TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Dasturlash hayoti️️ ️ avatar

TGINSIGHT CHAT

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti

科技

✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉t.me/techno_ads/243

Subscribers1.2万频道当前订阅规模
Tracked posts1,006频道帖子计数
Recent reach42,060最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #javascript · 共 45 条

当前筛选 #javascript清除筛选

发布 11月4日

#Vuejs#JavaScript#Frontend#DasturlashHayoti 💚Vue.js o‘rganish uchun JavaScriptni qay darajada bilish kerak? Ko‘pchilik Vue.js’ni o‘rganmoqchi bo‘ladi, lekin savol tug‘iladi: “Bunga kirishishdan oldin JavaScriptni qanchalik bilishim kerak?” Aslida Vue.js — bu JavaScript asosida ishlaydigan frontend framework. Shuning uchun quyidagi narsalarni bilish shart 👇 Asosiy JavaScript bilimlari: ➡️ O‘zgaruvchilar (let, const) ➡️ Shart operatorlari (if, else) ➡️ Funksiyalar va massivlar ➡️ DOM bilan ishlash (elementlarni olish, o‘zgartirish) O‘rta daraja bilimlar: ➡️ Arrow functions ➡️map(), filter(), forEach() kabi metodlar ➡️ Object va Array destrukturatsiyasi ➡️this tushunchasi ➡️import / export modullari Vue.js — bu JavaScriptni soddaroq va qulayroq yozish imkonini beradigan vosita. Ya’ni, JavaScript bilmasdan Vue.js’da uzoqqa bora olmaysiz 😅 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar hayoti, motivatsiya va IT olamidagi eng foydali maslahatlar shu yerda!

2,510 views

发布 10月30日

#dasturlash_hayoti#react#frontend#javascript ⚙️React.js uchun eng foydali kutubxona React-Toastify — bu foydalanuvchiga xabar (toast) chiqarish uchun eng mashhur va qulay React kutubxona. Afzalliklari: • O‘rnatish va ishlatish oson • Avtomatik yopiladigan toastlar • Har xil dizayn va joylashuv variantlari 👉O‘rnatish: npm install react-toastify 👉 Ishlatish: import { ToastContainer, toast } from 'react-toastify'; import 'react-toastify/dist/ReactToastify.css'; toast.success('Muvaffaqiyatli bajarildi! 🚀'); <ToastContainer /> 🔗 GitHub: github.com/fkhadra/react-toastify 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar hayoti, motivatsiya va IT olamidagi eng foydali maslahatlar shu yerda!

3,330 views

发布 10月29日

#dasturlash_hayoti#frontend#javascript#sweetalert2 Frontendchilar uchun foydali JS kutubxona SweetAlert2 — bu oddiy alert() o‘rniga chiroyli va interaktiv bildirishnomalar chiqarish imkonini beruvchi JavaScript kutubxona. 👉Ishlatish juda oson (CDN orqali): <script src="https://cdn.jsdelivr.net/npm/sweetalert2@11"></script> <script> Swal.fire('Tabriklaymiz!', '@dasturlash_hayoti kanaliga qo\'shildingiz ✅', 'success') </script> 🔗Sayt:sweetalert2.github.io 💻@dasturlash_hayoti — dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar, hazillar va foydali kontent!

2,510 views

发布 10月21日

#javascript#animation#frontend Top 5 ta JS animatsiya kutubxonalari 1️⃣GSAP — Eng kuchli va professional animatsiya kutubxonasi. 👉gsap.com 2️⃣Anime.js — Soddaligi bilan mashhur, o‘rganish oson. 👉animejs.com 3️⃣ScrollReveal.js — Scroll paytida paydo bo‘ladigan animatsiyalar uchun. 👉scrollrevealjs.org 4️⃣Typed.js / TypeIt.js — Matn yozilayotgandek effekt beradi. 👉 typed-js demo | typeitjs.com 5️⃣Velocity.js — jQuery animatsiyalariga tezroq alternativa. 👉 GitHub sahifasi 💡 Eng ko‘p ishlatiladiganlari: GSAP, Anime.js va ScrollReveal.js Siz qaysi animatsiya kutubxonasidan foydalangansiz? Izohlarda yozib qoldiring! 💬 💻@dasturlash_hayoti — JavaScript va frontend bo‘yicha eng foydali maslahatlar shu yerda!

4,340 views

发布 10月2日

#HTML#JAVASCRIPT#WebDasturlash#Frontend#DasturlashHayoti 👩‍💻 JavaScript talab qilmaydigan 5 ta kuchli HTML atributlari Ko‘p hollarda oddiygina HTML atributlari orqali ham katta qulayliklarga erishish mumkin. Quyida ularning eng foydali 5 tasini ko‘rib chiqamiz: 1️⃣spellcheck— Imlo tekshiruvi Matn maydonida foydalanuvchi yozgan so‘zlarni brauzer imlo qoidalari asosida tekshiradi. ✅ Xatolik qizil chiziq bilan belgilanadi. <textarea spellcheck="true"></textarea> ❌ Agar kerak bo‘lmasa, tekshiruvni o‘chirib qo‘yish ham mumkin: <textarea spellcheck="false"></textarea> 2️⃣download— Faylni yuklab olish Oddiy <a> tegi orqali foydalanuvchiga faylni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish imkonini beradi. <a href="file.pdf" download>📥 PDF-ni yuklab olish</a> 👉 Brauzer faylni ochib bermaydi, balki darhol yuklab olishni boshlaydi. 3️⃣poster— Video uchun eskiz rasmi Video ijro etilmaguncha foydalanuvchiga rasm (poster) ko‘rinadi. Bu sayt dizaynini chiroyli qiladi. <video controls poster="preview.jpg"> <source src="video.mp4" type="video/mp4"> </video> 👉 Bu foydalanuvchiga oldindan video haqida tasavvur beradi. 4️⃣translate— Tarjimaga cheklov qo‘yish Sayt avtomatik tarjima qilinayotganda, ayrim matnlarni asl ko‘rinishda qoldirish mumkin. <p translate="no">OpenAI</p> 👉Bu brend nomlari yoki maxsus terminlar tarjima bo‘lib ketmasligi uchun juda foydali. 5️⃣autocomplete— Avtomatik to‘ldirish Brauzer foydalanuvchining oldingi yozuvlarini eslab, input maydonini to‘ldirishga yordam beradi. <form> <input type="text" name="name" autocomplete="on" placeholder="Ismingiz"> <input type="email" name="email" autocomplete="off" placeholder="Emailingiz"> </form> ✅ Bu foydalanuvchiga vaqtni tejaydi. ❌ Maxfiy joylarda (masalan, kod yoki parol maydoni) uni o‘chirib qo‘yish mumkin. 📌 Ko‘rinib turibdiki, faqatgina HTML atributlari yordamida ham ko‘plab qulayliklarni yaratish mumkin, JavaScript shart emas! 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar va foydali kontent

3,360 views

发布 9月23日

#javascript#remotejobs#programming 👨‍💻 Javascript.Jobs — JavaScript dasturchilar uchun ish sayti JavaScript bilan ishlaydiganlar uchun maxsus ish qidirish sayti bor — javascript.jobs Bu saytda siz: ✅Frontend, Backend, Full-stack ishlarini topishingiz mumkin ✅React, Node.js, Vue, Angular, TypeScript kabi texnologiyalar bo‘yicha vakansiyalar mavjud ✅Remote (uydan ishlash), ofisda ishlash va hybrid (yarim ofis, yarim uyda) ishlar ham bor ✅ Turli mamlakatlardagi kompaniyalar ish taklif qiladi 💡 Saytning afzalligi — undagi barcha e’lonlar faqat JavaScript va unga aloqador texnologiyalar uchun joylangan. 🔗Saytga kirib ko‘ring:javascript.jobs 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar va foydali kontent

3,750 views

发布 8月14日

🚀Dasturchilar uchun “Tezkor mantiq testi” O‘zingizni sinab ko‘ring — kodni ishlatmasdan javobini topa olasizmi? let x = 2; let y = "2"; console.log(x + y); // (1) console.log(x == y); // (2) console.log(++x); // (3) 💬 Javobingizni izohlarda yozing! To‘g‘ri javob bergan birinchi 3 kishiga Faxriy yorliq😁 ℹ️ Kodni ishlatish mumkin emas — faqat mantiq orqali toping! #javascript#dasturlash_hayoti#frontend 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va dasturlash olami haqida qiziqarli loyiha!

2,930 views

发布 8月7日

localStorage, sessionStorage va cookies farqi Brauzerda ma’lumot saqlashning 3 yo‘li: 1️⃣localStorage – 5-10MB, cheksiz muddat saqlanadi 2️⃣sessionStorage – Faqat tab yopilgunga qadar saqlanadi 3️⃣cookies – 4KB, server bilan ham ishlaydi 💡 Token yoki user settings uchun localStorage yoki sessionStorage, analytics uchun esa cookies ishlatiladi. 🧠 3 ta so‘z – 3 xil xotira localStorage — uzoq eslaydi sessionStorage — tez unutadi cookies — xuddi eski sevgi kabi, faqat 4KB joy egallaydi 😄 ⚡️🔥👍 — Qaysi birini ko‘p ishlatgansiz? Reaksiya bilan bildiring! #JavaScript#WebStorage#Frontend 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va dasturlash olami haqida qiziqarli loyiha!

2,530 views

发布 8月6日

var, let va const farqi 💡 JavaScript’da 3ta o‘zgaruvchi e’lon qilish usuli bor: 1️⃣var – eski usul, global yoki function scope’da ishlaydi 2️⃣let – zamonaviy usul, block scope’da ishlaydi 3️⃣const – qiymat o‘zgarmaydi var x = 10; // O'zgarishi mumkin let y = 20; // Faqat block ichida mavjud const z = 30; // Qiymat o'zgarmaydi ⚠️ Hozirda varishlatish tavsiya etilmaydi, asosan let va const ishlating. #JavaScript#Boshlovchilar#DasturlashHayoti 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va dasturlash olami haqida qiziqarli loyiha!

2,480 views

发布 3月29日

💬 2025-yilda Middle JavaScript dasturchisi uchun 100 ta intervyu savoli 👨‍💻 JavaScript bo‘yicha Middle darajadagi dasturchilar uchun intervyularda tez-tez uchraydigan 100 ta muhim savolni jamlagan maqolani topdim. Maqola muallifi har bir savolga batafsil tushuntirish bergan. Bu savollar siz duch keladigan intervyularning deyarli har birida paydo bo‘lishi mumkin. Agar siz Middle JavaScript dasturchisi sifatida intervyuga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz, ushbu savollarni tushunib, amaliyot orqali mustahkamlashni tavsiya qilaman. 🔗Havola #javascript#middle#intervyu 💻@jonibek_turapov

4,630 views

发布 2月5日

👨‍💻5 ta eng mashhur JavaScript kutubxonasi JavaScript dunyosida ko‘plab kuchli va foydali kutubxonalar mavjud. Quyida eng mashhurlaridan 5 tasini keltiramiz: 🔹1.React.js – UIyaratish uchun eng mashhur kutubxona. Facebook tomonidan ishlab chiqilgan va virtual DOM asosida ishlaydi. 🔹2.jQuery – JavaScript kodini soddalashtirishga yordam beruvchi klassik kutubxona. DOM manipulyatsiyasi va AJAX so‘rovlarini osonlashtiradi. 🔹3.Lodash – Ma’lumotlar strukturasini samarali boshqarish uchun kerakli funksiyalarni taqdim etuvchi kutubxona. 🔹4.Moment.js – Sana va vaqt bilan ishlashni ancha qulaylashtiruvchi vosita. Turli vaqt formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 🔹5.Axios – HTTP so‘rovlarini jo‘natish va qabul qilish uchun eng ommabop kutubxona. REST API bilan ishlash uchun juda qulay. 🚀 Ushbu kutubxonalar sizning loyihalaringizni yanada tez va samarali qilishga yordam beradi! 💡 Siz yana qanday JavaScript kutubxonalaridan foydalangansiz? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring! #JavaScript#Dasturlash#Frontend#WebDevelopment 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va dasturlash olami haqida!

4,640 views

发布 1月11日

#javascript#cheatsheet 👨‍💻 JavaScript CheatSheet 1-qism Yana qaysi texnologiyalar bo‘yicha Cheat Sheet📄 yuklashimizni xohlaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 👇 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha!

5,050 views