TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #206 · 4月20日

前段时间一直被MajdataPlay的外键输入问题困扰:有玩家反映majplay会无征兆地出现拖判和吃音,但是内屏一切正常 因为我是第一次接触游戏开发,IO这方面也完全没经验 一开始我和bb本怀疑是线程调度的问题,即:IO线程时间片被其他线程挤占了,导致IO线程无法及时处理HID设备回报。为了验证这个猜想,我们尝试提高了IO线程的优先级,照旧 接下来我怀疑是我那套框架有问题:majplay是根据上一帧与这一帧的按键状态判断按键是不是"click"。为此我重写了这部分的实现,改进了IO线程与主线程之间的交互,问题照旧....... 到这里我已经怀疑这不是majplay的锅:IO线程没有任何异常,IO线程与主线程的交互没有问题,Note判定逻辑也没有问题,那就是设备确实没有回报给majplay或者设备发过来的回报中按键确实没有按下,但是大佬说hdd没有这种问题.....(人已经快崩溃了,这完全看不透也摸不着,因为我用单片机模拟玩家打高速纵连是完全没有问题的,我在家里用手台测试也没有问题) 到最后,bb本灵光一闪,说有没有可能是led刷新率过高,把按键控制板干爆炸了?我们让大佬把led刷新间隔从16ms改成100ms,吃音问题瞬间没有了,无语了 。。。。。。。。。。。。。。。。。。。。 adx是一个控制板同时管理按键和led,为什么我没有遇到吃音问题呢,因为我的手台不是adx的... #dev

Hashtags

Results

找到 11 条相似帖子

搜索 #nazm

当前筛选 #nazm清除筛选
MMIBD oʻrinbosarlari uchun

@manaviyatchi · Post #2878 · 2024/05/07 00:34

#Nazm JADIDLAR Taqdir erkalatgan qizlar, yigitlar Sohilda sayr qilib, atirgul hidlar. Xayolchan boqadi gʻoziy shahidlar... Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Shaxsiy namuna yoʻq, chunki Ibrat yoʻq, Olimlar juda koʻp, bitta Fitrat yoʻq, Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yoʻq, Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Ular gʻisht qoʻygan, biz toshlar otamiz, Ular soʻz yigʻganlar, biz gap sotamiz, Ular kun kutgan, biz oylik kutamiz, Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Tavallo, Qodiriy, Choʻlponlar qayda? Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda? Ogʻiz juda katta, yuraklar mayda, Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Oʻshalar bizlarning bobolarmikan? Bizdan oʻzlarini topolarmikan? Bizni nabiram deb tan olarmikan? Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Ular maktab qurgan, biz uy quramiz, Ular gʻoya surgan, biz oʻy suramiz. Yoppa tomoshabin boʻlib turamiz, Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Qopogʻon davr edi, qattol, qatagʻon, Otilib chiqqanni shartta otagʻon... Bugun yuki yengil tuya yotagʻon... Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Oʻziga kelmaydi oʻzdan ketganlar, Ixlos qoʻyib shayton dumin tutganlar... Qani yurt deb oʻzini unutganlar? Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Sheʼr avjida birdan qalam sekinlar, Buyuk ustozlarim nima derkinlar? Soʻnggi jadid edi Abdulla, Erkinlar... Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Ufqqa urilib, qaytib kelgan oʻq Mening yuragimni teshib oʻtgan choʻgʻ. Muallimlar serob, Avloniylar yoʻq. Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Taʼlim-tarbiyani najot bilganlar, Ilmiga oʻzlari amal qilganlar. Qarang, amal deb oʻz jonin yulganlar, Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Maishat, toʻy, hasham bosh maqsad hamon, Gapdan boshqa gap ham bor, ey qadrdon! Hamma zamonda ham kelmaydi zamon, Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. Zanglagan zehnimni charxlab beradigan, Umrim savdosini narxlab beradigan, Shu sheʼrni oʻgʻlimga sharhlab beradigan Jadidlar yetishmayapti, jadidlar. ✍️ Iqbol MIRZO 🎞https://youtu.be/7appKAQxTws?si=UF8SiYuKBpRF21d- ➣ Yaqinlarga tarqating ! ➫ «MMIBD O'rinbosarlari uchun» kanaliga ulaning👇 ➥ Ⓜ️anzil: @manaviyatchi

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1736 · 2025/02/28 03:08

#nazm ONAM DERMAN Bu olamda ulug‘ zot kim Desang, doim onam derman. Hayotim ustuni sinmas, Madadkorim onam derman. Gul umrim mash’ali o‘chmas, Xayoldan suvrati ko‘chmas. Dilimga oq dili payvast, Vafodorim onam derman. Ko‘zim nuri-yu darmonim, Umid-shodlik va armonim, Kecha-kunduz nigohbonim, Xaloskorim onam derman. Ona farzandga bol bergay, Saodat chechagin tergay. Ham ardoqlab, ham o‘rgilgay, Chamanzorim onam derman. Uzoq ketsang qolar dog‘da, Kutar bedor sahar chog‘da. Muqaddas ona tuproqda Umidvorim onam derman. Ayo Yong‘in, onang et shod, Yozib madhini qilgin yod. Ona birla hayot obod, Charog‘bonim onam derman. Yong‘in Mirzo ** Suratda: shoir Yong‘in Mirzo (1917–1990) bahorda onasini opichlab, gullagan daraxtni ko‘rsatgani hovliga olib chiqqan. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama

Hashtags

O'lmas Temur

@olmas_temur · Post #1506 · 2025/03/20 08:28

*** Depressiya Saharlikdan iftorga qadar Hazm bo'lmas rizq – Tomog'imga qadalib turar. Surbet bahor Suqilar bag'rimga Yashil ilonday. "Chaqirdimmi seni, yashilko'z?" U indamay Yengmoqchi bo'lar – Kulcha bo'lib Kutib yotadi. Sevgi, Inonch, Hurlik qushlarin Tutib bergum yashil ilonga Tezroq ajdahoga Aylansin toki – Yutib yuborsin meni Depressiyaga qo'shib #nazm ©️Gulnoz Mo'minova, "Havo" O'lmas Temur

Hashtags

Gänger

@gaenger_10 · Post #650 · 2022/07/16 16:41

#nazm Biz ham yuksaklarga tikkandik ko‘zni, Bizda ham bor edi matonat, bardosh. Arslon chorlagandi qoshiga bizni, Lekin qumursqalar bo‘ldi safardosh. Jami tiriklikka tanish bu xatar, Qumursqa yaralgan yoppa talarga. Do‘stim, alam qilar, arslon bexabar, Yem bo‘lib ketsak shu qumursqalarga. – Abdulla Oripov @panda_books

Hashtags

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1568 · 2024/11/14 07:32

#video #nazm Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida ozarboyjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irni qabul qildi. Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug‘ilgan, ammo asosan O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. U ozarboyjon xalqini o‘zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanishtirib kelmoqda. Keyingi paytda Akif Bag‘ir, ayniqsa,"O‘zbek kelayotir" qasidasi bilan tilga tushdi. Yo‘l bo‘shat, dillarda muzlagan armon! Yo‘l bo‘shat, mensimay xor qilgan nodon! Yana ming yillikning tongotaridan, Yo‘l bo‘shat, zamona! Yo‘l bo‘shat, jahon! O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan! Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Hashtags

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

@fargonamadaniyat · Post #16032 · 2026/02/14 11:40

#Nazm #G'azalxonlik 📎Alisher Navoiy "Kelmadi" 📜Ijro etadi: Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Musiqa nazariyasi" bo'limi 10-sinf o'quvchisi Diyora Baxodirova 🎼Jo'rnavoz: Anvarjon Abdumannonov Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

Hashtags

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

@fargonamadaniyat · Post #16031 · 2026/02/14 11:15

#Nazm #G'azalxonlik 📎Zahiriddin Muhammad Bobur "Mening ko'nglumki" 📜Ijro etadi: Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Musiqa nazariyasi" bo'limi 10-sinf o'quvchisi Tolipova Dilbaroy 🎼Jo'rnavoz: Anvarjon Abdumannonov Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

Hashtags

Farg‘ona viloyati Мadaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal

@fargonamadaniyat · Post #16013 · 2026/02/14 04:04

#Nazm #G'azalxonlik 📎Zahiriddin Muhammad Bobur "Ko'nglumda bor" 📜Ijro etadi: Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Aktyorlik san'ati" bo'limi 10-sinf o'quvchisi Nodirbek Mahmudjonov 🎼Jo'rnavoz: Anvarjon Abdumannonov Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:👇 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #1127 · 2024/04/20 16:50

#nazm#munosabat Zamona zayliga kuy chalar dutor, Zamonin zaylidan or etarlar, or, Forsiylar kelganda erkaklar zoti Unutishdi siynalarga bo‘lganlarin zor! Lola Yuldoshevani tanqid qilayotganlar, o‘z tarixini unutgan, erkaklari qirg‘in bo‘lgan on, qiz farzandlarning ko‘kraklaridan voz kechib, kamonchi qilib tarbiyalagan massaget xalqining XXI asrdagi isnodidir! Zamona To‘marislari o‘lmadi, ammo ularni o‘ldirmoq istamoqdalar. Mahinda bir gal Penelopa hayoti, iztiroblari yoritilgan asar revyusini o‘qigan edim. Bunday asar har bir ayol qahramon uchun yozilmog‘i darkor. Bo‘lmasa biz qayerdan bilamiz tul malika To‘marisning farzand dog‘ida yongan onlarida chekkan iztiroblarini. O‘ylab ko‘ring shu haqida ijod ahli. Hurmat ila Nurali Qahramon

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1541 · 2024/10/21 05:10

#onatilimfaxrim #nazm …Qadim ohanglardan men seni topdim, Izladim tafakkur osmonlaridan. Bir buyuk xalq bo‘lib chiqib kelding sen, “Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish” dostonlaridan… …Sen – tilim tagida turgan achchiq tosh, Sensiz men hech kimman, yo‘qdirman, bildim! Sen – tirik xazina, sen – tirik afsun, Seni angladim-u, dunyoga keldim! Qisinib-qimtinib yurmayman chetda, Kibr yo manmanlik emas falsafam. O‘zbek kalomida Iymon, Nomus, Or Va ikki dunyoning saodati jam! Sen – muhabbat tili hamda erk tili, Sen borki, Haq bilan sirlashamiz biz! Sen – jasorat tili va mardlik tili, Sen borki, xalq bo‘lib birlashamiz biz! Zebo Mirzo "Ona tiliga qasida" she’ridan parcha Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

@TAT_jurnal · Post #1536 · 2024/10/19 06:11

#onatilimfaxrim #nazm Men o‘ylayman: hayot yo‘lida Izlasa, ko‘p tarjimada sir. Necha yildir o‘zbek tilida So‘zlayotir, mana, Shekspir. Shunday san’at bo‘lmasa agar, Ko‘z o‘ngida qorong‘u dunyo – Biz bilmasdik, goh shams, goh qamar Bosh ustida – Tolstoy bobo. Bular yaxshi. Bir narsa chatoq: O‘zbekning ham bor shirin gapi. Tarjimada lekin tumtaroq, Tarjimaning yo‘qdir maktabi. Dunyo hamon bilmaydi, do‘stlar, Navoiyning dardini tugal, Mashrab qaysi ohangda bo‘zlar, Nodiradan qolgan ne g‘azal. O‘lkamizda, ko‘rsangiz, shuncha Madaniyat, shuncha maorif, Chiqmapti deb tarjimam uncha, Kuyar ammo Abdulla Orif. Birov mumkin ochsa menga bahs, Men baribir bu borada haq: Kimdir kelib ko‘tarib qo‘ymas, O‘z-o‘zini ko‘tarmasa xalq... Omon Matjon Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama