Maudhui
⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar! Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi: 1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi; 2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi; 3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi; 4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi; 5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi; 6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi; 7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi; 8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi; 9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi; 10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi; 11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi; 12.“Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi; 13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi; 14.Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi; 15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi; 16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi; 17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi; 18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi; 19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi. 20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi; 21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi; 22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi; 23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi; 24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi; 25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi; 26.“UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi. Manba: PQ-59 (11.02.2026) @alisher_sadullaev