TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Tag: #mistakes · 2 post
Na-publish Nob 13
#resume#mistakes Rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar: 2-qism Sizning rezyume boshqa yuzlab nomzodlarnikidan ajralib turishi uchun uning dizayniga ham e'tibor qaratish lozim. Bugun Sizlar bilan rezyume tayyorlashda tez-tez takrorlanadigan dizayn bilan bog'liq xatolarga e'tibor qaratamiz. 1️⃣ Keraksiz yoki noto’g’ri formatdagi rasm: Rezyume tayyorlayotganda rasm tanlashga shoshmang. Rezyumega suratingizni joylash har doim ham talab etilmaydi. Rasm qo’yishni istasangiz, u professional ko’rinishda bo’lishi zarur - selfie emas😉 Professional bo’lmagan, sifati past surat Sizni jiddiy qabul qilmasliklariga sabab bo’lishi mumkin. 2️⃣Rezyume hajmining uzun bo’lib ketishi: Rezyumeda vakansiya uchun muhim bo’lmagan ma'lumotlarni kiritish uning cho’zilib ketishiga olib keladi va biz buni tavsiya qilmaymiz. Ish beruvchilar rezyumelarga ko’p vaqt sarflamaydi. Ularning ham, o'zingizning ham vaqtingizni hurmat qiling va faqat eng muhim va dolzarb tajriba va yutuqlaringizni qisqa va lo'nda yoritib berishga harakat qiling. 3️⃣Dizayn va bezaklardan haddan tashqari ko'p va didsiz foydalanish: Juda ko’p grafik elementlar va ranglar rezyumening tushunarlilik darajasini pasaytiradi. Rezyume bilan tanishayotgan odamga qulaylik yaratish uchun oddiy va professional ko’rinishga ega dizayndan foydalaning. @digitalitvacancy
Na-publish Okt 25
#resume#mistakes Rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan Top-3 xatolar 1️⃣Keragidan ortiq ma’lumotlarning kiritilganligi: Rezyumega ortiqcha axborot kiritishdan saqlaning. Faqat muhim va lavozimga mos keladigan ma’lumotlarnigina kiriting. Rezyumeda ish uchun ahamiyatsiz bo’lgan ma’lumotlarni kiritish chalkashlikka olib kelib, yangi savollar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Rezyumeda faqat kerakli ma’lumotlarning kiritilishi o’zingizning ham, ish beruvchining ham vaqtini qadrlashingizni ko’rsatadi. 2️⃣Aniq natijalar ko’rsatilmaganligi: Faqat lavozimlaringiz va tajribangiz haqida gapirib, yutuqlaringizni esdan chiqarmang. Sizning nomzodingizni o'rganayotgan shaxs yutuqlaringiz bilan ham tanishishni xohlaydi. Yutuqlaringizni aniq miqdorlar yoki ulushlar ko'rinishida taqdim etish orqali o'zingizga bo'lgan qiziqishni oshirishingiz mumkin. Misol uchun: "Men dizaynini o'zgartirgan platformada foydalanuvchilar soni 30 foizga oshdi". 3️⃣ Imlo va grammatik xatolar: Imloviy xatolar e’tibordan chetda qolishi mumkin bo’lgan keng tarqalgan muammolardan biri. Kichik bo’lsa-da imloviy xatolarning mavjudligi Siz haqingizda ma’suliyatsiz degan taassurot qoldirishi mumkin.Shusababli har doim rezyumeni sinchkovlik bilan tekshirib chiqish zarur. Ish beruvchilar "detail-oriented", ya'ni ziyrak insonlarni xush ko'rishadi. @digitalitvacancy