TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Co-Learning Center avatar

TGINSIGHT CHAT

Co-Learning Center

@colearninguz

教育

𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿 💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim 💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati 🎓 Tadbirlar uchun maydon 📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona ☎️ +998900073306

Subscribers497频道当前订阅规模
Tracked posts343频道帖子计数
Recent reach6,492最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #clc · 共 14 条

当前筛选 #clc清除筛选

发布 6月22日

🚀 Dizayn sohasiga qiziquvchilar uchun masterklas! ⚡️Co-Learning Center grafik dizayn va SMM dizaynga qiziquvchilar uchun ajoyib event tashkillashtirmoqda. Dizayn sohasining UX/UI yo'nalishi bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega Socially Design Academy asoschisi — Ismoil Safarov tomonidan maxsus masterklasni qarshi oling. Spikerimiz, 26-iyun, soat 12:00 da Co-Learning Center'da SMM dizaynga oid o'ziga xos masterklas o'tadilar. 😊 Joylarimiz soni chegaralangan. Shuning uchun ro'yxatdan o'tishingizni so'rab qolamiz. Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tib, joyingizni band qiling:bit.ly/3zQYKb7 #dizaynlashamiz#IsmoilSafarov#masterklas#CLC

4,110 views

发布 12月27日

Ayni kunlarda shiddat bilan davom etayotgan CoLearning Center IT darslarini kuzatib boryapsizmi? ❓ Oʻqituvchilarimiz va dars jarayoni bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi? Xabaringiz bor, ITʼning Backend, Frontend, grafik dizayn, SMM va kopirayting yoʻnalishlariga bagʻishlangan kurslarimizning 2-haftasi oʻtmoqda. Dars jarayonlaridan qiziqarli lavhalar storizlarimizda. Tez orada bepul IT darslarimizning ikkinchi fasli uchun saralash start oladi. Shunday ekan, #StayWithUS! #CLC#study_with_PM#Free_courses#Free_courses @colearninguz

273 views

发布 12月27日

🚀 Tez kunlarda start oladigan oflayn kurslarimizni intizorlik bilan kutyapsizmi? Siz yolg‘iz emassiz! Bizning tajribali o‘qituvchilarimiz ham o‘z bilim va ko'nikmalarini ulashishga tayyor. Keling ular safi bilan yaqindan tanishtiramiz: 1️⃣ Backend lektor Xaitmetova Xojarbu Colearning Academy’dagi onlayn IT darslari bilan tanilgan Python va Backend dasturchisi. 2️⃣ Frontend lektor Shahzod Qudratov Matn.uz, birgayengamiz.uz, faxriylar.uz kabi yirik loyihalarida frontend boʻyicha oʻzining professional faoliyati bilan hissa qoʻshgan. 3️⃣ Grafik dizayn - lektor Murodxoʻja Muratov Project Managers kompaniyasi bosh dizayneri. Yirik brendlar bilan ishlashda katta tajribaga ega. 4️⃣ SMM va Copywriting: Mahin Nursaidova va Sadriddin Abdurahimov - SMM bo‘yicha yetarli tajriba va bilimga ega mutaxassislar. #CLC#INHA#courses#staytuned @colearninguz

285 views

发布 12月27日

Dasturlash bo‘yicha sifatli, oflayn yoki onlayn hamda bepul darslarni qayerdan topish mumkin? Yoki Siz nega aynan Co-Learning Center’ni tanlashingizning bir chimdim sabablari haqida. Co-Learning Center - malakali, izlanuvchan, ahil va kreativ dasturchi, dizayner va SMM’chilardan tashkil topgan jamoa. ‼️Markaz INHA universiteti talabalari uchun oflayn kurslarini yo‘lga qo‘ymoqda. Tez kunlarda start oladigan mazkur kurslar mutlaqo bepul bo‘lib, uni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘rganuvchilar sertifikat sohibiga aylanishlari mumkin. 🔆 Biz IT olamiga shaxdam qadamlarda kirib borishingiz uchun zarur imkoniyatlarni yaratamiz. Bilganlarimizni sizga ulashishdan doimo mamnunmiz! #CLC#AboutUs#GoToIT#brogrammers @colearninguz

232 views

发布 12月27日

CoLearning Center oʻzining bepul kurslariga taklif qiladi 👨‍💻 INHA universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat! ✅ Zamonaviy bilimlarni endilikda professionallar bilan birga mutlaqo bepulga oʻrganishingiz mumkin. Oʻrgangan bilimlaringizni esa “Project Managers” kompaniyasida amaliyot orqali davom ettirish imkoniyati ham mavjud. Bizda aynan qaysi kurslar oʻtiladi? - Frontend development - Backend development - Grafik dizayn - SMM 📬 Ushbu yoʻnalishlardan oʻzingizga mos boʻlgan kursni tanlang va roʻyxatdan oʻting! Roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchilar birinchi guruh sifatida intervyuga chaqiriladi! 👉 Roʻyxatdan oʻtish 📌 Eslatib oʻtamiz, ro'yxatdan o'tishning ohirgi sanasi 26-sentabr! Ishtirokchilar suhbat asosida 30-sentabrga qadar saralab olinib, darslar 2-oktabrdan boshlanadi. #INHA#courses#CLC @colearninguz

225 views

发布 12月27日

Siz uchun dasturchi kim? Ushbu karuselda dasturchilarga biz bergan ta'rifni ko'rishingiz mumkin. 😉 #CLC#dasturchi#coding @colearninguz

192 views

发布 12月27日

Hafta kitobi “Пиши, Сокращай“. Ushbu kitob nafaqat kopirayterlarga, balki boshqa soha vakillariga ham foydalidir. Kitob haqida qisqacha yuqoridagi rasmlarda. Biz bilan qoling va foydali kitoblardan boxabar boʻling. #CLC#Book_Review#Books_matter @colearninguz

181 views

发布 12月27日

Dasturlash doimiy ravishda oʻz ustida ishlash degani. Shuningdek, u toʻxtovsiz oʻrganishni ham talab etadi. Oʻrganish jarayonida kitobdan yaxshi koʻmakchi yoʻq, shunday emasmi? 🧑‍💻 “Clean Code: A Handbook of Agile Software Craftsmanship” Robert C. Martinʼning kitobi boʻlib, unda kodni tozalash, yozish va qayta tiklash boʻyicha batafsil, bosqichma-bosqich tushuntirishlar mavjud. Siz dasturiy taʼminotni ishlab chiqish loyihalarida SDLC'ning yetakchi shakllaridan biri boʻlgan Agile metodologiyasini gʻayrat bilan amalga oshira olasiz. Bundan tashqari, siz avvalgidan koʻra qatʼiyatli va intizomli dasturchi boʻlasiz. #CLC#Chitay#Coding_hazil_emas @colearninguz

184 views

发布 12月27日

Har bir sohaning oʻz “termin/slang”lari mavjud. ITʼchilar bundan mustasno emas. Demak, bizda yangi rukn #IT_Slang Baʼzida soʻzlarni “tikka”siga aytish oʻta zeriktirib yuboradi. Shu sababdan boʻlsa kerak CoLearning Centerʼning tinchimas dasturchilari muloqotda “slang”lardan foydalanishadi. Tanishing – snippet. Ingliz tilidan tarjima qilinganda kod/matndan parcha yaʼni fragment maʼnosini bildiradi. Yana biri esa – “aniq uchadi”. Uchadi bu muvaffaqiyatli bo’lib ketadi kelajakda ma’nosida. Biz bilan qoling va qaynoq slanglardan boxabar boʻling! #CLC#Slang#IT_Termin#Jargonlashamiz @colearninguz

182 views

发布 12月27日

Soha yetuk mutaxxasisi boʻlishda kitoblarning qanday oʻrni bor? IT’chilar kitob oʻqishadimi oʻzi? 🧑‍💻 Co-Learning Center’da kitob mutolaasi faoliyat shartlaridan biri hisoblanadi. Eng qizigʻi bizning jamoa kitobni xuddi IT’ni sevgandek sevadi. Keling ular sevib mutolaa qiladigan kitoblar va yozuvchilar roʻyxatini keltiramiz: Dasturchilar: Гарри Поттер и Методы Рационального Мышления, Червь, Вы, конечно, шутите, мистер Фейнман, 1984,Temur tuzuklari, Boburnoma, Avlodlar davoni. Dizaynchilar: Robert Kiyosaki, Deyl Karnegi, Teodor Drayzer. Mediachilar: Государь, Граф де Монте Кристо, Шерлок Холмс. Siz-chi? Qaysi kitoblarni sevib mutolaa qilasiz? #CLC#Books_matter#chitay_narod @colearninguz

202 views

发布 12月27日

Bitta sichqoncha, ikki monitor, uch dasturlash tili... Yoki, dasturchi bo‘lish uchun nima kerak? Oliy ma‘lumot? Kapital? Tanish-bilish? 🎓 Diplom bermasa-da, oz fursatda "takoy dasturchi" bo‘lishingizga kafolat beruvchi o‘quv markazlari - ko‘pchilik uchun ayni muddao bo‘lib boryapti. 👨‍🏫 4/5/7 yil leksiyalarni uxlab o‘tkazgandan ko‘ra, biroz vaqt stajorlik qilish, yoki o‘quv kurslarida tahsil olgan ma’qulroq ko‘rinishi mumkin. Biroq "generallikni orzu qilmagan..", deganlaridek, "oliy ma’lumotli dasturchi" nomi kelgusida Google'ga ishga kirmoqchi bo‘lganingizda qo‘shimcha + bo‘lishini unutmang 😉 Ham vaqtdan, ham naqddan yutish istagida bo‘lsangiz, @colearningacademy video-darslarini kuzatib boring. Chunki bizda sohasining Oliy ma’lumotli mutaxassislaridan tashkil topgan, tajribali dasturchilar tomonidan darslar berib boriladi. #CLC#CoLearning_Academy#high_educated#useful_info @colearninguz

195 views

发布 12月27日

Multitasking afsonasi Multitasking haqida turli afsonalar yuradi. Bir vaqtda koʻplab ishlarni bajarish qahramonlik, bajargan esa qahramondek goʻyo. Biroq, rostdan shundaymikan? Multitasking tartibi sizni samarali qilmaydi. Buning bari afsona. Koʻp vazifalarga bir vaqtning oʻzida diqqatingizni qaratishingiz diqqat tizimingizga salbiy taʼsir koʻrsatadi, xolos. Qachonki nimanidir avtomatik tarzda doimiy ravishda bajarilsagina, ishlar samarali boʻlishi mumkin. Masalan, bir vaqtning oʻzida ham yayov yurib ham telefondan gaplashish. Yurish – avtomatik tarzda bajariladi, u diqqatning jalb etilishini talab qilmaydi. Agar siz oldingizga qoʻyilgan taskʼlaringizni samarali bajarmoqchi boʻlsangiz, u holda bir vazifaga diqqatni qarating, bajarib boʻlganingizdan soʻng boshqasiga oʻting. Siz bir vaqtning oʻzida koʻplab tasklarni bajarasizmi yoki bir ishni tugatib, keyin boshqasiga oʻtasizmi? Multitasking'ga munosabatingiz qanday? #CLC#Multitasking_not_Rulit#DoandWork Co-Learning.uz

231 views
12
上一页第 1/2 页下一页