DN42 access
本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接
默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我
所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由
该服务由AS4242423377提供
- - - - - - -
The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network.
By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information.
All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification.
Hosted by AS4242423377.
Policy
本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。
滥用行为包括但不限于:
- 过度使用资源
- 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为
- 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容
- - - - - - -
This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access.
Abuse could include, but is not limited to:
- Excessive use of resources
- Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users
- Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability
PoP
## Toronto, Canada
Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96
Zerotier: 4753cf475f65b0fb
## Los Angeles, USA
coming soon
#announcement#service
#Toshkent viloyati
📍 Abu Rayhon Beruniy nomidagi universitetda Navro‘z bayrami nishonlandi
🇺🇿 Universitetda o‘tkazilgan bayram tadbiri doirasida Toshkent tumani hunarmandlari ishtirokida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada qadimiy an’analarimiz va milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan turli xil qo‘l mehnati namunalar namoyish etildi.
📊Tadbir ishtirokchilari hunarmandlar tomonidan yaratilgan buyumlar bilan yaqin tanishish va ularning yaratilish jarayoni haqida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.
📊Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va birdamlik bayrami sifatida barchani birlashtirdi hamda milliy merosimizni asrab-avaylashning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
✅Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
#Toshkent shahar
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tasarrufidagi Olmazor tumanidagi 36-sonli maxsus maktabda,
➡️milliy hunarmandchilik yo‘nalishi — zargarlik hamda milliy etno taqinchoqlar tayyorlash yo‘nalishlari o‘quvchilarga o‘rgatilmoqda.
🤝 Bugungi kunda, iqtidorli o‘quvchilar o‘zlari yasagan milliy taqinchoqlarni turistik do‘kon — "HUMAN HOUSE"ga sotuvga chiqarildi.
📌Shuningdek, o‘quvchilar "Hunarmand" uyushmasi ko‘magida hunarmand Umida Nuriddinova bilan hamkorlikda zamonaviy va milliy zargarlik buyumlarini yasash bo‘yicha mahoratlarini oshirib, kasb o‘rganmoqdalar.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'lla
#Toshkent viloyat
📌 Bo‘stonliq tumanida tadbirkor va hunarmandlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
⚡️Bo‘stonliq tumani hokimligi, Respublika va viloyat ishchi guruhlari tomonidan tadbirkor va hunarmandlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq muloqot tadbirlarining tumanda o‘tkazilish grafik rejasi e’lon qilingan edi.
✅Mazkur grafik reja asosida “Dumaloq” MFY hududida joylashgan “Istiqlol” madaniyat markazida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
➡️Tadbirda Prezident Administratsiyasining mas’ul vakili, Respublika va viloyat ishchi guruhi mas’ullari, viloyat hokimining o‘rinbosari J.Babajanov, tuman hokimi J.Axmedov, tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Zokirov, Hunarmand Uyushmasi Toshkent viloyat boshqarma boshlig‘i E.Xujamiyarov, shuningdek viloyat va tuman tashkilotlarining mutasaddi rahbarlari hamda 100 dan ziyod tadbirkor va hunarmandlar ishtirok etdi.
📊Tadbir davomida tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va amaliy maslahatlar berish bo‘yicha samarali muloqot tashkil etildi.
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Toshkent shahri
Olmazor tumanidagi 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida hunarmandchilik darsi
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan Olmazor tumani 100-sonli Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilariga hunarmand Mavlyuda O‘razbayeva kulolchilik yo‘nalishi bo‘yicha bilim va tajribasini o‘rgatib bormoqda.
➡️Bolalar hozirgi kunda buyumlar yasash sirlarini qiziqish bilan o‘rganib, o‘z ko‘nikma va malakalarini shakllantirmoqda hamda dekorativ buyumlarini ko‘rgazmada namoyish etishga tayyorlamoqdalar.
✅ Ushbu loyiha bolalarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy moslashuvini kuchaytirish va kreativlikni oshirishga xizmat qiladi.
📌Tizimli yondashuv orqali o‘quvchilar mustaqil hayotga tayyorlanadi, kelajakda hunarmandchilik ustaxonalarida va mahalliy ishlab chiqarishda faoliyat olib borish imkoniyati yaratiladi.
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Toshkent shahri
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Hunarmandlar uyushmasi hamkorligida Olmazor tumanidagi 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan kar va zaif eshituvchi qizlar uchun kasbga yo‘naltirilgan muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
📊Loyiha doirasida tajribali hunarmand Fotima Bekjonova tomonidan “Milliy liboslar tikish” yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchi qizlar milliy liboslarning turli namunalarini tikish sir-asrorlarini o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
📊Ushbu tashabbus yoshlarning kelgusida mustaqil kasb egasi bo‘lib yetishishlari, o‘z iqtidor va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
📌Ayni paytda bunday loyihalar Toshkent shahridagi boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etilib, o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Toshkent shahar
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan Shayxontohur tumani 37-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun muhim kasbga yo‘naltirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
📌Mazkur loyiha doirasida hunarmand Vorisxon Xo‘jayev kulolchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z bilim va tajribasini o‘quvchilarga o‘rgatib kelmoqda. Muassasada kasbga yo‘naltirish amaliyoti ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda maktab, ota-onalar hamda jamiyat hamkorligi ta’minlanmoqda.
📊O‘quvchilar kulolchilik sirlarini katta qiziqish bilan o‘rganib, o‘z ko‘nikma va malakalarini shakllantirmoqda. Ayni paytda ular tomonidan tayyorlanayotgan dekorativ kulolchilik buyumlari ko‘rgazmalarda namoyish etish uchun tayyorlanmoqda.
➡️Ushbu loyiha bolalarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashiga hamda ijtimoiy moslashuvini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Tizimli yondashuv asosida o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, kelgusida hunarmandchilik ustaxonalarida hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritishlari uchun zarur poydevor yaratilmoqda.
Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
#Toshkent shahri
⚡️Sergeli tumanidagi 33-sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda o‘quvchilar uchun muhim kasbga yo‘naltirilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.
📌 Mazkur tashabbus doirasida tajribali hunarmand Nargiza Qarshiyeva tomonidan “Gipsdan estalik buyumlar yasash” yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
✅O‘quvchilar mashg‘ulotlar jarayonida gipsdan turli estalik buyumlar yasash sirlarini o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Bu esa ularning kelajakda mustaqil kasb egasi bo‘lib yetishishlari uchun muhim poydevor hisoblanadi.
➡️ Ayni paytda shunday loyihalar Toshkent shahridagi boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ham joriy etilib, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Toshkent viloyati
🌟 Anqarada o‘zbek hunarmandchiligi namoyishi!
⚡️6–15 fevral kunlari Turkiyaning Anqara shahrida o‘tayotgan “El Sanatları ve Hediyelik Eşya Fuarı” xalqaro festivalida Toshkent viloyatidan hunarmand Sultanova Shaxida Tuyanovna faol ishtirok etmoqda.
📌U kishi oddiy metallardan uslubda noyob taqinchoqlar yaratish bilan birga mahorat darslari ham olib bormoqda. Festival mehmonlari ayniqsa o‘zbekona bezak va naqshlar asosidagi taqinchoqlarga katta qiziqish bildirmoqda.
⚡️Festivalda 100 dan ortiq davlatlardan hunarmandlar ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, xalqaro maydonda o‘zbek hunarmandchiligiga alohida e’tibor qaratilmoqda va milliy san’atimiz munosib tarzda namoyon etilmoqda.
📊O‘zbek hunarmandchiligini dunyo sahnasida targ‘ib etayotgan Shaxida Tuyanovnaga omid va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Toshkent viloyat
Aмалий san’atni tiklash yo‘lida muhim qadam 🎨
⚡️“Hunarmand” uyushmasi Toshkent viloyat boshqarmasining 2026 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasiga muvofiq, amaliy san’atni asrash va rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirmoqda.
📊Shu munosabat bilan Toshkent viloyat “Hunarmand” uyushmasi rahbari E. Xujamiyarov Angren shahar tarixi muzeyiga tashrif buyurdi.
📊Tashrif davomida:
Viloyatdagi kulolchilik, kashtachilik, zargarlik va milliy liboslar kabi noyob va yo‘qolib borayotgan hunarmandlik yo‘nalishlari o‘rganildi;
📊Muzeydagi tarixiy eksponatlar asosida hunarmandlar bilan hamkorlikda san’at turlarini qayta tiklash va ularni zamonaviy shaklda rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi.
📊Bu tashrif milliy merosimizni asrash, an’anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish va yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.
Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
#Toshkent shahri
🇺🇿Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda “Hunarmand uyushmasi” bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
📍Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari yetakchi hunarmand Nilufar Mannopova rahbarligida milliy liboslar tikish hunarini o‘rganmoqdalar.
📊Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilar tayyor mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish va xorijga realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌Hunar — imkoniyat, hunar — kelajak!
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Toshkent shahri
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Toshkent shahrida joylashgan Uchtepa tumanidagi 199-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari "Hunarmand"lar uyushmasi ko‘magida O‘zbekistonning yetakchi hunarmandi —Tursunoy Li rahbarligida quroqchilik hunarini o'zlashtirmoqda.
✅ Bugungi kunda Tursunoy Lining mahsulotlari sayyohlar uchun mo‘ljallangan turli do‘konlarda muvaffaqiyatli sotilmoqda.
“Men alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning mening hunarimni o‘rganishga bo‘lgan katta salohiyati va intilishini ko‘ryapman. Yaqin vaqt ichida ushbu o‘quvchilar bilan birgalikda qo‘shma buyurtmalarni bajarishimizga chin dildan ishonaman”, — dedi Tursunoy Li.
📌 Bunday tashabbuslar Toshkent shahridagi boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarda ham amalga oshirilmoqda hamda o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish, ularning mahoratini rivojlantirish va hunarmandchilik merosini yosh avlodga yetkazishga xizmat qilmoqda.
✅Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash