TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara dön
Ishcom | Vakansiyalar avatar

TGINSIGHT CHAT

Ishcom | Vakansiyalar

@ishcomuz

Career

Ish boʻyicha oʻzingizga mos sohani hashtag orqali topishingiz mumkin. Kanal №0006070046 sonli guvohnoma asosida qonuniy faoliyat olib boradi. Reklama uchun 👉@qamar_ads Otzivlar: @otziv_gapirsin 444590

Aboneler4.0万Mevcut kanal aboneleri
Takip edilen gönderiler1,019İndekslenen gönderi sayısı
Son erişim6,910Son görüntülemelerin toplamı
Son gönderiler

Son gönderiler

Etiket: #ulashing · 1 gönderi

当前筛选 #ulashing清除筛选

Yayınlandı 4 Eki

Frilanserlar qonuniy ishlayapsizmi? O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kurerlar, avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin. Mehnatga layoqatli yoshdagi har bir jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin. O‘zini o‘zi band qiluvchilar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart emas. Asosiy ish joyida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab, bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilish ham mumkin. Asosiysi, asosiy ishdagi faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilish uchun ruxsat berilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kirmagan bo‘lishi kerak. Masalan, kun bo‘yi mehnat shartnomasi asosida kotibalik bilan shug‘ullanish, kechasi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida matn yozish bo‘yicha xizmatlarni (kopirayting) ko‘rsatish mumkin. O‘zini o‘zi band qilishning qanday foydalari bor? Buning foydali ekanligiga bir qancha sabablar bor. 1️⃣Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq tekshiruvlari, jarimalar va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ayblovlardan qo‘rqmasliklari mumkin. 2️⃣ Tasdiqlangan ish staji va pensiya. O‘zini o‘zi band qilganlarning ish staji ketaveradi, shuning uchun keksalikda kafolatlangan pensiya naqd deb hisoblash mumkin. 3️⃣ Rasmiy daromad. Iste’mol kreditlari, imtiyozli qarzlar olish, shuningdek, soliq imtiyozlarini qo‘llash mumkin. 4️⃣Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya. 5️⃣O‘ziga o‘zi xo‘jayin. O‘zini o‘zi band qiluvchilar uchun mehnat shartnomasi, rahbar va qat’iy ish jadvali yo‘q. Sevimli ish bilan xohlagan vaqtda shug‘ullanish va bundan qonuniy daromad olish mumkin. 6️⃣Mijozlar bazasini kengaytirish. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yuridik shaxslardan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni qabul qilish uchun bankda osongina hisob ochishlari mumkin. Bundan tashqari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sheriklar orasida ishonchni uyg‘otadi. 7️⃣Minimal hujjatlar. O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar singari buxgalteriya hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini topshirishlari shart emas. Daromad va xarajatlarni ixtiyoriy ravishda Soliq ilovasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishlari mumkin. ©️gazeta.uz nashri @ishcomuz | #foydali#ulashing

6,910 views