TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #206 · 4月20日

前段时间一直被MajdataPlay的外键输入问题困扰:有玩家反映majplay会无征兆地出现拖判和吃音,但是内屏一切正常 因为我是第一次接触游戏开发,IO这方面也完全没经验 一开始我和bb本怀疑是线程调度的问题,即:IO线程时间片被其他线程挤占了,导致IO线程无法及时处理HID设备回报。为了验证这个猜想,我们尝试提高了IO线程的优先级,照旧 接下来我怀疑是我那套框架有问题:majplay是根据上一帧与这一帧的按键状态判断按键是不是"click"。为此我重写了这部分的实现,改进了IO线程与主线程之间的交互,问题照旧....... 到这里我已经怀疑这不是majplay的锅:IO线程没有任何异常,IO线程与主线程的交互没有问题,Note判定逻辑也没有问题,那就是设备确实没有回报给majplay或者设备发过来的回报中按键确实没有按下,但是大佬说hdd没有这种问题.....(人已经快崩溃了,这完全看不透也摸不着,因为我用单片机模拟玩家打高速纵连是完全没有问题的,我在家里用手台测试也没有问题) 到最后,bb本灵光一闪,说有没有可能是led刷新率过高,把按键控制板干爆炸了?我们让大佬把led刷新间隔从16ms改成100ms,吃音问题瞬间没有了,无语了 。。。。。。。。。。。。。。。。。。。。 adx是一个控制板同时管理按键和led,为什么我没有遇到吃音问题呢,因为我的手台不是adx的... #dev

Hashtags

Results

找到 54 条相似帖子

搜索 #kun

当前筛选 #kun清除筛选

#KUN OLIMASI O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari falsafa doktori TO‘RAYEVA SAIDA MURATOVNA Hozirda Saida To‘rayeva O‘simlik moddalari kimyosi instituti Dorivor va texnik o‘simliklar biologiyasi laboratoriyasida biologik faol tabiiy va sintetik kimyoviy birikmalarning bioratsional pestitsid xususiyatlarini, jumladan, insektitsidlik, repellentlik, fungitsidlik faolliklarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Olimaning tadqiqot ishi respublikamiz florasida tarqalgan o‘simliklarning ikkilamchi metabolitlarini hamda kam zaharli bo‘lgan sintetik moddalarning qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunanda-hasharotlariga qarshi kurashda foydalanishning ilmiy asoslarini o‘rganish, ularning biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. S.To‘rayeva 2019-yilda “El yurt umidi” stipendiyasi asosida Butun Rossiya o‘simliklarni himoya qilish institutida malaka oshirgan va 2022-yil PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Olima hozirgi kunda “Eurygaster integriceps va Schizaphis graminum zararkunandalarining kuzgi bug‘doyning sifat ko‘rsatgichlariga ta’siri va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihaga rahbarlik qilib kelmoqda. S.M. To‘rayeva 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, shundan 5 ta patent (ulardan 1 ta xorijiy), 14 dan ortiq maqolalari Scopus va Web of Science (SCI) xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiya qilingan yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda chop etilgan. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 31-dekabr kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1500-yil – Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy so‘nggi bor uchrashdi. 1600-yil — Yelizaveta I ning farmoniga ko‘ra Ost-Indiya ingliz kompaniyasi tashkil topdi. 1621-yil — Transilvaniya knyazi Gabor Betlen va imperator Ferdinand II Gabsburg o‘rtasida Mikulov (Nikolsburg) sulhi tuzildi. 1799-yil — Ost-Indiya kompaniyasining barcha imtiyozlari to‘liq tugatildi. 1857-yil — Angliya qirolichasi Viktoriya Ottavani Britaniya mustamlakasining poytaxti deb e’lon qildi 1869-yil — britaniyalik havaskor arxeolog Jon Vud Izmirning janubida joylashgan, dunyoning yetti qadimiy mo‘jizalaridan biri hisoblangan, 7 metr chuqurlikdagi Artemida ibodatxonasi xarobalarini topdi. 1888-yil — Avstriya Sotsial-demokratik partiyasining ta’sis syezdi ochildi. 1917-yil — Petrograddagi Mixaylovskiy artilleriya maktabi binosiga birinchi ommaviy archa o‘rnatildi. 1963-yil — Markaziy Afrika Federatsiyasi tuzildi. 1990-yil — “Ipak yo‘li” banki va “Turonbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki o‘z ish faoliyatini boshladi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 30-dekabr kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1817-yil — Gavayi orollarida birinchi kofe plantatsiyalari tashkil etildi. 1870-yil — Jorjiya AQSH tarkibiga qaytdi. 1904-yil — “Ingliz pochtasi” dunyoda birinchi bo‘lib kemalarga telegramma yuborish xizmatini joriy qildi. 1917-yil — Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab quvvatlash shuningdek, Turkiston o‘lkasi xalq komissarlari sovetiga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilindi. 1927-yil — rus kimyogari Sergey Lebedev dunyoda birinchi bo'lib sintetik kauchuk ishlab chiqarish usulini ishlab chiqdi. 1927-yil — Tokio metrosi ochildi. 1947-yil — Ruminiya qirolligi tugatilib, Ruminiya Xalq Respublikasiga aylandi. 1953-yil — AQShda birinchi rangli televizor sotuvga chiqarildi. 1993-yil — Isroil va Vatikan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. 2011-yil — Samoada vaqt zonasi UTC−10dan UTC+14ga o‘zgarishi sababli 30 dekabr sanasi bekor qilinib, 29 dekabr kuni soat 23:59:59 dan so‘ng 31 dekabrga o‘tilgan. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 28-dekabr kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1065-yil — Londonda Vestminster abbatligi muqaddas qilindi. 1869-yil — Ogayo (AQSh) da Uilyam Sempl saqichli rezinkani patentladi. 1895-yil — nemis fizigi Rentgen Vyursburgda rentgen nurlarini topganini e’lon qildi. 1905-yil — Sochi Respublikasi tashkil topdi. 1908-yil — Sitsiliya orolining Messina shahrida 7.1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Ushbu voqea ana shu kungacha Yevropada yuz bergan birinchi yirik yer silkinishi sifatida tarix sahifalaridan o‘rin oldi va unda qariyb 80 ming kishi halok bo‘ldi. 1973-yil — Jizzax viloyati tashkil topdi. 1991-yil — Suriya Arab Respublikasi, Xorvatiya Respublikasi va Yaponiya O'zbekiston suverenitetini tan oldi. 1992-yil — Imom Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tashkil etildi. 1999-yil — Saparmurot Niyozov Turkmanistonning umrbod prezidenti etib saylandi. 2000-yil — Shahrisabz shahri YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2005-yil — Mustaqillik monumenti oldida Baxtiyor ona siymosi ifoda etilgan muazzam haykal qad rostladi. Ushbu majmuaga “Mustaqillik va ezgulik monumenti” deb nom berildi. 2007-yil — Nepal Federativ demokratik respublika deb e’lon qilindi. Shuningdek, 28-dekabr “Butunjahon kino kuni” hisoblanadi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 27-dekabr kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1831-yil — Charliz Darvin dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi va aynan shu sayohati mobaynida o‘zining mashhur evolyusion nazariyasini o‘ylab topdi. 1842-yil — Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi oʻrtasida “Majburiyatlar akti” deb ataluvchi shartnoma imzolandi. 1845-yil — amerikalik shifokor Krouford Lang dunyoda birinchi marta tug‘ruq paytida og‘riqsizlantirishni qo'lladi. 1903-yil — Dublindagi Abbat teatri ochildi. 1932-yil — Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta "Radio City Music Hall" kinoteatri (5945 o‘rinli) ochildi. 1945-yil — Xalqaro Valyuta fondi tashkil topdi. 1978-yil — Ispaniyada Fransisko Franko diktaturasi tugatilganini bildiruvchi yangi konstitutsiya kuchga kirdi. 1991-yil — Mozambik Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekiston suverenitetini tan oldi. 1996-yil — “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisida”, “Oʻqituvchi va murabbiylar kunini belgilash toʻgʻrisida” Qonunlar qabul qilindi. 2005-yil — “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida”gi qarori qabul qilindi. 2014-yil — Quyoshdan 50 000 yorug‘lik yili masofada sverxyangi yulduz portlashi qayd qilindi. Shuningdek, 27-dekabr “Xalqaro epidemiyaga tayyorgarlik kuni” etib belgilangan. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 25-dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1530-yil — Zahiriddin Muhammad Bobur vafot etdi. 1792-yil — ingliz kashfiyotchi Charlz Babbage hisoblash mashinasini ixtiro qildi. 1805-yil — Presburg sulhi imzolandi. 1898-yil — Per va Mariya Kyuri radiy elementini kashf etishdi. 1931-yil — Tokioda Dat Jidosha Seizo avtomobil kompaniyasiga asos solindi va keyingi yili Nissan nomiga o‘zgartirildi. 1974-yil — “Salyut-4” kosmik stansiyasi uchirildi. 1975-yil — Tovushdan tez uchuvchi “Tu-144” yo‘lovchi samolyoti foydalanishga topshirildi. 1991-yil — Oʻzbekiston va Avstraliya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi. 1991-yil — Hindiston Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Meksika Qo'shma Shtatlari, Tailand Qirolligi, Tunis Respublikasi, Sharqiy Urugvay Respublikasi, Vengriya Respublikasi O'zbekiston suverenitetini tan oldi. 2013-yil — O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tasdiqlandi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 25-dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 800-yil — Rim papasi Lev III Buyuk Karlga imperator tojini kiydirdi. 1492-yil — Espanyola orolida Kolumb Yangi Dunyodagi birinchi ispan aholi punkti - La Navidadga asos soldi. 1759-yil — Sank-Peterburgda Yozef Braun qattiq simobni olishga muvaffaq bo‘ldi. 1917-yil — Ukrainada sovet hokimiyati o‘rnatildi. 1946-yil — Yevropada birinchi yadro reaktori ishga tushirildi. 1968-yil — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani tashkil etildi. 1991-yil — Mixail Gorbachyov o‘z xohishi bilan isteʼfoga chiqdi. 1993-yil — Rossiyaning amaldagi konstitutsiyasi kuchga kirdi. 2010-yil — Shimoliy yarim sharning o‘rta kengliklarida Yevropadan AQShgacha ikki hafta anomal muzli yomg‘ir boshlandi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 23-dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1558-yil — ingliz sayyohi, savdo agenti va diplomati Antoniy Jenkinson Buxoroga keldi. 1672-yil — italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi - Reyani kashf qildi. 1876-yil — Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1900-yil — Rejinald Fessenden dunyodagi birinchi ovozli eshittirishni amalga oshirdi. 1904-yil — Vilnyusda litva tilidagi birinchi gazeta – “Vilnyaus Jinios” nashr etildi. 1913-yil — AQShda bir nechta yirik banklardan Federal zahira tizimi tashkil etildi. 1938-yil — London muzeyiga Latimeriya balig‘i olib kelindi. 1947-yil — amerikalik fiziklar Ulyam Shokli, Djon Bardin va Uolter Brateyn Bell Labs labaratoriyasida tranzistorning rasmiy taqdimoti o‘tkazishdi va tarixda tranzistor ixtiro qilindi. 1990-yil — Sloveniyaning Yugoslaviyadan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi referendum. Qatnashganlarning 95%i rozilik bildirishgan. 1991-yil — Shveytsariya Konfederatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. 1993-yil — Xalqaro Bobur jamg‘armasi tashkil etildi. 1994-yil — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. 2007-yil — Nepalda monarxiya tugatildi. Shuningdek, 23-dekabr “Butunjahon snoubording kuni” (World Snowboard Day) hisoblanadi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 22-dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1807-yil — AQSH Kongressi boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini taqiqladi. 1857-yil — Rossiyada birinchi pochta markasi chiqarildi. 1910-yil — Buxoro amiri Abdul Ahadxon buyrak kasalligi tufayli vafot etdi. 1944-yil — Yaponiyaning Vetnamni bosib olishiga qarshilik ko‘rsatish uchun Vetnam xalq armiyasi tuzildi. 1976-yil — Il-86 samolyotining sinov parvozi bo‘lib o‘tdi. 1989-yil — Germaniya birlashuvi sifatida 28 yildan so‘ng Berlindagi Bradenburg darvozasi yana ochildi. 2009-yil — Serbiya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun ariza berdi. 2015-yil — AQSh 1959-yilda SSSR, Sharqiy blok mamlakatlari va Xitoyga qarshi AQShning yirik yadroviy zarbasi uchun mo‘ljallangan nishonlarning maxfiylashtirilgan ro‘yxatini e’lon qildi. 2015-yil — SpaceX kompaniyasi tomonidan tarixda ilk marotaba Falcon 9 raketasi uchirildi 2017-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 19-dekabr kuni bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1863-yil — angliyalik Frederik Uolton linoleumni patentladi. 1884-yil — Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida savdogar Saidazimning o‘g‘li Said G‘ani Azimboyev hovlisida birinchi rus-tuzem maktabi ochildi. 1917-yil — Kanada milliy xokkey ligasining birinchi muntazam chempionati boshlandi. 1965-yil — Sharl de Gol Fransiya prezidenti etib saylandi. 1972-yil — “Apollon 17” kosmik kemasining ekipaji Oy ekspeditsiyasidan Yerga qaytishdi. 1984-yil — Buyuk Britaniya va Xitoy Gonkongni Xitoyga qoʻshish haqida shartnoma tuzdilar. 1991-yil — Peru Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti tan oldi. 1991-yil — eng oxirgi “Qizil yulduz” ordeni egasiga topshirildi. 1994-yil — Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a'zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi. 2010-yil — Belarusda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida Aleksandr Lukashenko yana g‘olib chiqdi. 2013-yil — Yevropa kosmik agentligi Gaia kosmik teleskopini orbitaga chiqardi. 2017-yil — Lakota qabilasi faollari mustaqil Lakota Respublikasi tuzilganini e‘lon qilishdi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 18-dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1708-yil — Pyotr I farmoni bilan Rossiya hududi 8 ta guberniyaga boʻlindi. 1833-yil — birinchi marta Rossiyaning madhiyasi ijro etildi. 1865-yil — AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 13-tuzatish qullikni bekor qildi. 1947-yil — Eddi Antar “Crazy Eddie Electronics” do‘koniga asos soldi. 1958-yil — dunyoda birinchi aloqa yo‘ldoshi uchirildi. 1973-yil — Islom taraqqiyot banki tashkil qilindi. 1981-yil — TU-160 bombardimonchisining birinchi parvozi amalga oshirildi. 1987-yil — Perl tilining birinchi versiyasi ishga tushdi. 1994-yil — Fransiyada noyob g‘or rasmlari bilan Chauvet g‘or galereyasi tashkil etildi. 2004-yil — Pekinda tarixda birinchi marta plastik jarrohlik tanlovi o‘tkazildi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

#KUN TARIXI 15-dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim tarixiy voqealar 1791-yil — AQSh Konstitutsiyasiga dastlabki 10 ta tuzatish kirituvchi “Huquqlar to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. 1821-yil — “Fransiya geografiya jamiyati” tashkil topdi. 1875-yil — Jyul Vernning “Sirli orol” romani nashr etildi. 1905-yil — Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi. 1917-yil — Kishinyovda Moldaviya Xalq Respublikasi (MXR) e’lon qilindi. 1923-yil — “Skoda” avtomobil kompaniyasining emblemasi ro‘yxatga olindi. 1966-yil — fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi. 1970-yil — Sovet ittifoqiga tegishli Venera-7 sayyoralararo stansiyasi Venera sayyorasiga qoʻndi. 1972-yil — BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun. 1976-yil — Mustaqil Samoa davlati BMTga qabul qilindi. 1990-yil — Qirg‘iziston SSR Oliy Soveti Qirg‘iziston suveriniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi. 2000-yil — Chernobil AESning 3-energetika bloki yopildi. Chernobil atom elektr stansiyasi butunlay tugatildi. 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

上一页第 1/5 页下一页