@gsbe_uz · Post #1767 · 2024/11/14 05:40
🚀Startaplarni venchur moliyalashtirish forumiga taklif qilamiz! 💡2024-yil 15-noyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida startaplarni venchur moliyalashtirish forumini tashkil etadi. 📈Forumning maqsadi - startap loyihalarni venchur moliyalashtirish ekotizimini rivojlantirishni muhokama qilish, O‘zbekistonda startap loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha venchur investitsiyabozori va startap ekotizimi ishtirokchilari o‘rtasida fikr va tajriba almashishdan iboratdir. 💠Forumning asosiy mavzulari: Global venchur investitsiyalar tendensiyalari; Koreya Respublikasi venchur ekotizimi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari; Startap loyihalarni moliyalashtirishda O‘zbekistondagi yetakchi venchur kompaniyalarining asosiy yo‘nalishlari va uslublari; Startaplar va ularning biznes modellarini baholashda zamonaviy yondashuvlar. 💼Kimlar ishtirok etishi mumkin? vazirliklar, idoralar va davlat tashkilotlari vakillari; startaplar; investorlar; moliya institutlari vakillari; biznes maslahatchilari; venchur moliyalashtirishga qiziqish bildirganlar. ➡️Joylar soni cheklangan! 📄Forumga ro ‘yxatdan o‘tish 🗓Sanasi: 2024-yil, 15-noyabr ⏱Vaqti: 09:00-12:00 📍Joylashuv: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat) 📞Telefon: +998 71 239-23-07 🇬🇧Eng 🇷🇺Ru #GraduateSchool#Startup#Venture#Fund 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube