DN42 access
本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接
默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我
所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由
该服务由AS4242423377提供
- - - - - - -
The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network.
By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information.
All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification.
Hosted by AS4242423377.
Policy
本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。
滥用行为包括但不限于:
- 过度使用资源
- 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为
- 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容
- - - - - - -
This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access.
Abuse could include, but is not limited to:
- Excessive use of resources
- Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users
- Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability
PoP
## Toronto, Canada
Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96
Zerotier: 4753cf475f65b0fb
## Los Angeles, USA
coming soon
#announcement#service
#O‘rganish
O‘tkazilgan saf yig‘ilishidan so‘ng mas’ullar tumanda joylashgan sanoat korxonalarida o‘rganishlar o‘tkazdi.
O‘rganishlar jarayonida korxonalarda yong‘in xavfsizligi holatlariga e’tibor qaratib, korxonalar mutasaddilariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#O‘rganish
Xabar berganimizdek, tumanimizning "Fidokor" mahallasida "Obod mahalla" dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Albatta, mahalla ahliga har tomonlama qulay sharoit yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ushbu dastur ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar tuman hokimligining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Shuningdek, kuni kecha tuman hokimi o‘rinbosari K.Hamroyev ayni manzilda bo‘lib, mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar jarayonida aholi bilan muloqot qilinib, aholining mahalla infrastrukturasini rivojlantirish borasidagi takliflariga ham e’tibor qaratildi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#O‘rganish
Chilonzor tumani hokimi 4-sonli shahar Ichki ishlar bo‘limi binosining qurilishi jarayonlarini o‘rgandi
Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tuman hududida olib borilayotgan qurilish obyektlarida tizimli o‘rganishlar o‘tkazib, qurilish ishlarining sifatli olib borilishi va belgilangan muddatda yakuniga yetkazilishini o‘z nazoratiga olib kelmoqda.
Shuningdek, kuni kecha tuman hokimi va mas’ullar "Do‘mbirobod" mahallasi hududida qurilayotgan 4-sonli shahar Ichki ishlar bo‘limi binosining qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar jarayonida tuman hokimi va mas’ullar qurilish jarayonlarining sifatiga e’tibor qaratib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quruvchi tashkilot mas’ullariga kerakli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#O'rganish
Chilonzor tumanida naqd pulsiz hisob-kitoblar va “Eskrou” tizimi infratuzilmasi o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mamlakat iqtisodiy jarayonlari shaffofligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Chilonzor tumanida keng ko‘lamli monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Abdukadirov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan 2026-yil 1-apreldan boshlab respublika miqyosida kuchga kirgan yangi tartiblarga ko‘rilgan tayyorgarlik holati va yaratilgan texnik imkoniyatlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
AYOQShlar orqali neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektromobillarni quvvatlantirish xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liq naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi;
Alkogol va tamaki mahsulotlari chakana savdosida hisob-kitoblarni faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmi;
Qiymati 25 million so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar va xizmatlar, shuningdek, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisida naqd pulsiz hisob-kitoblar holati;
Notarial idoralar va bank tizimlari o‘rtasidagi elektron ma’lumot almashinuvi hamda mablag‘lar xavfsizligini ta’minlovchi “Eskrou” (Escrow) hisobvaraqlaridan foydalanish imkoniyatlari.
O‘rganishlar davomida fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan bir qatorda, tizimni joriy etishdagi ayrim texnik masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, M.Abdukadirov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#O‘rganish
Muqimiy ko‘chasida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi jarayonlari o‘rganildi
Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va tegishli mas’ullarning tuman hududida davom etayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlarini o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, tuman hokimi va mas’ullar bugun tumanimizning Muqimiy ko‘chasi bo‘ylab barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklarining qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar jarayonida tuman hokimi olib borilayotgan qurilish ishlarining sifatli va aholi uchun har tomonlama qulay bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi va bu borada tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
🔵 Сhilonzor_tumani_hokimligi
#O‘rganish
Chilonzor tumani hokimining tumandagi mahallalar hududidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, tuman hokimi va tegishli mas’ullar tumanning "Beshqo‘rg‘on" mahallasida hamda Bo'rijar kanali sohillarida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar jarayonida hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar muhokama qilindi.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#O’rganish
Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo’jayev va tegishli mas’ullar “Beshqo’rg’on” mahallasida qurilishi yakuniga etkazilayotgan davlatga qarashli MTT binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini ko’zdan kechirdi.
O’rganishlar jarayonida ishlarning sifatiga, binoning bolajonlar uchun har tomonlama qulay va xavfsiz bo’lisiga alohida e’tibor qaratildi.
🔵Сhilonzor_tumani_hokimligi
#O‘rganish
"Dilobod" mahallasi aholisining murojaati o‘rganildi va murojaatdagi muammo bartaraf etildi
Kuni kecha tumanimizdagi "Dilobod" mahallasi aholisidan mahalla hududida joylashgan EMU (Yevropa meditsina universiteti) talabalari tomonidan moshinalarni qo‘yishda va ta’lim muassasasi hududida baland musiqa qo‘yilishi kabi jihatlar aholining e’tiroziga sabab bo‘layotgani haqida murojaat kelib tushgan edi.
Tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev boshchiligida YHXB mas’ullari va boshqa tegishli mas’ullar ayni manzilga chiqib murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rgandi.
O‘rganishlar jarayonida avtoulovlarni qo‘yish uchun tartibli avtoulov qo‘yish joylari maxsus belgilar bilan ajratilib qo‘yildi va aholi yurishi uchun yo‘llar tartibga keltirildi. Universitet mas’ullariga musiqa ovozlarini me’yoridan baland qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
#O’rganish
Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo’jayev va tegishli mas’ullar Bo’zsuv kanalining tumanimiz hududidan o’tuvchi qismi sohillarida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlarini ko’zdan kechirdi.
O’rganishlar jarayonida qurilish ta’mirlash ishlarining sifatliga e’tibor qaratildi. Ushbu manzilda aholi uchun har tomonlama qulay sayilgoh bunyod etilishi lozimligi ta’kidlanib, quruvchi tashkilot mas’ullariga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
@Chilonzor_tuman_hokimligi
#O‘zbekiston zargarlik maktablari
🏅 “Xalkap sirg‘a” – quloq-bo‘yin bezagi. Qoraqalpog‘iston. XIX asrning oxirgi choragi.
Davlat Ermitaji. Sankt-Peterburg.
📸 Fasixitdin Gulyamovich Dadamuxamedov (zargar usta, O‘zbekiston xalq ustasi, professor) hamda Bobir Fasixitdinovich Dadamuxamedov (san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, zargar) arxiv fotosurati
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#O‘zbekistonZargarlikMaktablari 5-material
⚡️Buxoro zargarlari tilla bilan ishlashdan ko‘ra kumushni afzal ko‘rishgan.
📌Ayniqsa, kumushni yarim qimmatbaho toshlar, jumladan, dur, feruza, aqiq, la’l, yashma, asl yoqut, zumrad, sadaf va marjonlar bilan bezash ajoyib an’ana bo‘lgan.
📊Ustalar faqat kamdan-kam hollarda amir va uning yaqin kishilari uchun yasalgan buyumlargagina tilla va brilliantlar bilan ishlov berishgan. Murakkab naqshli va nihoyatda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bunday buyumlar Arkdagi xazinaxonada saqlangan.
📊Buxoro zargarlari qo‘llagan san’at usullari ham xilma-xildir. Chunonchi, ular o‘ymakorlik, cho‘kichlash, kandakorlik, haqqoqi, to‘rsimon-shabaka, bosma, qadama, qoraytirish (chern), minakori — emallash, hallash — ya’ni oltin suvi yugurtirish kabi usullardan keng foydalanganlar. Bu borada buxorolik zargarlar tengi yo‘q usta, yuksak mahoratli zargar darajasiga erishganlar.
🎖Buxoro zargarlik maktabiga xos sipo, ortiqcha unsurlardan xoli buyumlar — tumorlar, ziraklar, bilakuzuk-dastponalar, nozigardonlar, xafabandlar, tillaqoshlar, poncha, tof, mohi-tillalar va tilla noychalar yuksak mahorat namunasi sifatida har qanday kishini lol qoldiradi.
🏅Bunday buyumlar ayol zotiga atalgan o‘ziga xos madhiyadir. Ular ayollarning nafis boshlari, yorug‘ peshonalari, tiniq chakkalari, nozik burunlari, kichik quloqlari, qirq o‘rim qora sochlari, egilgan zulflari, oppoq bo‘yin va ko‘kraklari, hushbichim bel va yelkalari, sadafdek bilak va barmoqlarini bezash uchun yaratilgan.
➡️Muallif: Jumayeva Nargiza Qoryo g‘diyevna, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi “Sitorayi Mohi Xossa” amaliy bezak san’ati muzeyi katta ilmiy xodimi.
“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova hamkorlikda tayyorlandi.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#O‘zbekistonZargarlikMaktablari 4-material
⚡️ BUXORO ZARGARLIK MAKTABI – KO‘P ASRLIK AN’ANA VA BEBAHO MEROS
📌Buxoro hunarmandlari tomonidan yaratilgan noyob zargarlik buyumlari nafaqat mahalliy aholi, balki Buyuk Ipak yo‘li orqali G‘arb va Sharq mamlakatlarida ham katta qiziqish bilan xarid qilingan. Savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan Buxoroi Sharifning qadimiy markazida faoliyat ko‘rsatgan maxsus yopiq bozor — “Toqi zargaron” bu zaminda zargarlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi.
📊Buxorodagi zargarlik ustaxonalarida qimmatbaho metall va toshlardan turli xil zeb-ziynat buyumlari, ayollar taqinchoqlari, saroy anjomlari, uy-ro‘zg‘or va maishiy buyumlar yasalgan. Buxoro zargarlari oltinni quyoshning sehrli yog‘dusiga, kumushni esa maftunkor oy jamoliga qiyos etganlar
🏅Zargarlik to‘plami tarkibida saroy buyumlari, beshik qubbalari, Qur’oni Karim g‘ilofi, kumush chiroq va shamdonlar, sandiqchalar, ryumkalar, laganlar, kosalar, piyolalar, tabaqlar, qadahlar, oftoba, dastsho‘y hamda boshqa ko‘plab noyob ashyolar o‘rin olgan. Ular oltin suvi bilan bezatilgan, kandaqori va minokori uslubida emallangan, zumrad, feruza, yoqut va aqiq kabi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan.
🎖Ushbu bebaho asarlarning aksariyati Buxoroning so‘nggi hukmdorlari xazinasidan saqlanib qolgan nodir namunalardir. Bu esa Buxoro zargarlik maktabining ko‘p asrlik an’ana va yuksak mahoratga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
✅Buxoro zargarligi — milliy san’atimizning betakror durdonasi!
⚡️ Muallif: Jumayeva Nargiza Qoryog‘diyevna, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi “Sitorayi Mohi Xossa” amaliy bezak san’ati muzeyi katta ilmiy xodimi.
🧍♀️ Hamkorlikda tayyorlandi: Hunarmand uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.
✅Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash