@TAT_jurnal · Post #2538 · 2026/04/17 16:11
#xabar Qadrli davradoshlar! Galdagi adabiy muhokama uchun Nazar Eshonqulning „Giryon“ romani tanlandi. Tadbir sanasi qoʻshimcha eʼlon qilinadi. Mutolaaga darhol kirishishingiz mumkin😉 @adabiy_klub
Hashtags
前段时间一直被MajdataPlay的外键输入问题困扰:有玩家反映majplay会无征兆地出现拖判和吃音,但是内屏一切正常 因为我是第一次接触游戏开发,IO这方面也完全没经验 一开始我和bb本怀疑是线程调度的问题,即:IO线程时间片被其他线程挤占了,导致IO线程无法及时处理HID设备回报。为了验证这个猜想,我们尝试提高了IO线程的优先级,照旧 接下来我怀疑是我那套框架有问题:majplay是根据上一帧与这一帧的按键状态判断按键是不是"click"。为此我重写了这部分的实现,改进了IO线程与主线程之间的交互,问题照旧....... 到这里我已经怀疑这不是majplay的锅:IO线程没有任何异常,IO线程与主线程的交互没有问题,Note判定逻辑也没有问题,那就是设备确实没有回报给majplay或者设备发过来的回报中按键确实没有按下,但是大佬说hdd没有这种问题.....(人已经快崩溃了,这完全看不透也摸不着,因为我用单片机模拟玩家打高速纵连是完全没有问题的,我在家里用手台测试也没有问题) 到最后,bb本灵光一闪,说有没有可能是led刷新率过高,把按键控制板干爆炸了?我们让大佬把led刷新间隔从16ms改成100ms,吃音问题瞬间没有了,无语了 。。。。。。。。。。。。。。。。。。。。 adx是一个控制板同时管理按键和led,为什么我没有遇到吃音问题呢,因为我的手台不是adx的... #dev
Hashtags
搜索 #xabar
@TAT_jurnal · Post #2538 · 2026/04/17 16:11
#xabar Qadrli davradoshlar! Galdagi adabiy muhokama uchun Nazar Eshonqulning „Giryon“ romani tanlandi. Tadbir sanasi qoʻshimcha eʼlon qilinadi. Mutolaaga darhol kirishishingiz mumkin😉 @adabiy_klub
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #2331 · 2026/01/21 03:26
#xabar Qadrli davradoshlar! Galdagi adabiy muhokama uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzamning "Momaqaldiroq ostida sayr" romani tanlandi. Kitob mutolaasiga tezda kirishing! Tadbir sanasi qoʻshimcha eʼlon qilinadi. Aytgancha, so‘rovnomadagi boshqa asarlarni ham davramizda ketma-ket muhokama qilamiz! @adabiy_klub
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #2115 · 2025/10/25 03:03
#xabar 🎓2026-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida o‘qish bo‘yicha qabul kvotalari. 🗓 Hujjatlar 2025-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi. Oliy ta’limdan keyingi ta’limni davom ettirmoqchilarga jo‘natib qo‘yamiz. 🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama📱Instagram
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #2106 · 2025/10/22 10:15
#xabar Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Chilonzor tumanidagi 178-maktabda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilarga "Til va adabiyot ta'limi" jurnalining maxsus soni va bolalar shoiri Orif To‘xtashning "Ko‘zmunchoq" kitobidan sovg‘a qilindi. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #2014 · 2025/09/06 04:30
#xabar 🇺🇿“Vatanparvar bolajon” loyihasi doirasida O'zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan yangi animatsion multfilm taqdim etilmoqda! Ushbu multfilm orqali farzandlaringiz va o'quvchilaringiz Davlat ramzlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Ona Vatanga bo’lgan mehrni, faxr va g‘urur tuyg‘usini teran idrok etishadi. Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #2012 · 2025/09/04 03:08
#xabar SHE’RDAN RUXSATSIZ FOYDALANSA NIMA BO‘LADI? “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yangi “Inson va qonun AI” gazetasi nashr qilindi. Huquqiy gazeta deganda ko‘pincha tushunilishi qiyin matnlar ko‘z oldimizga keladi. “Inson va qonun AI” gazetasi butunlay o‘zgacha usulda yaratilgan. Gazetadagi barcha kontentlar soha mutaxassislari nazorati ostida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan bo‘lib, sodda va tushunarli tilda yozilgan. Xo‘sh, mualliflik obyektlari, ya’ni she’riy hamda nasriy asarlar, qo‘shiq, film va hokazolardan ruxsatsiz foydalansa nima bo‘ladi? Shu va shunga o'xshash kerakli savollarga oson va tushunarli javoblarni gazeta sahifalarida o‘qing👇 https://t.me/hudud24official/30655 Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #1735 · 2025/02/27 10:15
#xabar ❗️ Boshqa tillarda ta’lim olgan sinf bitiruvchilari ham endi davlat tilidan imtihon topshiradi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi: ➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma; ➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma; ➖Matematika fanidan – yozma; ➖Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki; ➖Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi. 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi: ➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma; ➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma; ➖Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma; ➖Tarix fanidan – yozma; Oʻquvchining tanlovi boʻyicha: ➖ Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma; ➖ Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi. Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda. 🌐Sayt ✈️Telegram ✅Murojaat ♾Muhokama
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #1620 · 2024/12/15 04:09
#Xabar IELTS'dan 5,5 va undan yuqori ball toʻplaganlar bu yil 52 ming 706 nafarni tashkil qildi. Solishtirish uchun, 2020-yili 10 mingdan oshiqroq koʻrsatkich qayd etilgan. Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #1609 · 2024/12/09 06:11
#xabar 🇺🇿🇲🇳Oʻzbekcha-moʻgʻulcha soʻzlashgich yaratiladi Moʻgʻulistonning Oʻzbekistondagi elchixonasida oʻzbek olimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar ilmiy-ijodiy hamkorlikning istiqbollari borasida fikr almashdi. Davra suhbati yakunida birinchi navbatda oʻzbekcha-moʻgʻulcha va moʻgʻulcha-oʻzbekcha soʻzlashgich yaratishga kelishib olindi. Istiqbolli rejalar yuzasidan aniq dastur ishlab chiqilishi va ishchi tartibda yana uchrashuv belgilanishi bildirildi. 👉BATAFSIL Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #1574 · 2024/11/18 10:00
#xabar 703 ta kon nomi o‘zbekchaga almashtirildi Vazirlar Mahkamasining "Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida"gi qarori (15.11.2024 yildagi 766-son).
Hashtags
@muloqottvofficial · Post #1498 · 2025/07/16 12:18
#xabar ⚡️ Nodavlat ta'limdagi noqonuniy ishlar. 📹 "Muloqot" telekanalining "Davr" axborot dasturi. ▶️Rasmiy telegram kanalimizga obuna bo'ling: https://t.me/muloqottvofficial
Hashtags
@TAT_jurnal · Post #1490 · 2024/10/17 05:10
#xabar Yangi Toshkentda Alisher Navoiy ilmiy tadqiqot markazi quriladi Majmua Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 400 oʻrinli zal, xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 200 oʻrinli oʻzbek tili, adabiyoti va musiqasi maktabi ham boʻladi. Jahonga mashhur “Zaha Hadid architects” kompaniyasi loyihalashtirgan. Meʼmorlar Oʻzbekiston meʼmorchiligi tarixiga tayanishgan. Markaz anʼanaviy oʻzbek naqshlari va zamonaviy dizayn tamoyillari bilan boyitilgan monumental arxitektura namunasi boʻlishi kutilmoqda. Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Hashtags