Nilalaman ng post
#resume#mistakes Rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar: 2-qism Sizning rezyume boshqa yuzlab nomzodlarnikidan ajralib turishi uchun uning dizayniga ham e'tibor qaratish lozim. Bugun Sizlar bilan rezyume tayyorlashda tez-tez takrorlanadigan dizayn bilan bog'liq xatolarga e'tibor qaratamiz. 1️⃣ Keraksiz yoki noto’g’ri formatdagi rasm: Rezyume tayyorlayotganda rasm tanlashga shoshmang. Rezyumega suratingizni joylash har doim ham talab etilmaydi. Rasm qo’yishni istasangiz, u professional ko’rinishda bo’lishi zarur - selfie emas😉 Professional bo’lmagan, sifati past surat Sizni jiddiy qabul qilmasliklariga sabab bo’lishi mumkin. 2️⃣Rezyume hajmining uzun bo’lib ketishi: Rezyumeda vakansiya uchun muhim bo’lmagan ma'lumotlarni kiritish uning cho’zilib ketishiga olib keladi va biz buni tavsiya qilmaymiz. Ish beruvchilar rezyumelarga ko’p vaqt sarflamaydi. Ularning ham, o'zingizning ham vaqtingizni hurmat qiling va faqat eng muhim va dolzarb tajriba va yutuqlaringizni qisqa va lo'nda yoritib berishga harakat qiling. 3️⃣Dizayn va bezaklardan haddan tashqari ko'p va didsiz foydalanish: Juda ko’p grafik elementlar va ranglar rezyumening tushunarlilik darajasini pasaytiradi. Rezyume bilan tanishayotgan odamga qulaylik yaratish uchun oddiy va professional ko’rinishga ega dizayndan foydalaning. @digitalitvacancy