TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Abdurahmon Meshayan
Abdurahmon Meshayan avatar

TGINSIGHT POST

Post #5716

@a_meshayan

Abdurahmon Meshayan

Mga View1,780Bilang ng mga view ng post
Na-publishEne 2501/25/2026, 07:05 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

Assalamu alaykum va rohmatulloh azizlar salomatmisizlar? Ramazonning elchisi bo‘lmish muborak Sha’bon oyiga ham yetib keldik. Bu oy — qalblarni poklash, niyatlarni tozalash va Ramazonga tayyorgarlik ko‘rish oyidir. Alloh taolo yana bir bor bizlarga yaxshilik qilish, savobli amallar bilan Unga yaqinlashish imkonini nasib etmoqda. Bugun sizlarga bir Ona nomidan murojaat qilmoqdaman… Axir Onaning begonasi bo‘lmaydi. Yolg‘iz bir Ona. Bir qizi va bir o‘g‘lini farroshlik qilib, halol mehnati bilan boqib, o‘qitib kelayotgan edi. Ammo Allohning sinovi bilan 3 oy avval qandli diabet sabab oyoqlarida gangrena boshlanib, hozirda ishlashga hollari qolmagan. Davolanmasa, bu kasallik butun tanaga tarqalib ketish xavfi bor… Bugungacha ro‘zg‘orlari mahalladagi mehribon qo‘shnilari yordam qilib ta’minlab kelishayotgan ekan. Ammo davolanishni kechiktirib bo‘lmaydi. Bu — nafaqat dard, balki hayot masalasi. Oilani sharoitini joyiga borib, yaxshilab tekshirdim, holat ishonchli. Endi Allohga tavakkul qilib, doimgidek siz azizlarga murojaat qilmoqdaman. Kelinglar, Sha’bon oyida qalblarimizni yumshataylik. Bir Onaning duosini olaylik. Bir oilaning umidiga sababchi bo‘laylik. 9860120151383706 Humo 5614681913320945 Uzcard 4916990325154968 Uzum card 4790912216468431 Visa Mahmudov. M nomida hammasi! Hozirgi zarur mablag‘: 18 million so‘m Bilaman katta mablag’ lekin sizlar bilan albatta bu ishni ham uddalashimizga ishonaman. Kim qancha qodir bo‘lsa — mablag’ tomonlama, yaqinlariga ulashish tomonlama bo’ladimi farqi yo’q. Muhimi shu savobli ishga o’z hissangizni qo’shishingizda. Alloh yo‘lida berilgan har bir ehson ulkan savobdir. Balki aynan sizning sadaqangiz bu Onaning shifosiga, farzandlarining kelajagiga sabab bo‘lar… Olganimiz emas, berganimiz biznikidir! Sizlarni qiziqtirgan har qanday Qo’shimcha savollar bo’lsa @azxariy_bot ga murojat qilishingiz mumkin.