $80,000 investitsiya jalb qildi. Hozirda platformada 700 dan ortiq faol foydalanuvchilar mavjud. @uzcombinator
Imechapishwa 14 Apr
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar siyosati xalqaro maydonda ✅Davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming nafar yoshni biznesga o‘rgatuvchi“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Ayni shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya AQShning Nyu-York shahrida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda: 1. “Cornell Tech”: Dastur rahbari Fernando Gomez-Bakero bilan uchrashuvda PhD olimlarni startap asoschilariga aylantiruvchi “Runway” dasturini yurtimizda “UzCombinator” loyihasi orqali joriy etishga va mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilishga kelishildi. 2. NYU tadbirkorlik instituti vakili Kit Mauppa va Rebekka Gard Silver bilan institutning startap ekotizimi o‘rganilib, maxsus platformalar va “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi. 3. “Founder Institute”: Tashkilot vakili Reid Hamilton bilan o‘zbekistonlik iqtidorli founderlarni ushbu nufuzli tashkilotning 14 haftalik global dasturiga jalb etish va ularni xalqaro investitsiyalarga olib chiqish muhokama qilindi. 4. “Endeavor” tarmog‘i direktori Evan Bullington bilan yosh startapchilarimiz loyihalarini global tarmoqqa integratsiya qilish hamda xalqaro bozorga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. 5. BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan muloqotda yoshlarimizning BMTdagi stajirovkasi, mintaqaviy suv muammolari hamda yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash belgilandi. #NyuYork#ECOSOC 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt
Imechapishwa 14 Apr
Imechapishwa 13 Apr
Markaziy Osiyo logistikasi....🚛 O‘zbekistonda naqd pul aylanmasini kamaytirish va P2P to‘lovlarni nazorat qilish bo‘yicha islohotlar boshlangan. Bu esa yashirin iqtisodiyotni qisqartirib, barcha jarayonlarni shaffoflashtirishga qaratilgan. Ayniqsa, logistika sohasi bu o‘zgarishlardan eng ko‘p ta’sirlanayotgan yo‘nalishlardan biri. Bugungacha ko‘plab yuk haydovchilari va buyurtmachilar o‘zaro aloqalarni asosan Telegram orqali, norasmiy tarzda olib borishgan. Diip esa aynan shu muammoni hal qiladi. Platforma Markaziy Osiyo logistikasini raqamlashtirib, yuk beruvchilar va haydovchilarni tez, ishonchli va qulay tarzda bir-biri bilan bog‘laydi. Diip startapi UzCombinator akseleratsion dasturida ishtirok etib, Yoshlar Ventures’dan $100,000 investitsiya jalb qildi. Hozirda esa boshqa venchur fondlar bilan muzokaralar davom etmoqda. Hozir Platformani 5500 dan ortiq foydalanuvchilari mavjud. @uzcombinator
Imechapishwa 9 Apr
💬Google, Amazon, Microsoft kabi trillion dollar kompaniyalardan startap uchun $350.000 dollar grand olish haqida Youtubeda videoyuklagandik. Videoda Elzodxon Sharofaddinov $350.000 grand olishda qanday qadamlardan o’tish kerakligini aytib o’tgan. (Bu haqida oldin e’lon qilgandik.Yangi obunachilarimiz ham bilishini xohladik😉) Video linki👇👇 https://youtu.be/HZjSqJ03IOU?si=PGeGkSzhPwJFn6_z @uzcombinator
Imechapishwa 7 Apr
Imechapishwa 6 Apr
45 kun. 3 ta startap. 2 aka-uka. Abdulaziz va G'anisher — UzCombinator uchun katta topilmalardan biri bo'ldi Keling birinchi asoschilar haqida natijalarni uzi gapira qolsin. IELTStation 70,000+ foydalanuvchi 20+ o'quv markaz bilan shartnoma IDP IELTS bilan rasmiy hamkorlik 😎 Sayra AI 3 haftada 30,000+ foydalanuvchi 400+ Premium obunachi Content Coach Amerika bozori uchun Build in Public va UGC platformasi $35 000 dollar investitsiya Abdulazizdagi eng katta ustunlik — o'zida Builder ham, Hustler ham. Bu Abdulaziz uchun hali boshlanishi. @uzcombinator
Imechapishwa 1 Apr
Bugun 1- mavsum asoschilarimiz bilan "Pizza Party" uyushtirdik.🥳
Imechapishwa 1 Apr
Imechapishwa 30 Mac
Aleem bugun biz bilan…😎 UzCombinatorda App Storeda Duolingodan o’tib ketgan Aleem startapi bugun mehmon bo’ldi. UzCombinatorsumkalaridan ham sovg’a qilib yubordik.🫡 @uzcombinator
Imechapishwa 30 Mac
UzCombinator bitiruvchilari natija ko‘rsatishda davom etmoqda. 🔥 UzCombinator 1-mavsum asoschilaridan biri Moomkin startapi $140 000 investitsiya jalb qildi. Yoshlar Ventures — $30 000 Aloqa Ventures — $20 000 Angels — $90 000 Boshqa startaplarimizda ham investitsiya olish jarayonlari davom etmoqda… @uzcombinator