TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #301 · 1月26日

DN42 access 本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接 默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我 所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由 该服务由AS4242423377提供 - - - - - - - The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network. By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information. All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification. Hosted by AS4242423377. Policy 本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。 滥用行为包括但不限于: - 过度使用资源 - 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为 - 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容 - - - - - - - This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access. Abuse could include, but is not limited to: - Excessive use of resources - Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users - Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability PoP ## Toronto, Canada Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96 Zerotier: 4753cf475f65b0fb ## Los Angeles, USA coming soon #announcement#service

Results

找到 313 条相似帖子

搜索 #uchrashuv

当前筛选 #uchrashuv清除筛选
OlympicUz

@OlympicUz · Post #42911 · 2026/02/14 16:18

Sport sohasiga xususiy sektorni jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi Sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, bu orqali zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov “Anglesey Food” masʼuliyati cheklangan jamiyatining kuzatuv kengashining raisi Zafar Xoshimov, “Click” kompaniyasi rahbariyatidan Akmal Mahmudov hamda O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi Bosh kotibi, Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Sattorov bilan mazkur masalalarni muhokama qildi. — Рассмотрены перспективы привлечения частного сектора в спортивную сферу В рамках встречи, направленной на активное вовлечение частного сектора в спортивную сферу и внедрение современных управленческих подходов, Генеральный секретарь НОК Узбекистана Ойбек Касимов провёл переговоры с председателем наблюдательного совета ООО «Anglesey Food» Зафаром Хошимовым, представителем руководства компании "Click" Акмалом Махмудовым, Генеральным секретарем Ассоциации корпоративного спорта, руководителем отдела Министерства спорта Шерзодом Сатторовым. #Uchrashuv 👉@OlympicUz olympic.uz I YouTube I Instagram I

Hashtags

OlympicUz

@OlympicUz · Post #41246 · 2025/11/10 15:14

MOQ rahbariyati hududlardagi qurilish va rekonstruksiya loyihalari bilan tanishdi Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bugun mamlakatimiz hududlarida infratuzilmani takomillashtirish hamda sport inshootlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Unda har bir loyiha boʻyicha joriy holat, qurilish ishlarining bosqichlari va kelgusidagi rejalar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Mutasaddilarga Olimpiya harakatini rivojlantirish va hududlar bilan ishlash departamenti direktori Jamol Yoʻldoshev amalga oshirilayotgan ishlar, ularning ahamiyati hamda hududlarda sport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil axborot berdi. Shuningdek, mazkur loyihalarning yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va mamlakatimizda sportchilarning yangi avlodini yetishtirishdagi oʻrni alohida taʼkidlab oʻtildi. #Uchrashuv 👉@OlympicUz olympic.uz I YouTube I Instagram I

Hashtags

FVMMTB - Rasmiy kanali

@farvmmtb · Post #31898 · 2026/04/02 11:03

#uchrashuv 💎YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT 🌐Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. 📍Shu munosabat bilan bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ishtirokida Quvasoy shahridagi umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilib, unda o‘quvchilarning ta’lim sifati, kasb tanlash jarayonidagi muhim omillar, kelajak rejalari hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. ➡️Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Xususan, oliy ta’limga kirish imkoniyatlari, zamonaviy kasblar, xorijiy tillarni o‘rganish, davlat tomonidan yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar yuzasidan berilgan savollarga soha rahbari tomonidan batafsil va ochiq javoblar berildi. ⬇️Ochiq muloqot samimiy va qizg‘in ruhda o‘tib, yoshlarning fikr va takliflari tinglandi. Ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi. ⌛Tadbir yakunida o‘quvchilarga kelgusidagi o‘qishlari va hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi hamda ularga o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlar sari qat’iyat bilan intilish zarurligi uqtirildi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Hashtags

#uchrashuv Rahbar va yoshlar uchrashuvi – ochiq muloqot maydoni Yangihayot tumanida tashkil etilgan uchrashuv rahbar va yosh tadbirkorlar oʻrtasidagi ochiq muloqot maydoniga aylandi. Tadbirda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi J. Mirpulatov tomonidan yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, tadbirkorlik faoliyati davomida duch kelayotgan bir qancha masalalar muhokama qilinib shu yerning oʻzida kerakli tavsiyalar berildi. Rahbar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni soliq sohasidagi huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish kelgusi faoliyati davomida muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi. Uchrashuv soʻngida yoshlarga “Erkin millat poydevori” nomli kitob va tashakkurnomalar taqdim etildi. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

Hashtags

#uchrashuv Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash - hammamizning umumiy vazifamiz! Xorazm viloyati soliq boshqarmasida fevral oyi prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi hamda xufiyona iqtisodiyotning oldini olish bilan birga korrupsion holatlarni bartaraf qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Sadullayev ishtirok qildi. Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, norasmiy xodimlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha aniq vazifalarning belgilab berilgani ta'kidlandi. Shuningdek, "mahallabay" ishlash tizimini kengaytirish va “korxonabay” ishlashda toʻlov intizomini mustahkamlash bo'yicha aniq tavsiyalar berildi. Qolaversa, xodimlarning dunyoqarashi, malakasi, Vatanga va xizmat burchiga sadoqati hamda shaxsiy masʼuliyatini oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads

Hashtags

#uchrashuv Bugun Toshkent shahar Yangihayot tumanida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari Ulugʻbek Sadullayev ishtirok etib, yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslarini bevosita tingladi. Yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads

Hashtags

#uchrashuv Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni va 2025-yil 12-avgustdagi PQ–247-son qarori ijrosi doirasida hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Soliq qo‘mitasi mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi a'zolari Sirdaryo viloyatidagi “Guliston” markaziy dehqon bozorida tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganishdi. Uchrashuv davomida naqdsiz hisob-kitoblarni yo‘lga qo’yish, YTTlarni “Paynet xolis” ilovasi orqali ro’yxatdan o’tkazish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Eng muhimi, 10 nafar YTT qonuniy ro’yxatdan o’tkazilib, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar ishtirokchilarga xalqchil va oddiy tarzda tushuntirildi. Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads

Hashtags

#uchrashuv 👍 Ayni damda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirgan korxonalar vakillari va Inspeksiya mutaxassislari ishtirokida sohada uchrayotgan soliqdan qochish holatlari va ularni oldini olish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. __________ 👍В данный момент в Межрегиональной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам с участием представителей предприятий, относящихся к категории крупных налогоплательщиков, осуществляющих деятельность в сфере строительства, и специалистов Инспекции проводится "круглый стол" на тему "случаи избежания налогообложения со стороны предприятий сферы и их предотвращение” Telegram | Facebook | YouTube | Twitter| Website

Hashtags

#uchrashuv 👍 Ayni damda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirgan korxonalar vakillari va Inspeksiya mutaxassislari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 246-son farmoniningmazmun-mohiyati mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. __________ 👍В данный момент в Межрегиональной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам с участием представителей предприятий, относящихся к категории крупных налогоплательщиков, осуществляющих деятельность в сфере торговли и услуг, и специалистов Инспекции проводится "круглый стол" на тему "Сущность и значение Указа Президента Республики Узбекистан No246 "О дополнительных мерах, направленных на популяризацию безналичных расчетов и сокращение доли теневой экономики." Telegram | Facebook | YouTube | Twitter| Website

Hashtags

#uchrashuv Soliq qonunchiligidagi yangiliklar haqidabatafsil tushuntirishlarberildi Sirdaryo viloyatida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi. Soliq qonunchiligidagi yangiliklar, 2026-yil uchun soliq stavkalari, imtiyozlar hamda naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish mexanizmlari atroflicha tushuntirildi. Ochiq muloqotda 100 nafardan ortiq tadbirkorning savollariga aniq va asosli javoblar berildi. Mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi. Oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar viloyat soliq boshqarmasining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Тelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads

Hashtags

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

@htoshgaz · Post #8670 · 2026/04/01 05:36

#uchrashuv “Eysasoft Holding Ltd” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati hamda “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi M. Xodjayev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida gaz taʼminoti sohasini modernizatsiya qilish doirasida avtomatlashtirish, raqamlashtirish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yoʻnalishda innovatsion yechimlarni samarali joriy etish hamda tarmoq boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlarini alohida qayd etdilar. Gaz yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida aqlli gaz hisoblagichlari hamda gaz tarmogʻi oʻlchash vositalaridan foydalangan holda milliy intellektual gaz hisobini yuritish infratuzilmasini (Advanced Metering Infrastructure — AMI) yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. “Esyasoft Holding Ltd” kompaniyasi mazkur loyihani moliyalashtirish yuzasidan ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan kompleks moliyaviy modellarni taqdim etdi. Taklif etilgan yondashuv loyihani yirik kapital xarajatlarisiz amalga oshirish mexanizmlari koʻrib chiqildi. Taqdimot jarayonida pilot loyihani ishga tushirishni jadallashtirish, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish mexanizmlari hamda texnik va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, loyihani Jamiyat faoliyatiga ijobiy taʼsirini taʼminlash maqsadida uni har tomonlama oʻrganish va amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Loyiha doirasida gaz taʼminoti tizimidagi yoʻqotishlarni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanishni taʼminlash hamda zamonaviy dasturiy taʼminot yechimlarini joriy etish orqali sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirish koʻzda tutilmoqda. Batafsil 💬Facebook | 👉Telegram | ▶️YouTube | 📷Instagram |📱X | 🌐hududgaz.uz

Hashtags

ÖZBEK KADIN HAKLARI DERNEĞİ

@ozbek_kadin_haklari · Post #3837 · 2026/03/12 11:32

#uchrashuv ⚡️ Bugun jamiyatimizga Turkiy Davlatlar Tashkiloti TCCI kengashi DLG a’zosi, AQSİA TR raisi, TAİB boshqaruv kengashi a’zosi, TurkAz Group va Ishbilarmon ayollar platformasi asoschisi Yegane Guliyeva tashrif buyurdi. 🤝 Tashrif davomida mehmon jamiyatimiz faoliyati bilan tanishib, Turk dunyosi doirasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. ✨ Uchrashuv yakunida bir qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi. ————————- ⚡️Bugün derneğimize, Türk Devletleri Teşkilatı (TDT) TCCI Konseyi DLG üyesi, AQSİA TR Başkanı, TAİB Yönetim Kurulu üyesi, TurkAz Group ve İş Kadınları Platformu kurucusu Yegane GULİYEVA ziyarette bulundu. 🤝 Ziyaret sırasında misafirimiz derneğimizin faaliyetleriyle yakından tanıştı ve Türk dünyası kapsamında gelecekte hayata geçirilmesi planlanan projeler hakkında görüş alışverişinde bulundu. ✨ Görüşme sonunda bir dizi ortak projeyi hayata geçirme konusunda anlaşmaya varıldı.

Hashtags

123•••10•••20•••2627
上一页第 1/27 页下一页