TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #13615

@HashtagUz

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Views5,780帖子阅读量
发布1月19日2025/01/19 15:00
Post content

帖子内容

🚁 Amazon dronlari yomg‘ir sinovidan o‘ta olmadi: dasturiy ta’minotda muammo 🛒 Amazon kompaniyasi Texas va Arizona shtatlarida amalga oshirilayotgan dronlar orqali yetkazib berish xizmatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu qaror sinov parvozlari chog‘ida ikki dronning yomg‘irli ob-havo sharoitida qulab tushishi sababli qabul qilindi. Bundan tashqari, qulagan dronlardan biri yonib ketgan, bu esa xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. 👨‍💻 Kompaniya vakillari muammo dasturiy ta’minotdagi xato bilan bog‘liqligini ta’kidlab, uni tez orada tuzatishni rejalashtirmoqda. Yetkazib berish xizmati AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. ⏳ Amazon dronlar orqali yetkazib berish xizmatini joriy etish ustida 11 yildan beri ish olib bormoqda, ammo ob-havo sharoitlari kabi oddiy muammolar hali ham to‘liq hal etilmagan. ➡️#amazon | Birinchi raqamli IT-Blog