TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
← UZ Combinator
UZ Combinator avatar

TGINSIGHT POST

Post #439

@uzcombinator

UZ Combinator

Mionekano2,180Idadi ya mionekano
Imechapishwa14 Apr14/04/2026, 15:35
Maudhui ya chapisho

Maudhui

🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar siyosati xalqaro maydonda ✅Davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming nafar yoshni biznesga o‘rgatuvchi“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Ayni shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya AQShning Nyu-York shahrida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda: 1. “Cornell Tech”: Dastur rahbari Fernando Gomez-Bakero bilan uchrashuvda PhD olimlarni startap asoschilariga aylantiruvchi “Runway” dasturini yurtimizda “UzCombinator” loyihasi orqali joriy etishga va mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilishga kelishildi. 2. NYU tadbirkorlik instituti vakili Kit Mauppa va Rebekka Gard Silver bilan institutning startap ekotizimi o‘rganilib, maxsus platformalar va “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi. 3. “Founder Institute”: Tashkilot vakili Reid Hamilton bilan o‘zbekistonlik iqtidorli founderlarni ushbu nufuzli tashkilotning 14 haftalik global dasturiga jalb etish va ularni xalqaro investitsiyalarga olib chiqish muhokama qilindi. 4. “Endeavor” tarmog‘i direktori Evan Bullington bilan yosh startapchilarimiz loyihalarini global tarmoqqa integratsiya qilish hamda xalqaro bozorga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. 5. BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan muloqotda yoshlarimizning BMTdagi stajirovkasi, mintaqaviy suv muammolari hamda yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash belgilandi. #NyuYork#ECOSOC 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt