TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
科技⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
最近帖子
标签筛选 #nvidia · 共 10 条
🥇NVIDIA RTX 5090 – "Dhahab Edition": oltin bilan qoplangan grafik karta Dubayda namoyish qilindi! 🖥 Bu oddiy RTX 5090 emas. Dubaydagi GITEX Africa 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilgan karta 18 karatli 6.5 grammdan iborat haqiqiy oltin bilan bezatilgan bo‘lib, “Dhahab”(arabchada – oltin) deb nomlangan maxsus versiya. ✨ NVIDIA bu modelni o‘zi emas, balki Dubaydagi maxsus butik kompaniya orqali ishlab chiqargan. Dizaynidan tortib, qadoqlanishigacha – hammasi hashamatga yo‘g‘rilgan. ⚙️ Qanday texnik xususiyatlar borligi aytilmagan, ammo ehtimol oddiy RTX5090 bilan bir xil bo‘ladi. Faqat, ustiga NVIDIA Bosh direktori Jensen Xuangning dastxati ham tushirilgan. 🇦🇪 Bu karta kolleksionerlar va Dubaydagi premium texnologiya ishqibozlari uchun mo‘ljallangan. 🧐 Siz olarmidingiz bunday “oltin kartani”? ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
😍 Kun shirinchasi: NVIDIA haqiqiy “Yulduzli Janglar” robotini taqdim etdi 🤖 Blue — The Walt DisneyCompany va Google DeepMind bilan hamkorlikda yaratilgan yoqimtoy yuruvchi robot. U Newton ochiq kodli dvijyoki va Groot N1 neyromodeli asosida qurilgan. 🚀 Newton robotlarni ultra-realistik simulyatsiyalarda mashq qildiradi va buni boshqa tizimlarga qaraganda 70 baravar tezroq amalga oshiradi. 🧠GROOT N1 inson miyasi kabi ishlaydi: avval muammoni hal qilish yo‘lini o‘ylaydi, keyin esa bajarish uchun "impulslar" yuboradi. ➡️#robot#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
💻NVIDIA GeForce RTX 5050: 8 GB GDDR6 xotira va 128-bit shina bilan ta'minlanadi ℹ️ NVIDIA kompaniyasining yangi byudjet grafik protsessori — GeForce RTX 5050 haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Ushbu model 8 GB GDDR6 videoxotira va 128-bit shina bilan jihozlanadi. Shuningdek, uning maksimal quvvat sarfi 130 W atrofida bo'lishi kutilmoqda. ⚙️ Ushbu xususiyatlar RTX 5050 modelini o'rta darajadagi grafik kartalar qatoriga qo'yadi. Uning raqobatchisi sifatida AMD RX 9070 modeli ko'rilmoqda. Ammo, to'liq texnik tafsilotlar va chiqarilish sanasi hali e'lon qilinmagan. ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
🖥 PowerColor Radeon RX 9070 XT Red Devil: Yangi grafik karta uchun 900 W quvvat manbai talab qilinadi ℹ️ Yaqinda tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, PowerColor Radeon RX 9070 XT Red Devil grafik kartasi uchun kamida 900 W quvvat manbai talab etiladi. Aytilishicha, unda 64 hisoblash bloklari va 3,0 GHz chastotada ishlovchi grafik protsessor, 3 ta 8-pinli quvvat ulagichi mavjud bo'ladi. 🆚 Taqqoslash uchun, PowerColor RX 9070 Reaper modeli uchun 650 W, RX 9070 XT Reaper uchun esa 750 W quvvat manbai kifoya qiladi. ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
💻NVIDIARTX 5070 Ti rasmiy sotuv oldidan paydo bo‘ldi ⚙️ Asosiy xususiyatlar: - 8960 CUDA yadrosi - 16 GB GDDR7 xotira - 256-bit shina kengligi - 300 W energiya iste’moli 💸 Tavsiya etilgan narx — 749$, lekin ayrim Yevropa do‘konlarida 1300-1400 yevro atrofida sotilmoqda. 📅 Rasmiy sotuv 20-fevraldan boshlanishi kutilmoqda. ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
💻Arzon mikrofon ovozini studiya darajasiga aylantiramiz — NVIDIA “Broadcast” dasturiga “Studio Voice” funksiyasini qo‘shdi. ℹ️ Ishlatish juda oson — funksiyani yoqamiz va yozishni boshlaymiz. Natijada, toza va sifatli ovoz hosil bo‘ladi, qo‘shimcha sozlamalar kerak emas. ⬇️ Dasturni bepul yuklab oling: https://nvda.ws/4aKY2N6 ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
💻 RTX 5080 va RTX 5090 narxlari haqida ilk taxminlar ℹ️ Yaqinda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, NVIDIA’ning keyingi avlod RTX 5080 va RTX 5090 grafik kartalari $899 va $1599 dan boshlanadigan narxlarda chiqishi mumkin. Bu hali rasmiy ma'lumot emas. ⚙️ Insayderlar ushbu avlod AD200 chip arxitekturasida ishlab chiqarilishini ta’kidlashmoqda. Energiya sarfi yuqori bo‘lishi mumkin, shuning uchun yaxshi sovutish tizimi va kuchli quvvat bloklari talab qilinadi. 💾 Katta hajmdagi kesh xotira, ray tracing va sun’iy intellekt uchun maxsus yadro (tensor) modullarning kuchayishi kutilyapti. Bu esa o‘yinlar va kreativ ilovalardagi ishlash tezligini sezilarli ravishda oshirishi mumkin. ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
🔥🔥🔥 Mana, baliq! 💻 Insayder RTX 5090 haqidagi ma'lumotlarni sizdirdi. Unga ko'ra, 32 GB xotira, pik ishlash jarayonida 600 W quvvat sarfi va 512-bit,GDDR7 texnologiyasi asosida bo'larmish. Tabiiyki, RTX 4090 chetda choy ichadi. ℹ️ RTX 5080 haqidagi ma'lumotlar esa 3-skrinda. ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
🎂GeForce'ga 25 yil to'ldi! ℹ️ 1999-yil 31-avgustda NVIDIA kompaniyasi GeForce 256 protsessorini taqdim etib, dunyodagi birinchi GPU'ga asos solgandi va shu orqali kompyuter texnologiyalari ichida revolyutsiyani amalga oshirgandi. ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
💻 Nvidia o'zining sun'iy intellektini o'rgatish uchun millionlab YouTube videolarini yashirincha yuklab olayotgan ekan 😯 Demak, qanaqadir sensatsion loyiha tayyorlanmoqda. Nima bo'lishi mumkin? ➡️#nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags