TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #206 · 4月20日

前段时间一直被MajdataPlay的外键输入问题困扰:有玩家反映majplay会无征兆地出现拖判和吃音,但是内屏一切正常 因为我是第一次接触游戏开发,IO这方面也完全没经验 一开始我和bb本怀疑是线程调度的问题,即:IO线程时间片被其他线程挤占了,导致IO线程无法及时处理HID设备回报。为了验证这个猜想,我们尝试提高了IO线程的优先级,照旧 接下来我怀疑是我那套框架有问题:majplay是根据上一帧与这一帧的按键状态判断按键是不是"click"。为此我重写了这部分的实现,改进了IO线程与主线程之间的交互,问题照旧....... 到这里我已经怀疑这不是majplay的锅:IO线程没有任何异常,IO线程与主线程的交互没有问题,Note判定逻辑也没有问题,那就是设备确实没有回报给majplay或者设备发过来的回报中按键确实没有按下,但是大佬说hdd没有这种问题.....(人已经快崩溃了,这完全看不透也摸不着,因为我用单片机模拟玩家打高速纵连是完全没有问题的,我在家里用手台测试也没有问题) 到最后,bb本灵光一闪,说有没有可能是led刷新率过高,把按键控制板干爆炸了?我们让大佬把led刷新间隔从16ms改成100ms,吃音问题瞬间没有了,无语了 。。。。。。。。。。。。。。。。。。。。 adx是一个控制板同时管理按键和led,为什么我没有遇到吃音问题呢,因为我的手台不是adx的... #dev

Hashtags

Results

找到 9 条相似帖子

搜索 #kvota

当前筛选 #kvota清除筛选
BaholashUz

@BahoIashUz · Post #1654 · 2024/05/26 04:31

#Kvota Ajoyib yangilik! Endi kvotalar OTM uchun berilmaydi❌, balki yo‘nalish uchun ajratiladi✅ Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi. ❓Bu nima degani? X.Xudoyberdiyevning tushuntirishicha, endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi. Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin. Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi. @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

Hashtags

BaholashUz

@BahoIashUz · Post #1996 · 2024/08/02 07:27

​🧐"Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi qaysi oliygohlarda bor va oʻtish ballari qanday? 📉 Avval o'tgan yilgi o'tish ballari bilan tanishib tahlil qiling. Buning uchun maxsus telegram-bot @DTMSTAT_BOT dan foydalaning. ✅Ta'lim shakli:kunduzgi ✅Ta'lim tili:o'zbek tili ✅Oliygohlar soni:19 ta. 1. Andijon davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 138.60 ball | Kontrakt - 108.00 ball 2. Buxoro davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 140.60 ball | Kontrakt - 120.50 ball 3. Chirchiq davlat pedagogika universiteti 📊 Grant - 148.00 ball | Kontrakt - 111.30 ball 4. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 📊 Grant - 124.70 ball | Kontrakt - 108.20 ball 5. Farg‘ona davlat universiteti 📊 Grant - 146.90 ball | Kontrakt - 114.40 ball 6. Guliston davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 131.30 ball | Kontrakt - 111.20 ball 7. Jizzax davlat pedagogika universiteti 📊 Grant - 136.40 ball | Kontrakt - 114.70 ball 8. Namangan davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 134.30 | Kontrakt -108.40 ball 9. Navoiy davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 139.30 ball | Kontrakt - 114.80 ball 10. Nukus davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 129.10 ball | Kontrakt - 106.10 ball 11. Qarshi davlat universiteti 📊 Grant - 126.00 ball | Kontrakt - 110.20 ball 12. Qo‘qon davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 137.30 ball | Kontrakt - 113.30 ball 13. Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali 📊 Grant - 140.60 ball | Kontrakt - 115.40 ball 14. Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti 📊 Grant - 150.00 ball | Kontrakt - 126.20 ball 15. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali 📊 Grant - 130.00 ball | Kontrakt - 111.30 ball 16. Shahrisabz davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 139.80 ball | Kontrakt - 109.20 ball 17. Termiz davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 126.00 ball | Kontrakt - 110.20 ball 18. Toshkent davlat pedagogika universiteti 📊 Grant - 153.50 ball | Kontrakt - 124.90 ball 19. Urganch davlat pedagogika instituti 📊 Grant - 143.00 ball | Kontrakt - 123.40 ball ✅ Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini@DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin! ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#kvota @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

@BahoIashUz · Post #1991 · 2024/08/01 14:31

Xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota va sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti hududlar va sohalar kesimida tasdiqlandi. ✅Jami: 2 000 ta qo‘shimcha kvota. Shundan: 🔹Aniq va tabiiy fanlar – 453; 🔹Texnika fanlari – 253; 🔹Tibbiyot fanlari – 301; 🔹Boshqa yo‘nalishlar – 993. Hududlar bo‘yicha: 🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111; 🔸 Andijon viloyati – 183; 🔸 Buxoro viloyati – 112; 🔸 Jizzax viloyati – 81; 🔸 Qashqadaryo viloyati – 193; 🔸 Navoiy viloyati – 60; 🔸 Namangan viloyati – 165; 🔸 Samarqand viloyati – 227; 🔸 Surxondaryo viloyati – 155; 🔸 Sirdaryo viloyati – 50; 🔸 Toshkent viloyati – 177; 🔸 Farg‘ona viloyati – 221; 🔸 Xorazm viloyati – 110; 🔸 Toshkent shahri – 155. ❗️ Diqqat! Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi. 📝 Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❗️Yuqoridagi rasmda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#kvota @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

@BahoIashUz · Post #1927 · 2024/07/20 20:15

❗️Bu tasdiqlangan kvotalar hali to‘liq emas! Hozircha chala! Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan joriy yilgi kvotalarning avvalgilaridan bir qancha farqi bor: 1️⃣Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi; 2️⃣Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q; 3️⃣Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, sirtqi, kechki va masofaviy uchun yo‘q. Joriy yilda yangi tizim bo‘lgani uchun, Xushnudbek Xudayberdiyev ayrim tushuntirishlar berib o‘tdi. ❓Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi? Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi. ❓Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi? Davlat qabul komissiyasi 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak: ➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida); ➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun); ➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini; ➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini; ➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini. ❓Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi? Joriy yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi. Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin. Keling aniq misolda ko‘ramiz: Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 115 ta grant kvotasi ajratilibdi. Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 115 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin. Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.❌ Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov qo‘yiladi. Masalan, 115 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 115 ta kvotaning yarmini, ya’ni 57 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#kvota @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

BaholashUz

@BahoIashUz · Post #1918 · 2024/07/20 19:22

⚡️Rasman:Kvota tasdiqlandi Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: 👉 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar; 👉 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#kvota @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

@dkattakhanova · Post #2535 · 2022/03/29 16:29

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun imkoniyat 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga xotin-qizlarni qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar berish va o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. Qaror bilan ushbu havola orqali yuklab tanishib chiqishingiz mumkin. #qizlargaimkon#oliytalim#kvota @dkattakhanova👈

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

@milliy_universitut · Post #5564 · 2025/07/28 08:48

#Kvota#Bakalavr#Kunduzgi#Qabul2025 📌Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillaribo‘yicha taqsimlanishi. Jami: 148 ming 400 ta ✈️Obuna bo’ling ➡️@talaba_uz_edu

Texnika Universiteti (TDTU)

@toshkent_davlat_texnika_univer · Post #2406 · 2025/07/28 08:48

#Kvota#Bakalavr#Kunduzgi#Qabul2025 📌Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillaribo‘yicha taqsimlanishi. Jami: 148 ming 400 ta ✈️Obuna bo’ling ➡️@talaba_uz_edu

BaholashUz

@BahoIashUz · Post #2448 · 2025/07/25 15:00

#Kvota#Bakalavr#Kunduzgi#Qabul2025 Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!