TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
科技⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
最近帖子
标签筛选 #amazon · 共 3 条
📉 Amerika internetida ishkal! 🛒 Amazon Web Services (AWS) infratuzilmasida yirik nosozlik sodir bo‘lib, bu internetda keng ko‘lamli uzilishlarga sabab bo‘ldi. ℹ️ Nosozlik Zoom, Fortnite, Roblox, Signal, Epic Games, Duolingo, Canva kabi o‘nlab mashhur ilovalar, o‘yinlar va saytlarning ishdan chiqishiga olib keldi — ular Amazon serverlaridan foydalanadi. ✅Amazon kompaniyasi muammo mavjudligini tasdiqladi va muhandislar uni bartaraf etish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Biroq xizmatlarning to‘liq tiklanish muddati hozircha aniq emas. 👀 Sizda yana nimalar ishlamayapti? ➡️#amazon | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
🛒 Amazon kompaniyasi Nova Reel modelini yangilab, endi 2 daqiqagacha bo‘lgan videolarni yaratish imkoniyatini qo‘shdi ✅ Asosiy o‘zgarishlar: - Video uzunligi: Endi model 2 daqiqagacha bo‘lgan videolarni generatsiya qila oladi. - Segmentlar: Har bir video 6 soniyali qismlardan iborat bo‘ladi. - Multishot Manual rejimi: Bu rejimda foydalanuvchilar matnli so‘rov bilan birga rasm ham yuklab, modelga boshlang‘ich nuqtani ko‘rsatishlari mumkin. ⚠️Cheklovlar: - Matnli so‘rov hajmi: Rasm bilan ishlaganda, matnli so‘rov 512 belgigacha cheklangan. - Kadrlar soni: Bunday holatda, video faqat 20 kadrdan iborat bo‘ladi. 🦝 Yangilangan Nova Reel 1.1 modeli AWS platformasi orqali foydalanish uchun mavjud. Amazon, modelni o‘qitishda ishlatilgan videolar manbasini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, foydalanuvchilarni mualliflik huquqlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan da’volardan himoya qilishini bildirgan. ➡️#amazon#ai | Birinchi raqamli IT-Blog
🚁 Amazon dronlari yomg‘ir sinovidan o‘ta olmadi: dasturiy ta’minotda muammo 🛒 Amazon kompaniyasi Texas va Arizona shtatlarida amalga oshirilayotgan dronlar orqali yetkazib berish xizmatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu qaror sinov parvozlari chog‘ida ikki dronning yomg‘irli ob-havo sharoitida qulab tushishi sababli qabul qilindi. Bundan tashqari, qulagan dronlardan biri yonib ketgan, bu esa xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi. 👨💻 Kompaniya vakillari muammo dasturiy ta’minotdagi xato bilan bog‘liqligini ta’kidlab, uni tez orada tuzatishni rejalashtirmoqda. Yetkazib berish xizmati AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. ⏳ Amazon dronlar orqali yetkazib berish xizmatini joriy etish ustida 11 yildan beri ish olib bormoqda, ammo ob-havo sharoitlari kabi oddiy muammolar hali ham to‘liq hal etilmagan. ➡️#amazon | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags