TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Abdurahmon Meshayan
Abdurahmon Meshayan avatar

TGINSIGHT POST

Post #5518

@a_meshayan

Abdurahmon Meshayan

Mga View3,030Bilang ng mga view ng post
Na-publishHun 2906/29/2025, 10:10 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

Assalamu alaykum, salomatmisizlar? Bilasizlar ehson post juda kamdan kam qo’yamiz o’zimiz tekshirib aniq ishonch xosil qilganimizdan keyingina sizlar yuzlanamiz. Bu dunyo — sinovlar makoni. Kimdadir bu sinov mol bilan, kimdadir sabr bilan, yana kimdadir sog‘liq bilan bo‘ladi. Bugun sizlarga bunday sinovda sabr bilan kurashayotgan bir yigit haqida so‘zlamoqchimiz… Yoshi endigina 19 da. Qalbi Qur’on nuri bilan to‘lgan, Islomga xizmat qilish orzusi bilan yashayotgan bir yigit. Hofizu Qur’on. Madrasaga tayyorgarlik ko’rib, ilm yo‘liga qadam qo‘ymoqchi edi. Ammo… Qadar unga og‘ir sinovni ravo ko‘rdi — ko‘krak saratoni.Bir marta operatsiyani boshdan o‘tkazdi. Endi esa dard qaytib, yana jarrohlik stoliga yotishga majbur. Shifo, davo, muolajalar esa og‘ir xarajat talab qiladi. Bugun bu yigit siz-u bizning duoyimizga, ehsonimizga muhtoj. Balki siz bergan bir so‘m, bir duo uni hayotga, Qur’on yo‘liga qaytarar… Shifoga yetishib, Qur’onni davom ettirmoqchi. Balki u ertaga minglab odamga Qur’on o‘rgatar, balki har bir harfi sizning savob daftarlaringizga ham yozilar. Kim biladi? Allohning karami keng bo’lgan zot. Bugun sizning qilgan ehsoningiz — uning hayotini, iymon yo‘lini, Qur’on bilan bo‘lgan rishtasini saqlab qolishi mumkin. 9860120151383706 Humo 5614681913320945 Uzcard Kerak bo’ladigan summa 15 million so’m. Bir Hofizning orzusiga qanot bo‘ling. Siz bergan har bir so‘m — Qur’on xizmatiga qo‘shilgan bir g‘isht bo‘ladi. Har bir duo — bir davo bo‘ladi. Har bir saxiylik — abadiy ajr bo‘ladi. Alloh saxovatli bandalarini yaxshi ko‘radi. Savollar bo’lsa — @byyakun_bot ga murojat qiling.