TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #301 · 1月26日

DN42 access 本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接 默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我 所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由 该服务由AS4242423377提供 - - - - - - - The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network. By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information. All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification. Hosted by AS4242423377. Policy 本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。 滥用行为包括但不限于: - 过度使用资源 - 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为 - 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容 - - - - - - - This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access. Abuse could include, but is not limited to: - Excessive use of resources - Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users - Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability PoP ## Toronto, Canada Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96 Zerotier: 4753cf475f65b0fb ## Los Angeles, USA coming soon #announcement#service

Results

找到 298 条相似帖子

搜索 #munosabat

当前筛选 #munosabat清除筛选
Samarkand & Самаркандцы (18+)

@samarkand100 · Post #225075 · 2026/04/21 13:38

Qoidabuzarga jazo muqarrar #Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi transport vositasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzganligi yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Transport boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Jumladan, qoidabuzarlik 99-sonli “1-son shahar shifoxonasi - “Bionur Medservis” klinikasi” shahar avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi, davlat raqami belgisi 30 065 BCA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi R.M. tomonidan sodir etilgan. Qoidabuzarlik yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi “Samarqand Hamkor Trans” MChJ rahbariyati tomonidan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, haydovchi R.M. tomonidan qoidabuzarlik holati takror qayd etilsa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi belgilab qo‘yildi. Batafsil samarqand.mintrans.uz saytida

Hashtags

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83440 · 2026/04/16 13:12

#MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda tumanimizning “Qatortol” mahallasidagi 41- va 32-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan yer maydonidagi daraxtlar kesilishi yuzasidan aholi noroziligi aks etgan xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi: ✅ Haqiqatan ham, mazkur 0,3741 ga yer maydoni auksion savdolari orqali tadbirkorga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) binosini qurish uchun berilgan. ⚠️ Ta’kidlash joizki, ayni paytda hududda qurilish ishlari boshlanmagan. 🌳 Mazkur maydondagi barcha ko‘p yillik daraxtlar Ekologiya bo‘limi tomonidan to‘liq ro‘yxatga olingan. 🚫 Tadbirkorga MTT binosini qurish jarayonida ushbu daraxtlarga mutlaqo zarar yetkazmaslik sharti yuklatilgan va bu bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan qat’iy tushuntirish ishlari olib borilgan. 🌳 Ekologik muhitni saqlab qolish va daraxtlar daxlsizligi masalasi mas’ullarning doimiy nazoratida bo‘lishini ma’lum qilamiz. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Hashtags

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82958 · 2026/04/08 12:45

#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarning birida Chilonzor tumani "Botirma" mahallasida o‘rab olingan hududda daraxtlar kesilishi ehtimoli borligi haqidagi xabar e’lon qilingan. Bu borada shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va elektron onlayn-auksion orqali ijara berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchaskalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2022 yil 14 fevraldagi 71-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 2022 yil 30 noyabrdagi 685-sonli qaroriga asosan 2025 yil 29 sentyabr kuni murojaatda ko‘rsatilgan "Botirma" mahallasi Botirma ko‘chasi 25- va 33-sonli uylar o‘rtasidagi 0,0363 ga yer auksion savdosiga chiqarilgan. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur 3,6 sotix yer uchastkasining daraxtlardan holi bo‘lgan 1,6 sotixiga bino qurilishiga ruxsat berilgan, qolgan qismidan daraxtlarni saqlash majburiyati bilan yashil hudud sifatida foydalanishga ruxsat etilgan. Ko‘rsatilgan manzil auksion savdo orqali 2025 yil 15 oktyabr kuni Ne’matov Murodjon Hamidullo o‘g‘li tomonidan sotib olingan. Ayni paytda ko‘rsatilgan hudud chegarasiga o‘rnatilgan o‘ralmalar olib tashlangan va qurilish ishlari boshlanmagan. Daraxtlar ham kesilmaganligini ma’lum qilamiz. 🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi

Hashtags

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82759 · 2026/04/05 14:53

#Munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan "Beshqo‘rg‘on" bozorida do‘kon yonayotganligi to‘g‘risida xabar tarqatildi. Xabarga koְ‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, hozirda yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Yongʻin soat 18:18 da oʻchirildi. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda. @Chilonzor_tumani_hokimligi

Hashtags

KATTAQO‘RG‘ON TUMAN HOKIMLIGI🏢

@kattakurgon_tuman · Post #38091 · 2026/02/09 17:07

#MUNOSABAT Kat­taqo‘rg‘on tumanidagi limonchilik kompleksi faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tanqidiy xabarlar bo‘yicha Ijtimoiy tarmoqlarda Kat­taqo‘rg‘on tumanidagi 50 gektarlik limonchilik kompleksining samarasiz faoliyati haqida bildirilgan tanqidiy fikrlar asossiz va bo‘rttirilgan holda yoritilgan. Mazkur issiqxona kompleksi 2020 yilda — butun dunyoda pandemiya va karantin cheklovlari hukm surgan murakkab davrda tashkil etilgan. Shunga qaramay, ajratilgan kredit mablag‘lari to‘liq maqsadli sarflangan. 2023 yildagi anomal sovuq tufayli yuzaga kelgan muammolar esa tuman hokimligi va ATB “Turonbank”ning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan bartaraf etilib, kompleks qisqa muddatda sog‘lomlashtirildi. Kompleksga davlat byudjeti hisobidan zarur infratuzilma — yo‘l, ichimlik va oqava suv tizimi, elektr ta’minoti hamda boshqa obyektlar barpo etilgan. Hokimlik va bank tomonidan tadbirkorlarning muammolari tizimli tarzda hal etilib, “uch tomonlama doimiy muloqot” mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ATB “Turonbank” tomonidan agronom biriktirilib, muntazam o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda. Bugungi kunda issiqxonalarining 70 foizi to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Qolgan 30 foizi esa mavsumiy faoliyat yuritadi yoki ayrim tadbirkorlarning shaxsiy imkoniyatlari sababli vaqtincha to‘xtab qolgan. Ushbu issiqxonalarni sog‘lomlashtirish va salohiyatli tadbirkorlarga berish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda va asosiy qismi faoliyatini tiklashga erishildi. Oyjоn mahallasi aholisi va tadbirkorlik subyektlaridan hokimlik yoki bankka yechilmagan muammoli masalalar yuzasidan birorta murojaat kelib tushmagan. Shu bois, ijtimoiy tarmoq faollaridan vaziyatni bo‘rttirmasdan, amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan ish o‘rinlarini xolisona baholashlarini so‘rab qolamiz.

Hashtags

Termiz tumani hokimligi

@termiztumanhokimligi · Post #35569 · 2026/01/26 05:43

#munosabat O‘zbekiston global tinchlik tashabbuslarida faol ishtirok etmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida o‘tgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi. Bu voqea mamlakatimiz tashqi siyosatida muhim va ramziy qadam sifatida e’tirof etilmoqda. Marosim AQSH Prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tib, unda qator davlatlar rahbarlari va tashqi siyosat idoralari vakillari ishtirok etdi. Bu esa Tinchlik kengashi tashabbusining xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. Tinchlik kengashi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tamoyillari — tinchlikparvarlik, ko‘p qirrali hamkorlik va muvozanatli yondashuvga to‘liq mos keladi. Davlatimiz rahbari ilgari surib kelayotgan "tinchlik orqali taraqqiyot" g‘oyasi mazkur xalqaro tuzilma faoliyatida o‘z ifodasini topmoqda. O‘zbekistonning ushbu kengash ta’sischilari qatoriga qo‘shilishi mamlakatimizning global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda faol, mas’uliyatli va ishonchli hamkor sifatidagi nufuzini yanada oshiradi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. X. Astanakulova Veb sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Hashtags

Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi

@millatlararoqumita · Post #30449 · 2025/12/15 08:51

🟦🟦 #Munosabat Tahlilnoma | Pokistonlik yozuvchining “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” nomli asari taqdimoti 📷Instagram|🌐YouTube|📱Facebook | 🌐Veb-sayt

Hashtags

#munosabat Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga tarixiy tashrifi O‘zbekiston Prezidenti Pokistondagi yetakchi universitetning faxriy doktori va professori bo‘ldi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov UZB RU Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Munosabat Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi taraddudi yuzasidan Shavkat Ayupov Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a'zosi munosabati 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

Hashtags

Jurnalistlar.uz

@jurnalistlari_uz · Post #25918 · 2026/01/13 13:31

#Munosabat 🇺🇿O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov rossiyalik telejurnalist Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyo va Armaniston davlati haqida bildirgan tajovuzkor fikrlariga munosabat bildirdi. Jurnalistlar bilan ishlovchi xalqaro tashkilotlarning soha vakillari uchun kasb etika kodekslari qabul qilingan. Ularda jurnalistning ijtimoiy mas’uliyati, madaniyati, inson huquqlari, xalqaro huquq normalariga hurmat, jurnalist hech bir xalq va elatning milliy, diniy yoki irqiy kamsitilishiga, zo‘ravonlik va bosqinchilikni targ‘ib qilishiga yo‘l qo‘ymasligi singari shartlar qat’iy belgilangan. Rossiyalik telejurnalist Vladimir Solovyov Markaziy Osiyodagi mustaqil mamlakatlar va Armaniston davlati haqida bildirgan tajovuzkor so‘zlari orqali xalqaro jurnalistlar tashkilotlari tomonidan qabul qilingan jurnalist kasb etika (butun dunyo jurnalistlarining axloq kodekslari asosini tashkil etadigan) kodekslari qoida va talablarini qo‘pol ravishda buzdi. Shuningdek, u yuzsizlarcha “xalqaro huquq va tartiblarga tupurib qo‘ygani”ni aytishdan tap tortmadi. Nima bo‘lganda ham insoniyat yuksak madaniyat, qonunlar, tartib-qoidalarga amal qilib yashaydi. Ularga amal qilinmadimi, undaylarning hayvondan farqi qolmaydi. ✅Bizni kuzatib boring 🚀Telegram🎬YouTube📷Instagram🔵Facebook

Hashtags

123•••10•••20•••2425
上一页第 1/25 页下一页