TGINSIGHT CHAT
Jadidlar ( Джадидизм )
@jadidlar
EducationTariximiz sahifalarida o'chmas iz qoldirgan Jadidchi ajdodlarimizning so'nmas xotirasiga bag'ishlangan. Jadidlar va jadidshunos olimlar asarlari, maqolalari, arxiv ma'lumotlar berib boriladi. Murojaat uchun ➡️@go_answersbot
Mga kamakailang post
Pahina 1 ng 29 · 340 post
Na-publish Mar 1
Ilk oʻzbek dramasi - "Padarkush" premyerasining 114 yilligi munosabati bilan Gazeta.uz zoʻr material tayyorlabdi. Unda dramaning yaratish tarixi va ahamiyati, umuman oʻzbek teatrining oʻsha davrdagi rivojlanishi haqida gap ketadi. Materialda tarixiy hujjatlarlar va foto materiallardan foydalanilgan. Tavsiya qilaman!
Na-publish Dis 5
Adib Xolidning “Turkistonda jadidchilik” kitobining yopiq taqdimoti bo’lib o’tdi. Shaxsan o’zim uchun ancha informativ bo’ldi deya olaman. Jadidlarni o’rganishda biz ahamiyatdan qochirayotgqn masalalar, jadidchilik g’oyasi romantizatsiyasi, qadimchilik bilan farqi, bugungi kunda ushbu g’oyaning dolzarbligi xususida yaxshi fikrlar almashinildi. Bu haqida to’liqroq yozaman, ammo hozir obunachilarimga muallif bilan o’tadigan uchrashuvga borishlarini tavsiya qilmoqchiman. Bugun soat 15:00 da Yoshlar Ijod saroyida maxsus uchrashuv bo’lib o’tadi, faqat iltimos, yaxshi, sifatli savollar tayyorlab boringlar, chunki bugun ba’zi ziyolilarning berayotgan savolidan o’zim xijolat bo’lib ketdim. Mintaqa tarixi, ma’rifatchilik g’oyalarini xorijda o’rganish, jadidchilik g’oyasi global kontekstga chiqishi juda quvonarli holat.
Na-publish Set 16
Qo’qon tarixidagi “Qizil to’y” Mashhur “Taxtlar jangi” dagi qizil to’y epizodini ko’rgandirsiz. Farg’ona vodiysi o’z tarixida ham xuddi shunday qonli to’yni o’tkazgan va bu voqea Qo’qon xonligi yaratilishiga zamin yaratgan. XVII asr oxiridan boshlab Farg‘ona vodiysida siyosiy hokimiyat mahalliy Chodak qishlog‘idagi o‘zbek urug‘lari va hojilar jamoati qo‘liga o‘tadi. O‘sha paytda minglar o‘zbek urug‘larining eng yirik ta’sir kuchiga ega urug‘laridan bo‘lib, uning boshida hukmron Qo‘qon sulolasining bo‘lg‘usi asoschisi Shohruh turgan edi. XIX asrning birinchi yarmiga taaalluqli manbalaridan biri bo‘lmish “Tarixi Shohruhiya” da bu to’y sahnasi va Shohruhning hokimiyatga kelishi tavsiflangan. Ushbu solnomaga ko‘ra, Farg‘onaning o‘zbek urug‘lari birlashishga va xo‘jalarning hukmron jamoatiga qarshi isyon uyushtirishga qaror qiladi. Ular xo‘jalarga buning uchun sulola nikohini taklif etadi. O‘zbeklar ruxsat olgandan so‘ng nikoh tantanalarini o‘tkazish uchun poytaxtning siyosiy markazi va farg‘onalik hojilarinng tayanchi bo‘lgan Chodakka keladi. Tantanalardan so‘ng o‘zbek mehmonlar obro‘li hojilarning uylariga taqsimlanadi. Biroq kuyov – Chodakning hoji hokimi kelishi bilanoq o‘zbeklar qurollarini qo‘lga olib, hokimni va hojilar jamoatining boshqa vakillarini o‘ldiradi. Bu “qizil to‘y”dan keyin vodiydagi siyosiy markaz butunlay minglar va ularning yo‘lboshchisi Shohruh tomon ko‘chib o‘tadi. Qo‘qon xonligining taraqqiyoti va inqirozi Nurlan Kabdulhaq @jadidlar
Na-publish Set 15
Ruhimiz o‘lmasun! So‘ngg‘i vaqtlarda matbuotimiz maorif masalalaridan ko‘pgina bahs qilmoqqa boshladi. Ta’minot to‘g‘risidan ko‘pincha xalqning o‘z bo‘ynig‘a yuklatilgan maktab va o‘qush ishlari ko‘p kuch va g‘ayrat sarf qilmoq bilangina istakka muvofiq yurub borsa mumkindir. Yo‘q esa, avvaldan kelgan qo‘ramaslik va e’tiborsizlig‘imizning davom eta berishi maorifimizni bo‘g‘ub o‘ldurgusidir. Maktablarni ta’min etmak vazifasi o‘z bo‘ynig‘a tushgan xalqimizning saviya fikriyasi, maktab va o‘qish-o‘qitish ishlariga nazari ma’lumdir. Mavlud munosabati bilan Toshkentda Mahkamai shar’ia tomonidan yasalg‘an ulug‘ namoyishda bu e’tiborsizlikni zararli samarasi juda ochiq ko‘ruldi. Bizni yashatishga emas, o‘ldirishga sudrayturg‘an eski maktab bolalari xorlik va maskanatni kuldirib turg‘an qonsiz chehralari bilan ola-bula to‘nlar kiyib Jome’ bilan Ko‘kaldosh sahnasiga to‘lg‘an choqlarida xalqning ko‘zi yoshlar bilan to‘ldi. Xalqning ko‘zlaridan to‘kilgan u yoshlar nodonlik va taassib orqasida kelgan behuda va shuning bilan birga samimiy yoshlardir. Bu manzara qarshisida butun umrini xalqning maorifi, yangi maktabi, taraqqiy va ta’limi uchun sarf etgan kishilar boshqa tushuncha va boshqa o‘ylar bilan yig‘iladilar. Birmuncha vaqtdan beri maorif ishlaridan chetda yurgan eski bir maorif xodimi o‘shal manzaradan olg‘an taassurotini juda achchig‘ qilib onglatdi. Uning maorif ishlaridan chetda yurishi uchun gunohni kimning bo‘ynig‘a qo‘ya olamiz? Har holda, mavlud kunidagi hazin manzaraga shu chekkalab yurishlarning xiyla ulug‘ ta’siri bordir. Hozir hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktablarning soni juda ozdir. Bo‘lg‘an qadarisini ham hukumat to‘la va yetarlik ravishda ta’min qila olmaydir. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) degan narsa bilan bu kun juda buzulib ketgan xalq ruhi mavlud kuni ko‘rganimiz kabi maskanat manbai bo‘lg‘an eski maktablarda bo‘lsa, ul maktablar bundan so‘ng, shubhasiz, kundan-kunga kuchayib borg‘usidirlar. Ularga qarshi kurashmak lozimdir. Faqat bu kurashni hech bir kuch bilan davom etdirib bo‘lmas. Buning uchun hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktab va internatlarni kuchaytirmak, to‘laytirmoq va har jihatdan mukammallashdirmak kerakdir. Buning ustiga, yana xalq hisobig‘a ham yangi usul maktablar ochdirib, ularni ham moddiy va ma’naviy yoqlardan mukammallashdirishga butun maorif va yoshlik kuchlarini zavq etdurmak kerakdir. Tarixning bizning uchun teskari bo‘lg‘an jarayoni natijasida kelib chiqqan shu hollarning aybini birimiz do‘lga va birimiz tegirmonga qo‘ymoq bilan faqat ahvolni og‘irlashdirgan bo‘lurmiz. Tegirmon tarafdorlari va do‘lni yoqlag‘uchilar uchun qo‘shmoq bir vazifa bor: bor qadar yangi maktablarni har jihatdan mukammallashdirib, eski maktab tahlikasiga qarshi kurashmak! Hozir shu maqsad bilan bolalar haftasi yasalmoqdadir. Do‘l deganlar-da, tegirmon deganlar-da ochiq maydonda o‘zlarini ko‘rsatsunlar. Abdulhamid Sulaymon “Turkiston” gazetasi. 1922 yil 4 noyabr. Manba:https://jadidlar.uz/jadidlar/5
Na-publish Peb 9
Bugun Alisher Navoiyning tug’ilgan kuni. Ajdodlarimizni faqat shu kuni eslaymiz, boshqa kun unutiladi degan iddaoga qo’shilmay kelganman, chunki bu tabiiy. Bugun Navoiy o’rgatgan buyuk ta’limot va tafakkurimni yaxshigina o’zgartirgan asar haqida gapirib bermoqchiman. “Lison ut-tayr” asari haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Qushlar o’ziga shoh topa olmay, xaos boshlanib ketganida Hudhud qushi ularga Simurg’ haqida aytib beradi. Motivatsiyalangan qushlar yo’lga otlanib, o’sha qushni topish payiga tushadilar. Yo’lning turli azob-uqubatlaridan o’tib, ko’plab mashaqqat va qurbonliklardan so’ng Simurg’ o’tirgan yerga borishsa, o’sha fano vodiysida ko’zgulardan faqat o’zlarining aksi chiqadi, ya’ni mukammal Semurg’- 30 qush aslida o’zlari ekanligi ayon bo’ladi (spoyler uchun uzr). Aslida turlicha talqin qilsa bo’ladigan epizod. Har bir qush - insonning turli xususiyati, ruhiy holatlari ramzi, uning o’z ichki qiyinchiliklarini yengib, haq yo’lini topishi, sayohat va mashaqqatlari orqali inson ruhiyatini o’zi o’rganishi va shu bilan yuksalib borishi talqin etilgan. Navoiyning umri oxirlab qolganida butun umr davomida to’plagan bilim va donishmandliklari qayd etilgan nodir asar. Navoiy o’z buyukligi siri bilan bo’lishgan ko’rsatma sifatida qabul qilish ham mumkin. Qisqa talqinini yozganim bilan asar yirik va har bir bo’lim chuqur mushohadaga undaydi sizni, shuning uchun to’liq o’qib chiqishni tavsiya qilaman. “Haq vujudi dengiz mayjlarini yuzaga keltiradi. Mayj naqshidan dengizga ne ziyon yetadi? Dengiz, xoh u mavjli boisin, xoh mayjsiz, o'zidagi suv bilan dengiz sanaladi. Suvsiz mayj hosil bo'lmaydi. Mavjning boru yo'qligi dengizga bog'liqdir”. Millatimizning Semurg’ini bir bor yodga solib, biror asaridan o’qib qo’ying bugun, balki aynan shu misralar sizning ham xotirangizda qolar. Credits: Rauf Nabiyev
Na-publish Ene 15
“Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi
Na-publish Dis 13
Fayzulla Xo’jayevning eslashicha, 1908-yilda Abduvohid Burhonov maktabida imtihonlar ota-onalar, ulamolar va shahar fozillari oldida tantanali tarzda o’tkaziladi. Bu imtihonga Buxoroning turli toifalariga mansub boshqa odamlar ham kelishadi va imtihon qizg’in bahslarga sabab bo’ladi. Mulla Ikrom boshchiligidagi bir guruh yangi maktabni foydali, davlatga ham, musulmonchilikka ham zarari yo’q deb topadilar. Mulla Abduroziq boshchiligidagi ikkinchi guruh esa, aksincha maktabni zararli va musulmonchilikka to’g’ri kelmaslikda ayblashadi. Aynan shu voqeadan so’ng Buxoro jadidlari ikki toifaga - jadidlar va qadimchilarga bo’lingan. Ha, azizlar, hamma narsa maktabdan boshlanadi. @jadidlar
Na-publish Dis 13
Ismoil G’aspirali bir paytlar yangi usul maktablarini joriy qilib, bolalarni oson o’qitish tizimiga o’tkazayotgan ma’rifatparvarlarga qarshilik qilgan mutaassiblarga achchiq so’zlarni aytgan ekan: “Hozirgi zamonda butun dunyo fan va ma’rifat qozonida qaynagan bir vaqtda millatni johil, hunarsiz, maorifsiz qoldirib, uni ham bundan battar barbod qilishni istaysizmi? Ey riyokorlar! Shariat, shariat deb hukmdorlarni aldaganingiz yetmaydimi? ...Faraz qilaylik, usuli savtiya, o’qishni osonlashtirish, yozuvni bilmoq va hisob xarom bo’lsin... O’g’il bolalarni qizlardek kiyintirib, oldingizda, majlislarda raqs o’ynatmoq, qiz hisoblab tizzalarga o’tkizmoq va... gunoh hisoblamay, qaysi oyat va hadis bilan uni tasdiq qilib, odatga joriy qildingiz?” “Tarjimon” 17-son 1910. @jadidlar
Na-publish Dis 8
Choʻlponning yangi kitobi nashr etildi Asarning arabiy imlodagi qoʻlyozma varianti Davlat adabiyot muzeyi fondidan topilgan. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25886 Rasmiysahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| X
Na-publish Nob 11
Тарихда кўп воқеаларни рақамлар, воқеалар хронологияси ва интерпретация орқали ўрганамиз. Аммо ўша воқея атрофидаги эмоцияларини мухрлаш учун фақат бадий асарларга мурожаат қилиш мумкин. Туркистон мустақиллиги учун бўлган ҳаракатлар туйғулари жадидлар меросида етарлича ифодаланган. Айниқса Абдулҳамид Чўлпон бу борада чинаккам ота. Шу меросни мусиқага солсак, нега у рок ёки метал бўлиши мумкин эмас. Аксинча бадийлаштирилган тарих айнан павер метал орқали қулоқларимизга етиб бориши керак. Анвар Пошо хотирасига бағишлаб ёзилган Балжувон марсияси шу жанрни ўзбек тилидаги безакларидан бири бўлади https://youtu.be/O2Kp5DV9HhI?si=vVevDCCWs3yfWY_j @Rockistan
Na-publish Ago 31
31-avgust - Qatag'on qurbonlari xotirasini yod etish kuni
Na-publish Ago 10
Хоразм вилояти, Урганч шахри туннелида чиройли расмлар чизгувчи "Жадид қизи" номи остида ижод қилгувчи қиз пайдо бўлибди. Деворларда Анна Герман, Х.Девонов суратлари тасвирланибди. Хоразм юртида кўплаб марифатпарварлар ўтган. Уларнинг сурати ҳам тез орада пайдо бўлади деб умид қиламиз.