TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Dasturlash hayoti️️ ️ avatar

TGINSIGHT CHAT

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti

科技

✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉t.me/techno_ads/243

Subscribers1.2万频道当前订阅规模
Tracked posts1,006频道帖子计数
Recent reach12,640最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #programming · 共 4 条

当前筛选 #programming清除筛选

发布 4月8日

#programming#estimation#junior#middle#senior Loyiha vaqtini baholash (Estimation) — bu san'at. Ammo ba'zida bu san'at mana shunday "shafqatsiz" jadvalga aylanib ketadi. Darajangizga qarab, vazifaga ketadigan haqiqiy vaqtni bilib oling. Jadval hazil tariqasida bo'lsa-da, unda katta haqiqat bor. Sizda ham "ikki minutlik ish" bir haftaga cho'zilib ketganmi? Izohlarda kutaman 👇 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

3,110 views

发布 12月18日

#programming#xatolar#boshlovchilar ❌ Dasturlashni o‘rganishda eng ko‘p uchraydigan xatolar: 1️⃣ “Bugun frontend, ertaga backend, indinga AI” — SUPERHERO rejim 🦸‍♂️ 2️⃣ “Bu kurs zerikarli ekan” deb 5-kursni yarimda tashlaganlar 🎓 3️⃣ “Video ko‘rdim, hammasi tushunarli” (lekin kod yozilmagan) 👀 4️⃣ “Tushundim” deb aytib, kodni ishga tushirganda ERROR chiqqanlar 😅 5️⃣ “U 3 oyda o‘rgandi, men nega bilmayapman?” deb stress qilganlar 😵‍💫 😂Qaysi xatoga mansubsiz? Rostini ayting! 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

3,090 views

发布 9月30日

Doimiy o‘z ustingizda ishlash uchun eng mashhur saytlar Men doimiy ravishda mantiqiy fikrlash va algoritmik masalalar ustida ishlashga harakat qilaman. Quyida men foydalanadigan va sizga ham tavsiya qiladigan platformalar ro‘yxatini keltiraman. 1.HackerRank — algoritm, data structure va dasturlash tillari bo‘yicha bosqichma-bosqich mashqlar. 2.RoboContest.uz — o‘zbek tilidagi masalalar platformasi, yangi boshlovchilar uchun juda qulay. 3.LeetCode — intervyu savollari va amaliy algoritmik masalalar uchun eng mashhur manba. 4. Project Euler — matematik mantiqqa asoslangan murakkab va qiziqarli masalalar. 5.Codeforces — tezkor musobaqalar (contests) va turli darajadagi masalalar. Competitve programming’ni haqiqiy sharoitida mashq qilishni xohlasangiz — ideal. 6.AtCoder — Yapon platformasi, tartibli va yaxshi tuzilgan musobaqalar. Ayniqsa algoritmik masalalarni tanaffussiz yechish uchun foydali. 7.SPOJ — klassik masalalar arxivi, resurslarni tejab ishlashni ham o‘rgatadi. 8. CodeSignal — intervyu uslubidagi masalalar va baholash tizimi. Ishga kirish yoki intervyuga tayyorlanayotganlar uchun qulay. 9. Exercism — tilga yo‘naltirilgan mashqlar (Python, JS, Ruby…). Kod yozish amaliyoti va mentor fikrini olish imkoni bor — yangi til yoki stil o‘rganish uchun ayni muddao. 10.TopCoder — an’anaviy competitive programming platformasi, marafonlar va Single Round Match’lar (SRM). Qiyin masalalarga duch kelishni istaganlarga. 11.Brilliant — mantiq, matematik fikrlash va algoritmlarni vizual hamda interaktiv tarzda o‘rgatadi. Tez tushunish va konseptual bilimlarni mustahkamlash uchun ajoyib. 12. CodinGame — o‘yin shaklida kod yozib yechiladigan masalalar. Algoritmni vizualizatsiya qilmoqchi bo‘lsangiz yoki dam olish bilan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — super. 13. AoPS (Art of Problem Solving) — (AoPS ayniqsa) matematika mantiqi va olimpiyadalar uchun. Raqamli mantiq va kombinatorika qobiliyatini oshirishga yordam beradi. 14.InterviewBit — intervyu savollari va o‘quv yo‘li. LeetCode bilan parallel intervyu tayyorgarligi uchun foydali. 15. Kaggle — agar ma’lumotlar tahlili va mashinani o‘rganish sohasiga qiziqsangiz, real dataset’lar va mashqlar orqali fikrlashni chuqurlashtiradi. 16.Coderbyte — intervyu uslubidagi mashqlar to‘plami. Mening kichik maslahatlarim — Kuniga kamida 1–2 ta masala yechishga odatlaning. — Har xil platformalarni aralashtirib ishlang (masalan, bir kuni LeetCode, keyingi kuni Codeforces). — O‘z yechimlaringizni GitHub’da saqlang — bu sizga tajriba to‘plash va portfolioga qo‘shish imkonini beradi. Agar bu ro‘yxat sizga foydali bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan ham ulashing. #programming#algorithms#coding#leetcode#hackerrank#robocontest#projecteuler#codeforces#atcoder#spoj#dasturlash @jonibek_turapov

2,690 views

发布 9月23日

#javascript#remotejobs#programming 👨‍💻 Javascript.Jobs — JavaScript dasturchilar uchun ish sayti JavaScript bilan ishlaydiganlar uchun maxsus ish qidirish sayti bor — javascript.jobs Bu saytda siz: ✅Frontend, Backend, Full-stack ishlarini topishingiz mumkin ✅React, Node.js, Vue, Angular, TypeScript kabi texnologiyalar bo‘yicha vakansiyalar mavjud ✅Remote (uydan ishlash), ofisda ishlash va hybrid (yarim ofis, yarim uyda) ishlar ham bor ✅ Turli mamlakatlardagi kompaniyalar ish taklif qiladi 💡 Saytning afzalligi — undagi barcha e’lonlar faqat JavaScript va unga aloqador texnologiyalar uchun joylangan. 🔗Saytga kirib ko‘ring:javascript.jobs 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar va foydali kontent

3,750 views