Maudhui
O’zbekiston Venture ecosystem report 2025 O‘zbekiston venchur ekotizimi so‘nggi yillarda juda tez o‘smoqda va bu jarayonni IT Park Uzbekistan tayyorlagan yangi “Venture Ecosystem Report 2025” aniq raqamlar bilan ko‘rsatib berdi. 2024 yildagi 400 ta startap soni 2025 yilda 750 taga yetgani, ekotizim umumiy bahosi esa 2020–2025 yillar oralig‘ida 3,9 mlrd dollargacha o‘sgani shu yo‘ldagi jiddiy siljishlardan dalolat beradi. 2023 yilda 6,3 mln dollar bo‘lgan venchur investitsiyalar hajmi 2024 yilda 69,5 mln, 2025 yilda esa 329 mln dollarga chiqib, atigi ikki yil ichida o‘nlab baravar oshgan. Hisobotda AloqaVentures, IT Park Ventures, UzVC, Domino Ventures, Yoshlar Ventures kabi fondlar hamda DataTruck, TASS Vision, Uzum, BILLZ singari startaplarning muvaffaqiyati yoritilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston startaplari allaqachon global bozorlarga chiqayotganini ko‘rsatadi. 2026 yildan boshlab IT Park Ventures va boshqa mahalliy fondlar xalqaro hamkorlar bilan qo‘shma fondlar va qo‘shma investitsiya dasturlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. ⚡️Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!