DN42 access
本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接
默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我
所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由
该服务由AS4242423377提供
- - - - - - -
The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network.
By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information.
All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification.
Hosted by AS4242423377.
Policy
本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。
滥用行为包括但不限于:
- 过度使用资源
- 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为
- 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容
- - - - - - -
This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access.
Abuse could include, but is not limited to:
- Excessive use of resources
- Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users
- Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability
PoP
## Toronto, Canada
Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96
Zerotier: 4753cf475f65b0fb
## Los Angeles, USA
coming soon
#announcement#service
#Konimex
Mahalla aholisining kundalik muammolarini o‘rganish, ularni joyida hal etish va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati B.Alekeyev tomonidan Yangʻiĝozgʻon MFY hududida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Deputat har bir murojaatni batafsil tinglab, masalalarning yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanishini ta’kidladi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari bilan atrof-muhitni asrash, hududda daraxt ekish ishlarini jadallashtirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida ham fikr almashildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati Batirxan Kushkarbekov tomonidan Sarjal OFY Qizilquduq ovulida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Deputat B.Kushkarbekov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, masalalarning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilanishini ta’kidladi.
Uchrashuv samimiy va ochiq ruhda o‘tdi. Aholi vakillari o‘z muammolarini bevosita xalq vakiliga yetkazish imkoniyatidan mamnun ekanliklarini bildirib, bunday sayyor qabullar joylarda tez-tez o‘tkazilishi zarurligini qayd etdilar.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
Sayyor qabul amaliy natija bermoqda
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati Muxtar Jusipov tomonidan Qo‘shquduq ovulida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot muhitida suhbat olib borildi. Aholi vakillari o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirdi, takliflar berdi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, daraxt ekish aksiyalarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.
Deputat o‘z so‘zida ekologik barqarorlikni ta’minlash, ovul hududini obod va toza saqlash har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidlab, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhimligini qayd etdi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi raisi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida tibbiy chiqindilar holatini o‘rganish maqsadida ekoreyd o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha oyma-oy navbatchilik rejalari ishlab chiqilgani va har bir bo‘lim tomonidan navbatchilik asosida nazorat olib borilayotgani aniqlandi.
Mart oyida shoshilinch tez yordam bo‘limi navbatchi etib belgilangan bo‘lib, hamshira Xolida Artıkova tomonidan tibbiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilayotgani hamda maxsus ajratilgan joylarda nazorat ostida saqlanayotgani haqida ma’lumot berildi.
Ekoreyd davomida mas’ullarga tibbiy chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi raisi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekoreyd o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida 2026 yil bahor mavsumida hududlarda 500 tup tut, 500 tup gujum hamda 500 tup saksovul ko‘chatlari ekilgani ma’lum bo‘ldi. Ko‘chatlarning asosiy qismi cho‘l hududlarida joylashgan tibbiyot markazlari atrofiga ekilgan.
Ekoreyd davomida ko‘chatlarning parvarishi, sug‘orilishi hamda yashab ketishini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
Konimex tumanida "Yashil makon" loyihasi doirasida ekoreyd o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi raisi tomonidan Konimex tuman texnikumida "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida texnikumga Shodibek qishlog‘idan yer maydoni ajratilib, hudud bog‘ holatiga keltirilgani ma'lum qilindi. Mazkur hududga 300 dona tut ko‘chatlari ekilib, sug‘orish ishlari skvajina orqali yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘chatlarni doimiy nazorat qilish uchun texnikum qorovullari mas'ul etib belgilangan.
Shuningdek, texnikum hududining o‘zida ham ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, qo‘shimcha ravishda 100 dona tut ko‘chatlari ekildi.
Ekoreyd davomida ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
Konimex tumanida yashil hududlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni oshirish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi tomonidan 6-sonli “Yulduzcha” MTT hududida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi.
2026 yil bahor mavsumida “Yashil makon” loyihasi doirasida MTT hududiga 50 dona yasmin ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ularni ariqlar va nasoslar orqali muntazam sug‘orish ishlari olib borilmoqda. Tadbir davomida hudud obodonlashtirilishi, ko‘chatlarni parvarishlash vad bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi.
Bu kabi ekoreydlar nafaqat hududni yashnatadi, balki yoshlarda tabiatga hurmat ruhini uyg‘otadi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
Konimexda Ekoreyd 🌿
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi raisi boshchiligida 6-sonli Yulduzcha MTMda ekoreyd o‘tkazildi. Tadbirda maktab hududidagi chiqindilar holati o‘rganilib, ularni tartibga solish va yashil makonni saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
O‘quvchilar va xodimlar bilan suhbatlar olib borilib, chiqindilarni ajratib yig‘ish va maktabni toza saqlashning ahamiyati tushuntirildi.
Ekoreyd yoshlarni ekologik madaniyatga jalb qilish va maktab hududini toza saqlashga xizmat qilmoqda. 🌱
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi raisi tomonidan tumandagi avtotransport vositalarini yuvish shaxobchalarida ekoreyd tadbiri oʻtkazildi.
Reyd davomida avtoyuvish shoxobchalarida ekologik talablar, xususan oqava suvlarni tozalash holati, suvdan oqilona foydalanish hamda sanitariya meʼyorlariga rioya etilishi oʻrganildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berilib, atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur tadbir hududda ekologik nazoratni kuchaytirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇Kanalimizga obuna bo‘ling!
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ekoreyd o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi raisi tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ekoreyd tadbiri tashkil etildi. Reyd davomida maktabning sinf xonalari, yo‘laklari, sport zali hamda yordamchi xonalar birma-bir ko‘zdan kechirilib, tozalikka rioya qilinayotgani, chiqindilarni saralash tartibi va gigiyenik sharoitlar o‘rganildi. Xususan, o‘quv jarayoni o'tadigan xonalar havosi, yoritilish tizimi, isitish moslamalarining tayyor holati, deraza va eshiklarning mahkamligi alohida e’tibor bilan tekshirildi.
Shu bilan birga, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik choralari ham baholandi. Qozonxona va isitish tizimlarining ishga yaroqliligi, yong‘inga qarshi xavfsizlik vositalarining holati, maktab atrofi obodonchiligi va yog‘ingarchilik mavsumiga tayyorlik darajasi bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan suhbatlar olib borildi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
Maishiy chiqindilar masalasi bo‘yicha ekoreyd o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi tomonidan Birlik mahallasidagi Abay ko‘chasida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi. U ko‘cha bo‘ylab mahalla faollari, xonadon egalari hamda chiqindilarni tashish xizmatiga mas’ul xodimlar bilan birga aholi yashash hududidagi holatni o‘rgandi.
Reyd davomida uyma-uy kirib, maishiy chiqindilar qayerda to‘planayotgani, ular belgilangan tartibda olib chiqilayotgani, chiqindi mashinalarining kelish vaqti ham tekshirildi.
Kengash raisi aholiga chiqindilarni tasodifiy joylarga tashlamaslik, belgilangan vaqtda chiqarib qo‘yish, plastik va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan materiallarni alohida yig‘ish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Ekoreyd yakunida hududda chiqindilarni haftada bir marotaba emas, balki zaruratdan kelib chiqib, uchrashuv jadvalini qayta ko‘rib chiqish takliflari muhokama qilindi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya
#Konimex
#Ekoreyd
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Konimex tuman Kengashi tomonidan Birlik mahallasidagi Abay ko‘chasida navbatdagi ekoreyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida uyma-uy kirib, aholidan tushayotgan e’tirozlar, takliflar ham yozib olindi.
Kengash raisi aholiga chiqindilarni tasodifiy joylarga tashlamaslik, belgilangan vaqtda chiqarib qo‘yish, plastik va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan materiallarni alohida yig‘ish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Mahalla aholisi ham ekologik tozalikni saqlash borasida o‘z mas’uliyati borligini ta’kidlab, bu kabi tadbirlar muntazam tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.
Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati
👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/navoiyekopartiya