TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT CHAT

Co-Learning Center

@colearninguz

教育

𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿 💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim 💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati 🎓 Tadbirlar uchun maydon 📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona ☎️ +998900073306

Subscribers497频道当前订阅规模
Tracked posts343频道帖子计数
Recent reach1,461最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

第 29/29 页 · 共 343 条

发布 12月27日

Soha yetuk mutaxxasisi boʻlishda kitoblarning qanday oʻrni bor? IT’chilar kitob oʻqishadimi oʻzi? 🧑‍💻 Co-Learning Center’da kitob mutolaasi faoliyat shartlaridan biri hisoblanadi. Eng qizigʻi bizning jamoa kitobni xuddi IT’ni sevgandek sevadi. Keling ular sevib mutolaa qiladigan kitoblar va yozuvchilar roʻyxatini keltiramiz: Dasturchilar: Гарри Поттер и Методы Рационального Мышления, Червь, Вы, конечно, шутите, мистер Фейнман, 1984,Temur tuzuklari, Boburnoma, Avlodlar davoni. Dizaynchilar: Robert Kiyosaki, Deyl Karnegi, Teodor Drayzer. Mediachilar: Государь, Граф де Монте Кристо, Шерлок Холмс. Siz-chi? Qaysi kitoblarni sevib mutolaa qilasiz? #CLC#Books_matter#chitay_narod @colearninguz

202 views

发布 12月27日

Bitta sichqoncha, ikki monitor, uch dasturlash tili... Yoki, dasturchi bo‘lish uchun nima kerak? Oliy ma‘lumot? Kapital? Tanish-bilish? 🎓 Diplom bermasa-da, oz fursatda "takoy dasturchi" bo‘lishingizga kafolat beruvchi o‘quv markazlari - ko‘pchilik uchun ayni muddao bo‘lib boryapti. 👨‍🏫 4/5/7 yil leksiyalarni uxlab o‘tkazgandan ko‘ra, biroz vaqt stajorlik qilish, yoki o‘quv kurslarida tahsil olgan ma’qulroq ko‘rinishi mumkin. Biroq "generallikni orzu qilmagan..", deganlaridek, "oliy ma’lumotli dasturchi" nomi kelgusida Google'ga ishga kirmoqchi bo‘lganingizda qo‘shimcha + bo‘lishini unutmang 😉 Ham vaqtdan, ham naqddan yutish istagida bo‘lsangiz, @colearningacademy video-darslarini kuzatib boring. Chunki bizda sohasining Oliy ma’lumotli mutaxassislaridan tashkil topgan, tajribali dasturchilar tomonidan darslar berib boriladi. #CLC#CoLearning_Academy#high_educated#useful_info @colearninguz

195 views

发布 12月27日

Multitasking afsonasi Multitasking haqida turli afsonalar yuradi. Bir vaqtda koʻplab ishlarni bajarish qahramonlik, bajargan esa qahramondek goʻyo. Biroq, rostdan shundaymikan? Multitasking tartibi sizni samarali qilmaydi. Buning bari afsona. Koʻp vazifalarga bir vaqtning oʻzida diqqatingizni qaratishingiz diqqat tizimingizga salbiy taʼsir koʻrsatadi, xolos. Qachonki nimanidir avtomatik tarzda doimiy ravishda bajarilsagina, ishlar samarali boʻlishi mumkin. Masalan, bir vaqtning oʻzida ham yayov yurib ham telefondan gaplashish. Yurish – avtomatik tarzda bajariladi, u diqqatning jalb etilishini talab qilmaydi. Agar siz oldingizga qoʻyilgan taskʼlaringizni samarali bajarmoqchi boʻlsangiz, u holda bir vazifaga diqqatni qarating, bajarib boʻlganingizdan soʻng boshqasiga oʻting. Siz bir vaqtning oʻzida koʻplab tasklarni bajarasizmi yoki bir ishni tugatib, keyin boshqasiga oʻtasizmi? Multitasking'ga munosabatingiz qanday? #CLC#Multitasking_not_Rulit#DoandWork Co-Learning.uz

231 views

发布 12月27日

Biz karantin haqida eshitmadik: chunki bunga vaqtimiz bo'lgani yo'q. Lekin ba'zi bir muhim yangiliklarni bilamiz. Siz-chi, xabaringiz bormidi? Tinib-tinchimas INHA universiteti talabalari doktor ko'rigiga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi ilova yaratishmoqda. MyHealth mobil ilovasi ayni damda yangi hamkorlar izlamoqda. CoLearning Center IT o’quv markazi esa, kelgusida Google'ni zabt eta oladigan dasturchi bilan live-suhbat uyushtirdi, bundan tashqari, @uicgames O'ynAR kameraning yangilangan variantini chiqarib, bolajonlar uchun ajoyib "Bolajon" foydali o'yinini yaratdi. Yaqin kunlarda UIC Games O'yinlar olamida haqiqiy shov-shuv ko'tarishga tayyorgarlik ko'ryapti. Biz bilan eng qiziq va muhim IT-yangiliklarni kuzatib boring. #IT_UZB#CLC#UIC_Games#mangusarkarda#get_informed Co-Learning.uz

255 views

发布 12月27日

Karantin? Yoʻq, yoʻq biz eshitmadik! CoLearning Center jamoasining faoliyatiga hech narsa xalal bera olmaydi. Bilamizki, 23-mart 2020-yildan yurtimizda virus koʻpayishini oldini olish maqsadida qator choralar koʻrilmoqda. Ayni shu yilning 10-iyulidan choralar yanada qatʼiylashdi. Shu sababdan bizning CLC oilamiz yana masofadan ishlashga oʻtdi. Biroq, Zoom, Discord kabi dasturlar orqali doimo birgamiz. Karantin bizga toʻsqinlik qila olmaydi. #CLC#quarantine_time Co-Learning.uz

272 views

发布 12月27日

Co-Learning Center nima? 🧑‍💻 Co-Learning Center – IT sohasida Oʻzbekiston yoshlariga taʼlim berish va soha mutaxassislarining malakasini oshirishga moʻljallangan ochiq maydon. Zamonaviy ilm-fanni oʻrgatuvchi ochiq oʻquv platforma barcha darajadagi oʻquvchilar uchun moʻljallangan. 👥 100 dan ortiq yoshlarni oʻz atrofida jamlagan akademiya kurslari toʻliq amaliyot orqali berib boriladi. Eng asosiysi esa, ushbu mashgʻulotlarga qatnashish mutlaqo bepul Co-Learning.uz

306 views

发布 12月25日

Channel created

views
12•••10•••20•••272829
上一页第 29/29 页下一页