TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← UZ Combinator
UZ Combinator avatar

TGINSIGHT POST

Post #322

@uzcombinator

UZ Combinator

Mionekano3,460Idadi ya mionekano
Imechapishwa6 Mac06/03/2026, 16:09
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🚀DIQQAT, STARTAPCHILAR! Ekotizimda yirik o‘zgarishlar va muhim ochiq muloqot! ⚡️Ertaga, 7-mart kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida startap ekotizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan startaperlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda 20 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlar, banklar hamda 10 ga yaqin nufuzli venchur jamg‘armalari mas’ullari aynan sizni eshitish, muammolaringizga yechim topish va dadil tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun bir joyda jam bo‘ladi! Muloqot davomida: ⚫️Davlatimiz rahbarining 59-sonli qarori muhokamasi va uning doirasida yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar taqdimoti; ⚫️Startapchilar bilan ochiq muloqot: ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha sizning shaxsiy taklif va tashabbuslaringiz muhokamasi; ⚫️Davlat idoralari va venchur fondlari rahbarlari bilan yuzma-yuz muzokaralar hamda loyihalarga sarmoya jalb etishning yangi mexanizmlari. Agar sizda istiqbolli startap loyiha, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif yoki oldinga siljishingizga xalaqit berayotgan qandaydir to‘siqlar bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Keling, startap ekotizimi kelajagini birgalikda quramiz! 📍Manzil:Toshkent shahri, “Yoshlar ijod saroyi” ⏰Vaqti: 7-mart, soat 10:00 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt