DN42 access
本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接
默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我
所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由
该服务由AS4242423377提供
- - - - - - -
The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network.
By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information.
All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification.
Hosted by AS4242423377.
Policy
本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。
滥用行为包括但不限于:
- 过度使用资源
- 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为
- 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容
- - - - - - -
This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access.
Abuse could include, but is not limited to:
- Excessive use of resources
- Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users
- Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability
PoP
## Toronto, Canada
Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96
Zerotier: 4753cf475f65b0fb
## Los Angeles, USA
coming soon
#announcement#service
Dizayn sohasini qisqa vaqtda o'rganib bo'lmaydi...
O'rganishga esa kamida 2 yil sarflash kerak. Undan kamida esa, sohani anglab oladigan bo'lmaysiz. Qay ma'noda daromad qilyapman, mendan zo'ri yo'q desangiz, chuchvarani xom sanabsiz. Ishini bilmay ham yaxshi daromad qilayotgan ham bo'lishi mumkin, bir kun haqiqiy mutaxassis uni tomirini chopadi. Men ba'zilarni chopganim kabi... )
#dizayner#chopishkerak — @xurramovblog
Odatda dizaynerlar biroz g‘alatiroq bo‘ladi. Bu yomon emas, ammo quyidagi hislatlarning bo‘lishi yaxshi emas:
1. Ko‘ra olmaslik
Dizaynerlarda bir birini ko‘ra olmaslik holatini ko‘p kuzatganman. Mendan o‘tib ketadi deb o‘ylaydimi, bilmadim. Eng qizig‘i, hatto dizayn bo‘yicha “faloncha oʻquvchi chiqarganman” deb yuradiganlarda ham shu narsani kuzatganman.
Bu tarzda qanday shogird chiqarish mumkin?!
2. Manmansirash
Gapirish mimikalari, oʻzini tutishi ya'niki manmansiragan dizaynerlarga koʻp duch kelganman. Gapirishiga qarasang, go‘yoki dizayn dunyosini o‘zgartirib yuborgandek.
Lekin ishlarini ko‘rib chiqqaningda hammasi joyiga tushadi. Aslida esa UI'dan nariga o‘tmagan, xolos...
P.S. Hamma dizaynerlar ham shunaqa degani emas. Oʻziga zimdan nazar solib, isloh qilishga harakat qiluvchilar uchun yana bir bor eslatma... Jumladan oʻzimga!
@suxrobblog
#kibr#dizayner
Linkedinda «dizayner bepul topshiriqni bajarishi kerakmi?» degan postga koʻzim tushib qoldi, quyida oʻz fikrimni qoldiraman:
«Aslida bizda dizayn madaniyati shakllanmagan (ayrim dizaynerlarda ham). Bunga dizaynerlarni oʻzini ham hissasi bor. Chetda va baʼzi baʼzida juda ham kam oʻzbek kompaniyalarida sinov topshiriq uchun haq toʻlanadi.
Oʻzim ham bir necha joyda sinov vazifasi bajarganimda, ketgan mehnatim uchun oldindan kelishgan holda haq olganman. Bunga norm kompaniyalar norm qaraydi.
Aksiga olib, dizayneri bor, qoʻshimcha dizayner kerak boʻlgan kompaniyalarni kuzatganimga boshqa dizaynerni mehnatiga ahamiyatsizdek, qarashganlarini ham sezganman... Oʻzi dizayner boʻlib boshqa dizaynerni ishini hurmat qilishmagandan keyin, mijozdan nimani ham kutardik)»,
— deb linkedinda fikrimni qoldirdim.
Aytmoqchi boʻlganim, avvalo biz dizaynerlar oʻzimizda dizayn madaniyatini shakllantirib olaylik. Ish izlab yurgan dizaynerni "quldek" emas, inson sifatida koʻrib, ketgan mehnatini qadrlashni oʻrganishimiz kerak, ish beruvchini vaqti vaqt-u, dizaynerni vaqti muhim emasdek boʻlib qolmasin...
Aslida mana shu joyda kishilarni qarashlari (qadriyatlari) maʼlum boʻladi.
P.s. Rivojlangan (saviyali) mamlakatlarda qoʻshimcha ish uchun haq toʻlanishi odatiy hol.
@suxrobblog
#dizayner#qarashlar
Diqqat, firibgar dizayner!
Firibgarlar endi dizayner niqobi ostida odamlarni aldashga o‘tishdi. Menga ham shunday anonim shaxs yozdi. Unga bir nechta savol berdim va firibgar ekanini darhol tushundim.
Eslatma:
1. Anonim dizaynerlardan ehtiyot bo‘ling, ularga oldindan to‘lov qilmang!
2. Firibgarlar mening yo sizning nomingizdan ham boshqalarga yozishi mumkin. Men o‘zim hech kimga yozib, xizmatlarimni taklif qilmayman.
3. Agar kimdir meni nomimdan yoki boshqa kishi nomidan qarz yoki to‘lov so‘rasa, avval shaxsan oʻziga bog‘lanib, qoʻngʻiroq qilib tekshiring.
— Shubhali shaxslarga ishonmang, ularni blok qiling va ularga imkoniyat bermang!
Bu xabarni firibgarlar ham oʻqiyotgan boʻlishi mumkin. Boshqa "firibgarlar"ga ham ulashib qoʻyamiz )
@suxrobblog
#firibgar#dizayner
Dasturchi tanishlarim dizaynni o'rganishni boshlashibdi ekan, bir tomondan AI, bir tomondan dasturchilar o'ylantiradi endi)
Biz ham AI zamonida dasturlashni o'rganishni boshlashimiz lozim. Bora bora bozorda bir necha vositalar bilan raqobat qilish, bir qanot bilan uchayotgan qushdek bo'lib qoladi. Ya'niki yaralangan qush hamon uchmoqda. Bunday qushlarni kesak bilan urib tushurish hech gap emas! :))
@suxrobblog
» #AI#dizayner#dasturchilar🪓
Sezyapsizlarmi?
O‘zbek dizaynerlar orasida “Figma davri tugadi”, “UX/UI o‘ldi”, “endi Claude bilan project qilyapman” degan gaplar ko‘payib qoldi, ayniqsa LinkedIn’da...
Ha, AI’dan foydalanib ishni tezroq bajarish yaxshi. Lekin prompt yozib dizayn chiqarishning o‘zi “proektni muvaffaqiyatli yopdim” degani bo‘lsa, unda bu UX dizayner uchun qanchalik to‘g‘ri yondashuv?
Shundan kelib chiqadiki, oldin ham faqat UI’dan nariga o‘tmagan dizaynerlar endi prompt yordamida dizayn chiqarib, o‘zlarini UX/UI dizayner deb ko‘rsatayotgandek tuyuladi...
Qani unda:
— User interviewlar?
— Problem discovery va problem framing?
— User persona va empathy mapping?
— Customer journey map?
— JTBD (Jobs To Be Done) tahlili?
— Hypothesis qo‘yish va validation?
— Usability testing?
— A/B testing va conversion optimizatsiya?
— Data-driven decision making?
— UX metrics (retention, activation, churn) bilan ishlash?
Yoki shunchaki prompt yozib, chiqqan UI’ni “yechim” deb sotishyaptimi?!
Shunaqa qilib, aslida kim UX dizayner, kim faqat UI chizuvchi ekani bilinib qolyapti.
Xullas, AI’dan samarali foydalanish juda yaxshi. Lekin, faqatgina UI’da “sakrab yurish” bilan product hal bo‘lib qolmaydi, bunda esa UX jarayonlari juda muhim...
@suxrobblog
#AI#dizayner#UI#UX
Dizayner mustaqil fikrlay olishi lozim
Yon atrofingizdagi kishilardan har doim ham yordam so'rashga ham odatlanib qolmaslik kerak. Muammoga mustaqil yechim bersangiz, keyinchalik ham yanada, izlanib, o'rganib, boshingiz, devorga tegibmi, qoqilib... Xullas, tushundingiz, rivojlanib borasiz.
Menda ham vaqtida ko'p tanishlarimdan resurslar so'ragan vaqtlarim ham bo'lgan. Lekin, bu yaxshi odat emasligini ham anglab borardim. Keyinchalik shu odatdan ham halos bo'ldim.
Hozirda har qanday muammoni internetga yozsa, yechim topish mumkin. Sun'iy intellekt (ChatGPT) ham bor ustiga ustak, shundan so'ralsa ham ancha muncha narsalarga yechim olish mumkin, faqat so'rashni ham bilish kerak. Imkon qadar muammoni batafsil bayon qilish lozim. Aniqroq javob uchun...
Alqissa, mustaqil bo'lishga (hayotda ham) va boshqalardan yordam kutmaslikka odatlanishimiz lozim. Yuqoridagi gifda esa, boshqalardan umid qilish ma'nosi yotibdi, shu odatni tark etish kerak.
Xalqimizda shunday gap bor "O'zing uchun, o'l etim", har kim o'zi uchun o'zi harakat qilishi kerak, sizni hayotingizni hech kim o'zgartirib bermaydi, bu gap ko'proq erkaklarga tegishli, ayol kishida esa aksincha bo'lishi ham mumkin...
Postni salbiy ma'noda qabul qilmaymiz va matn ko'rinishida ma'lumotni yetkazish mushkul, kamchiliklar uchun aybga buyurmaysiz.
@suxrobblog — #feedback#dizayner#rivojlanish
Bu gapni mendan oldin ham boshqa dizaynerlar aytishgan boʻlishlari mumkin. Dizaynerlarda ozgina qoʻlidan bir oz ish keladigan boʻlib qolgandan keyin manmansirab qolishadimi tushunmayman?!
Dasturchilarda kamdan-kam bu holatni kuzataman. Dizaynerlarda haddan ziyod manmansirash koʻpayib ketmayaptimi?!
Gapirsang, bir davlatning yarim boshli "aborot"ini qiladigandek, gapirsa. Ha-a, "yorvorshn" dizayner ekan-da deb ishini koʻrsang, fundamental xatolarda uralashib yurgan boʻlsa...
@suxrobblog
#dizayner#tanqid#manmanlik
#Vakansiya
#smm_menejer
#mobilograf
#videograf
#dizayner
SMM menejerga talablar:
- Sohada kamida 6 oy tajriba;
- Targetingni yaxshi tushunishi, ads managerni ishlata olishi;
- Tekstlar bilan ishlay oladigan;
- Konkurentlar tahlili va smm strategiya tuza olishi kerak.
Mobilografga talablar:
- Sohada kamida 6 oy tajriba;
- Smartfon yordamida sifatli video va foto suratga ola olishi;
- Videolarni tahrirlash va montaj ishlari qila olishi (Capcut, VN, Adobe Premiere va boshqalar);
- Chiroqlar, mikrafon, stabilizator, fonlar yaratishda tajribaga ega bo'lish;
- Zamonaviy montaj uslublaridan xabordor boʻlishi kerak.
Videografga qoʻyiladigan talablar:
- Video tahrirlash dasturlarini (Adobe Premiere Pro, Adobe After Effects va hk.) dasturlarida ishlay olish;
- Instagram, YouTube va boshqa tarmoqlar uchun videolar tayyorlash;
- Kamera, chiroq bilan ishlay olish;
- Video kontentni belgilangan talablar va sifat standartlariga muvofiq suratga olish;
Dizayner uchun talablar:
- So'nggi trendlardan xabardor bo'lish;
- Soha bo'yicha eng so'nggi bilimlarga ega bo'lish
- Photoshop, CorelDRAW, Adobe Ilustrator dasturlarida ishlay olish
-Punktuallik, mas'uliyat;
- Deadlinega amal qilish.
Qolgan barcha masalalarni @Ahmadjonov_Javohirr orqali bilib olishingiz mumkin.
Kanalga ulanish:
➡️@javohir_akhmadjonov
Linkidenda Muzaffar Fozilov, dizaynerlar orasidagi ogʻriqli muammodan birini yozgan ekanlar(Screenshotda koʻrishingiz mumkin)
Bu post boʻyicha izohda yozgan fikrimni quyida yozib qoldiraman:
— «Toʻgʻri aytasiz !
Oʻzlarini shu kabi yuqori darajalarda baholab olayotgan koʻp, nafaqat dizaynda, balki boshqa yoʻnalishlarda ham, masalan dasturlashda ham xuddi shu vaziyat deb oʻylayman. Dasturchi ham, dizayner ham oʻziga baland baho berib, topshirilgan proektlarni bajara olishmagan holatlarni koʻp koʻrdim (oʻzim ham bir qancha proektimda dasturchi va dizayner ishlatganman). Dehqoncha usulda ishlab yuradi va oʻzini "Seniorman" deb atab olishadi...
Dizaynerni darajasini, dizaynga aloqasi yoʻq shaxslar baholab berishi, notoʻgʻri deb hisoblayman.
Sohani ikir-chikirlaridan xabari bor, yuqori malakali dizaynerlar dizaynerni darajasini belgilab bergani maʼqul. Yaʼniki dizayner muammoga qanday yechim beryapti, yechimlarini isbotlab bera olyapti hakozo. Bularni aniqlash va belgilab berish uchun (kompaniya ortidagi shaxs) dizayn boʻyicha katta tajribasi boʻlishi kerak.
Oʻzbekistonda maʼlum (kichikroq) kompaniyalarda deyarli, yuqori darajadagi mutaxassislar ham mavjud emas deb oʻylayman. Aytganingizdek oʻzlarini oʻzi baholab olishgan. Shu kabi "mutaxassislar"ni fundamental bilimlarni bilishlariga ham shubham bor...»
— deb fikrimni linkidenda qoldirgandim. Va kanalga ham ulashib qoldiryapman. "Kimlargadir" yetib borar-a?!...
@suxrobblog
» #senior#junior#dizayner#fikrlar#linkedin
#webdesign#uidesign#uxdesign#icons#figma#frontend#dizayner#foydalisayt
Dizaynerlar va dasturchilar uchun foydali sayt!
GriddyIcons — bu UI/UX va web loyihalar uchun tayyor, chiroyli ikonlar to‘plami.
✔️ 1000+ ikon
✔️ SVG / Figma formatlar
✔️ Line va Solid uslublar
✔️ Pixel-perfect dizayn
Loyihangizni yanada professional ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz — albatta ko‘z tashlang 👇
🔗https://griddyicons.com/
💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉