Maudhui
Influencerlar erasi boshlandi… Bugungi kunda insonlarning diqqati eng qimmat valyutaga aylandi. Hozirda O‘zbekistonda 16 milliondan ortiq doimiy ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mavjud. Instagram, TikTok va Telegram kabi platformalarda reklama berish yoki shaxsiy brend qurish orqali sotuvlarni oshirish eng samarali yo‘llardan biriga aylandi. Tasavvur qiling: internetdan deyarli uzilmaydigan auditoriya oldida influencerlar va UGC creatorlar sizning mahsulotingiz yoki kompaniyangiz haqida gapira boshlasa — bu qanday ta’sir qiladi? Aynan shu muammoni hal qilish uchun Between yaratilgan. Bugungi kunda Between’ning oylik aylanmasi $20,000 ga yetdi. Bu esa uni UzCombinator dasturining boshlanishiga nisbatan qariyb 100 baravar o‘sishga olib keldi. Shuningdek, loyiha Yoshlar Ventures tomonidan $80,000 investitsiya jalb qildi. Hozirda platformada 700 dan ortiq faol foydalanuvchilar mavjud. @uzcombinator