TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Abdurahmon Meshayan
Abdurahmon Meshayan avatar

TGINSIGHT POST

Post #5790

@a_meshayan

Abdurahmon Meshayan

Mga View932Bilang ng mga view ng post
Na-publishMar 403/04/2026, 10:55 AM
Nilalaman

Nilalaman ng post

Assalamu alaykum va rohmatulloh salomatmisizlar? Ramazon oyida qilinadigan har bir yaxshi amalning savobi bir necha barobar oshiriladi. Bu oyda ehson qilish, sadaqa berish, xayrli ishlar bilan band bo‘lish va o‘zimizni Alloh taologa yaqinlashtirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik lozim. Ramazon oyining barakali kunlarida Alloh taolo bizga yaxshilik qilish va savobli amallar bilan Unga yaqinlashish imkonini berib turibdi. Shu muborak oyda sizlardan bir oilaga yordam berishingizni so‘raymiz. Ota-onasini yo‘qotgan ikki yetim farzand, biri 13, ikkinchisi 7 yoshda, buvisining qo‘lida qolgan. Bu xolamiz 72 yoshda bo‘lib, pensiya mablag‘lari evaziga nabiralarini boqib kelmoqda. Shu yoshlarida Nabiralariga Qur’onni yod oldirib kelayotganlari to’g’risi meni qalbimga o’zgacha hissiyot berdi. Biri 16 pora, ikkinchisi 4 pora yod olishibdi. Afsuski, ikki oy oldin ularning ota-onalari avtohalokatda vafot etgan, va ota-onalarining katta qarzlari shu xolamiz va nabiralari bo‘ynida qolgan. Qarz muddatidan o’tib ketgani sababli, haqdorlar tinch qo‘yishmayapti. Oilaning kundalik rozg‘ori va bolalarni voyaga yetguniga qadar ta’limi uchun xomiy topdik. Endi esa birgalikda harakat qilib bu oilaning qarzini yopib bersak nur ustiga nur bo’lgan bo’lar edi. Oilani sharoiti to‘liq tekshirilgan va ishonchlidir. Endi faqat Allohga tavakkul qilib, siz azizlardan yordam so‘raymiz. 9860120151383706 Humo 5614681913320945 Uzcard 4916990325154968 Uzum card 4790912216468431 Visa Mahmudov M nomida Qarz miqdori: 32 million so‘m. Bilaman katta mablag’ lekin sizlar bilan albatta bu ishni ham uddalashimizga ishonaman. Kim qancha qodir bo‘lsa — mablag’ tomonlama, yaqinlariga ulashish tomonlama bo’ladimi farqi yo’q. Muhimi shu savobli ishga o’z hissangizni qo’shishingizda. Alloh yo‘lida berilgan har bir ehson ulkan savobdir. Olganimiz emas, berganimiz biznikidir! Sizlarni qiziqtirgan har qanday Qo’shimcha savollar bo’lsa @azxariy_bot ga murojat qilishingiz mumkin.