TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #14107

@HashtagUz

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

Views6,490帖子阅读量
发布6月15日2025/06/15 03:55
Post content

帖子内容

🥇NVIDIA RTX 5090 – "Dhahab Edition": oltin bilan qoplangan grafik karta Dubayda namoyish qilindi! 🖥 Bu oddiy RTX 5090 emas. Dubaydagi GITEX Africa 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilgan karta 18 karatli 6.5 grammdan iborat haqiqiy oltin bilan bezatilgan bo‘lib, “Dhahab”(arabchada – oltin) deb nomlangan maxsus versiya. ✨ NVIDIA bu modelni o‘zi emas, balki Dubaydagi maxsus butik kompaniya orqali ishlab chiqargan. Dizaynidan tortib, qadoqlanishigacha – hammasi hashamatga yo‘g‘rilgan. ⚙️ Qanday texnik xususiyatlar borligi aytilmagan, ammo ehtimol oddiy RTX5090 bilan bir xil bo‘ladi. Faqat, ustiga NVIDIA Bosh direktori Jensen Xuangning dastxati ham tushirilgan. 🇦🇪 Bu karta kolleksionerlar va Dubaydagi premium texnologiya ishqibozlari uchun mo‘ljallangan. 🧐 Siz olarmidingiz bunday “oltin kartani”? ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog