TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← UZ Combinator
UZ Combinator avatar

TGINSIGHT POST

Post #280

@uzcombinator

UZ Combinator

Mionekano5,780Idadi ya mionekano
Imechapishwa19 Feb19/02/2026, 09:58
Maudhui ya chapisho

Maudhui

Ikki kun davomida Uzcombinatorda Otabek Suvonov mentorlik sessiyasi bo'lib o'tdi Founder led sales. Nega asoschilar boshlang'ich davrda o'zlari sotishi kerak? Bu davrda faqat sotuvlar muhim emas, balki mijozingizni chuqur tushunish, mahsulotingizni yaxshilash va takroriy sotuv jarayonini yaratish kerak bo'ladi. "Early stage" startaplarda mahsulotni, bozorni va og'riqni founderdan yaxshi tushunadigan inson bo'lmaydi. Bundan tashqari sizdagi shijoat va jo'shqinlik mijozlarga ishonch beradi. Siz eng yaxshi sotuvchi bo’lmasligingiz mumkin, lekin ko’p masalalarni (narx, deadline, qo’shimcha fichalar) joyida hal qila olsiz va bu davrda bu narsa juda muhim. • Ideal mijozingizni (Ideal Customer Profile) aniqlab birinchi navbatda shu insonlar bilan suhbatlashishni boshlashingiz kerak va ularga sotishingiz kerak. • Mijozingizning og'rig'ini chuqur o'rganing va mahusltoingizni imkoniyatlarini "pitch" qilishga shoshmang. • Aniq qiymatli taklif bering (Value Proposition). Bu jarayonda oddiy va mijoz uchun tushunarli so'zlardan foydalaning, jargon va modadagi/buzzwords (AI, Cloud, Blockchain va hokazo) so’zlardan emas. • Undan keyin potentsial mijozlar ro'yxatini tuzing va ularga aloqaga chiqish yo'llarini qidiring. Bu Linkedin, Email, tanish-bilish, tadbirlar, sovuq telefon qo'ng'iroqlari (cold calls) yoki eshikma-eshik taqillatib yurish bo'lishi mumkin. • MIjozlar bilan o'zingiz bevosita gaplashing va suhbat davomida sizning yechimingiz haqida emas balki ularning muammosi haqida ko'roq gaplashing. Demo qilishga yoki produktingizni "ficha'lari haqida gapirishga shoshilmang. Sizning mijozingiz ekanligiga amin bo'lganingizdan keyin "demo" qilishingiz mumkin. ✔️Erta sotuvlar=erta feedback. Siz uchun bu mahsulotingizni yaxshilash va sotuvlarni/marketingni yo'lga qo'yishga juda yordam beradi. ➡️Birinchi 30-50 ta sotuvni yopganingizdan keyin bu jarayonni "playbook" sifatida hujjatlashtiring: - Ideal Customer Profile - Mijozga aloqaga chiqish va ularni o'rganish va sotuv scriptlari - Demo formati - Narx va onboarding • Qayta va qayta (repeatable) sotish jarayonini topganingizdan keyingina birinchi sotuvchini ishga oishingiz mumkin yoki sotuv bo'limini tuzish haqida o'ylasangiz bo'ladi. “Founders don’t just sell. They discover, shape, and validate a market.” @founderdotio