TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Dasturlash hayoti️️ ️ avatar

TGINSIGHT CHAT

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti

科技

✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉t.me/techno_ads/243

Subscribers1.2万频道当前订阅规模
Tracked posts1,006频道帖子计数
Recent reach14,150最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #github · 共 5 条

当前筛选 #github清除筛选

发布 5月1日

Frontend dasturchilar uchun eng yirik tayyor kodlar to'plami! Bu repozitoriy veb-dasturlashni amaliyotda sinab ko'rishni xohlaganlar uchun haqiqiy xazina hisoblanadi. Ichida nimalar bor? 🔹 100 dan ortiq tayyor veb-loyihalar; 🔹 Lending (sayt-vizitka) va chiroyli interfeyslar yaratish uchun kodlar; 🔹 Turli xil veb-ilovalar uchun tayyor yechimlar. Tayyor kodlarni ko'rib, tahlil qilib, o'z ustingizda ishlashingiz uchun juda zo'r manba. ➡️Repozitoriyga o'tish:GitHub sahifasi Frontendni endi o'rganayotgan yoki amaliyot qilmoqchi bo'lgan do'stlarga tashlab qo'yamiz! #foydali#frontend#loyihalar#github 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

2,280 views

发布 4月27日

Algoritmlarni o'rganish va amaliyot uchun katta repozitoriy! Bu yerda algoritmlarni o'zlashtirish uchun hamma kerakli manbalar bitta joyda jamlangan: maxsus saytlar, onlayn kurslar, kitoblar, tahlillar va tayyor shpargalkalar (шпоры). ➡️Manbaga o'tish:GitHub sahifasi 👍 — Foydali, o'zimga saqlab qo'yaman #foydali#algoritm#github 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

1,990 views

发布 8月25日

#gitignore#github#dasturlash_hayoti 🗂.gitignore fayli nima va nima uchun kerak? Dastur yozayotganda GitHub’ga faqat kerakli fayllarni yuklagan ma’qul. Ba’zi fayllar esa faqat sizda qolishi kerak, masalan: ◾️.env (API kalitlari, parollar, tokenlar) ◾️node_modules/ (minglab keraksiz fayllar) ◾️ kesh, log fayllar va boshqalar 👉 Aynan qaysi fayllar yuklanmasligini belgilash uchun .gitignore faylidan foydalanamiz. ✅Oddiy misol: Agar biz .gitignore fayliga quyidagilarni yozsak: .env node_modules/ storage/logs/ ✅ Demak, Git ushbu fayl va papkalarni GitHub’ga yuklamaydi. ❌ Faqat qolgan muhim fayllar yuklanadi. 🛡Nima uchun bu muhim? ◾️Maxfiy ma’lumotlar (API kalitlari, parollar) boshqalarga chiqib ketmaydi ◾️Loyiha keraksiz fayllar bilan to‘lib ketmaydi ◾️Kodingiz yanada tartibli va xavfsiz bo‘ladi 📌 Xulosa:.gitignore – bu sizning himoya qalqoningiz. Loyihangizda qaysi fayllar GitHub’ga chiqmasligini nazorat qilish imkonini beradi. ❓ Siz o‘z loyihangizda .gitignore fayliga odatda nimalarni qo‘shasiz? Izohlarda yozib qoldiring 👇 💻@dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅

2,860 views

发布 8月25日

#env#github#dasturlash_hayoti Env fayllar bilan ishlash Dastur yozishda ko‘p hollarda API kalitlari, parollar, tokenlar kabi maxfiy ma’lumotlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlarni hech qachon kodingiz ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozmang❌. ✅ Buning uchun .env faylidan foydalaniladi. .env fayl — sizning loyihangizdagi maxfiy sozlamalarni saqlash joyi. Masalan: DB_HOST=127.0.0.1 DB_USER=root DB_PASSWORD=secret API_KEY=your_api_key_here 🔹 Dastur bu qiymatlarni .env fayldan o‘qib ishlatadi. 🔹 Kodni GitHub’ga joylashtirganingizda .env faylni hech qachon yuklamang! 👉 Buning uchun .gitignore faylida quyidagi qatordan foydalaning: .env Shunda .env fayl GitHub’ga tushmaydi va maxfiy ma’lumotlaringiz xavfsiz qoladi. 📌 Xulosa: ◾️API kalitlari, login va parollarni .env faylga joylashtiring ◾️.env faylni doim .gitignore ga qo‘shing ◾️GitHub’ga yuklashdan saqlaning 🔐 Shunday qilsangiz, loyihangiz yanada xavfsiz va professional bo‘ladi. Siz odatda .env faylni qayerda ishlatib ko‘rgansiz – Laravel, Django, yoki boshqa frameworkda? Izohlarda yozib qoldiring 👇 💻@dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅

3,210 views

发布 8月11日

Boshqalarning kodini o‘qing O‘zingizdan kuchli dasturchilarning kodini o‘qish ➡️ 1 oyda 6 oylik rivojlanish. 📱GitHub — bepul ustozlar manbai. #Dasturlash#GitHub 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va dasturlash olami haqida qiziqarli loyiha!

3,810 views