DN42 access
本服务为那些无法轻松访问自身网络的用户以及希望体验 dn42 但又不想承担维护自有网络成本的用户提供 dn42 连接
默认情况下,地址从/96地址块中分配,如果您希望租用独立的/96前缀或更大的地址空间,请按照联系方式联系我
所有公开的PoP均已屏蔽来自中国境内的 IP 地址。如果您确实需要dn42 access,请与我联系并提供合理的理由
该服务由AS4242423377提供
- - - - - - -
The service provides DN42 connectivity to members who cannot easily access their own networks, as well as to those who would like to explore DN42 without the overhead of maintaining their own network.
By default, addresses are allocated from a /96 block. If you wish to lease a dedicated /96 prefix or a larger address space, please contact me using the methods provided in the contact information.
All publicly accessible PoP are blocked for IPs originating from within China. DN42 access from within China is not publicly available. If you genuinely require access, please contact me and provide a valid justification.
Hosted by AS4242423377.
Policy
本服务需要花费时间和金钱才能运行,但为了您的利益,我们免费提供。使用本服务是一种特权,而非权利。您必须合理使用本服务,以确保其他用户也能继续享受同样的便利。任何滥用、误用或干扰服务或其他用户的行为都可能导致您的访问权限立即被暂停或终止。
滥用行为包括但不限于:
- 过度使用资源
- 黑客攻击、病毒、木马等,或任何其他可能损害服务或对服务及其用户造成风险的干扰行为
- 传播可能导致民事或刑事责任的不良内容
- - - - - - -
This service require real time and financial resources to operate, yet are provided free of charge for your benefit. Access to the services is a privilege, not a right. You must use the services responsibly and considerately to ensure that other users can continue to enjoy the same opportunities. Any misuse, abuse, or activities that disrupt the service or other users may result in immediate suspension or termination of access.
Abuse could include, but is not limited to:
- Excessive use of resources
- Hacking, viruses, trojans etc or any other disruption that could harm or create risk to the services or its users
- Distribution of objectional content that could create a civil or criminal liability
PoP
## Toronto, Canada
Prefix: fdb6:fc6a:e66c:724f:fad1:d2cf::/96
Zerotier: 4753cf475f65b0fb
## Los Angeles, USA
coming soon
#announcement#service
Yangi etalonlar ishga tushirilmoqda: aniqlik va ishonchlilik sari
🔵 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov davlat dasturi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)da joriy etilgan yangi etalonlar va ular uchun yaratilgan maxsus infratuzilma bilan tanishdi.
📈Shuningdek, ushbu etalonlar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida etalonlarni ishga tushirishda ishtirok etgan xorijiy ekspertlar bilan ham fikr almashildi.
✅Hozirda O‘zMMIda 39 ta etalon va birlamchi laboratoriyalari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Yaqinda ishga tushirilgan yangi : sath, gradus - tekis burchak birligi hamda namlik etalonlari mamlakatimizda aniq o‘lchashlar tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur etalonlar suv xo‘jaligi, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoatida qo‘llaniladigan uskunalar uchun metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlaydi.
🧾 Jarayon davomida direktor tomonidan:
✅yangi kalibrlash xizmatlarini joriy etish,
✅sanoatga aniq o‘lchashlarni uzatish tizimini yaratish,
✅xalqaro solishtirish loyihalarida faol ishtirok etish
✅hodimlar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.
#UzNIM#metrology#standards
🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat va din munosabatlari
↪️ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Surxondaryo hududiy filiallari xodimlari uchun “Davlat va din munosabatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
➡️ Tadbirda Imom Termiziy nomidagi Islom instituti rektori, falsafa fanlari bo‘yicha PhD doktori K.T.Islomov ishtirok etib, vijdon erkinligi va diniy sohadagi davlat siyosati haqida batafsil ma’lumot berdi.
➡️ Xususan, yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
➡️ Ma’ruzada fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik va dunyoviylikni ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, vatanparvarlik, halollik va oilaviy munosabatlarda ahillik mavzulari ham yoritildi.
↪️ Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
#UzNIM#Davlat_va_din#qonun#manaviy_marifiy_tadbir#hududiy_filallar
📱nim.uz📱Facebook📱Instagram📱Twitter📱Youtube
COOMET TK 1.3 “Elektr va magnetizm”ning 19-yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda
✅ Yangi O‘zbekiston tarixida ilk bor 2025-yil 7–9-oktabr kunlari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) tomonidan COOMETning TK 1.3 “Elektr va magnetizm” texnik qo‘mitasining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Mazkur xalqaro tadbirda COOMETga a’zo davlatlar — Belarus, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston Respublikasi, Armaniston, Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari shuningdek, texnik qo‘mita a’zolari ishtirok etmoqda.
✅ Tadbir onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan bo‘lib, unda COOMET kotibiyati hamda boshqa xalqaro metrologiya tashkilotlari vakillari ham qatnashmoqda.
✅ Yig‘ilishga TK 1.3 raisi, BelGIM instituti vakili Marina Yarmolovich raislik qilmoqda.
✅ Tadbir doirasida quyidagi masalalar muhokama etilmoqda:
🟤 COOMET qo‘mitasi va Prezident kengashi qarorlari hamda ularning ijrosi;
🔴 etalonlar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mitaning (OKÉ) 28–29-yig‘ilishlari yakunlari;
🟢 elektr kattaliklar sohasidagi xalqaro va mintaqaviy solishtirishlarning borishi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan taklif etilayotgan yangi solishtirish loyihalari;
🟡 COOMET P6/2023 dasturi doirasidagi “SI asosiy birliklarini qayta ta’riflash” bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi;
🩷 TK 1.3 faoliyatining 2024–2025-yillardagi natijalari va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar.
✅ Yig‘ilish davomida Rossiya, Belarus, Gruziya, Turkiya va O‘zbekiston milliy etalonlari ishtirokida o‘tkazilayotgan hamda rejalashtirilayotgan bir qator solishtirishlar — xususan, Jozefson effekti bo‘yicha kuchlanish etalonlari, Xoll effekti bo‘yicha qarshilik etalonlari, shuningdek, yuqori kuchlanish va katta tok o‘lchov tizimlari sohasidagi qiyoslamalar muhokama qilinmoqda.
✅ Shuningdek, CIPM MRA kelishuvi doirasidagi faoliyat, SMS (Calibration and Measurement Capabilities) bo‘yicha ekspertlar ro‘yxatini yangilash, CEEMS mamlakatlariga ko‘mak dasturlari va elektron o‘quv platformalarini yaratish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilmoqda.
✅ Yig‘ilish COOMETga a’zo mamlakatlar o‘rtasida elektr va magnet o‘lchashlar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qiyoslamalarni tashkil etish va ilmiy-amaliy tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
#UzNIM#COOMET#TK_1_3#electricity_and_magnetism
🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro metrik Konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi
2025 yil 27 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875 yil 20 may, 1907 yil 17 oktyabrdagi, 1913 yil 11 oktyabrdagi va 1921 yil 6 oktyabrdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonunni imzoladi. Mazkur huquqiy hujjat qabul qilinishi bilan O‘zbekiston rasman dunyodagi eng nufuzli metrologiya kelishuvi — 1875 yilda tuzilgan Xalqaro metrik Konvensiyaning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanishiga zamin yaratdi.
O‘zbekistonning mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi mamlakatimizdagi o‘lchovlar birligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida texnik to‘siqlarni kamaytirish va milliy sifat infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishda muhim qadam hisoblanadi.
Bu bizga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
• O‘zbekistonning xalqaro konsultativ qo‘mitalar (CIPM CCs) va BIPM laboratoriyalari faoliyatida to‘laqonli ishtirok etishi;
• milliy mutaxassislarning Byuro qoshida malaka oshirishi va stajirovkalarda ishtirok etishi;
• xalqaro savdo jarayonlarida texnik to‘siqlarni kamaytirish;
• milliy mahsulotlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish;
• investorlar va xalqaro tashkilotlar ishonchini kuchaytirish;
• eksport salohiyatini kengaytirish va sifati xalqaro tasdiqlangan o‘lchov natijalaridan foydalanish;
• O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
• CGPM yig‘ilishlarida ishtirok etish va ovoz berish huquqiga ega bo‘lish, CIPM saylovlariga nomzod ilgari surish imkoniyati.
Prezident tomonidan imzolangan ushbu Qonun mamlakatimizda aniq va ishonchli o‘lchash amaliyotini xalqaro mezonlarga mos holda rivojlantirish, metrologiya sohasidagi barqaror o‘sishni ta’minlash hamda O‘zbekistonning global hamjamiyatdagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
#Uzbekistan#UzNIM#BIPM#The_Metre_Convention#Metrology
🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston vakili xalqaro BIPM–TÜBİTAK UME dasturi doirasidagi seminarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi
✅ Yaqinda Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) hamda Turkiya Milliy Metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) hamkorligida amalga oshirilayotgan “BIPM – TÜBİTAK UME Project Placements” xalqaro dasturining 8-bosqichi doirasida gibrid shakldagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
✅ Mazkur dastur 2018-yildan buyon muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda va bugungi kunga qadar 43 mamlakatdan 77 nafar tadqiqotchini birlashtirgan. Dastur milliy metrologiya institutlarining ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda metrologiya sohasidagi mutaxassislar malakasini yuksaltirishga qaratilgan.
✅ Seminarda BIPMning Xalqaro aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi vakillari Anna Sipionka va Chingis Kuanbayev ishtirok etdilar. Tadbir davomida xalqaro metrologiya tizimi va o‘lchov institutlarining o‘zaro tan olinishi uchun asos bo‘luvchi CIPM o‘zaro tan olish kelishuvi (CIPM MRA) haqida batafsil ma’lumot berildi.
Dastur doirasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Kolumbiya, Malayziya, Misr, Norvegiya, O‘zbekiston, Ukraina va Vetnamdan jami 10 nafar mutaxassis ishtirok etdi.
✅ Seminarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filiali mutaxassisi Sh. Kadirov “Tibbiy metrologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ma’ruzasi bilan faol ishtirok etdi. Uning ishtiroki mamlakatimizning xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy metrologik infratuzilmani yanada takomillashtirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarini ifodaladi.
✅ Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish, metrologiya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama etish, shuningdek, yetakchi xalqaro laboratoriyalarda qo‘llanilayotgan ilg‘or uslub va amaliyotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
#UzNIM#BIPM#TUBITAK_UME#CBKT#hududiy_filiallar
🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Incheon mezbonligidagi APMP 41-yig‘ilishi: O‘zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda
🔄 O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari Osiyo–Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) Bosh Assambleyasining 41-yig‘ilishida, shuningdek Davlat metrologiya muassasalarining Yevro–Osiyo hamkorligi (COOMET) tashkiloti nomidan ishtirok etmoqda.
📍Nufuzli anjuman 2025 yil 21–28 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida, Koreya o‘lchovlar va ilmiy-tadqiqot instituti (Korea Research Institute of Standards and Science – KRISS) tomonidan tashkil etilmoqda.
✍️ Bu xalqaro tadbirda O'zbekiston milliy metrologiya instituti hodimlari metrologiyaning akustika, massa, elektr, uzunlik, harorat, sarf, fotometriya, kimyo, ionlantiruvchi nurlanish, vaqt va chastota yo‘nalishlari hamda sifat tizimi bo‘yicha texnik qo‘mitalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etdi.
✅Ushbu yig‘ilishda ishtirok etish orqali O‘zMMI mutaxassislari turli yo‘nalishlardagi eng so‘nggi yutuqlar, metodikalar va xalqaro talablar bilan tanishdilar va o'z yo'nalishlari bo'yicha taqdimotlar taqdim etdilar.
✅ Ma'lumot uchun: Hozirgi kunga kelib, O‘zMMI APMP doirasida BIPM bazasida ro‘yxatga olingan 3 ta (akustika va tebranish, uzunlik, hajm) solishtirish loyihalarida ishtirok etmoqda, shu bilan birga 2025 yil davomida NIM (China)da – 11 nafar NIMT (Tailand)da – 5 nafar KRISS (Koreya)da – 3 nafar mutaxassislar malakasi oshirildi.
🎖️ Tadbir doirasida KRISSning 50 yillik faoliyati, shuningdek, Metrik konvensiya qabul qilinganligining 150 yilligi ham tantanali ravishda nishonlanadi.
📈 Ushbu yirik xalqaro tadbirga qatnashish massa, ionlovchi nurlanish, elektr va magnetizm, bosim, uzunlik, fotometriya, vaqt va chastota o‘lchash yo‘nalishlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi solishtirish loyihalarda ishtirok etish imkonyatini beradi.
❗️ Mazkur anjumanda O‘zMMI vakillarining ishtiroki Germaniya Fizik-texnik instituti (PTB)ning “Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlanmoqda.
📰 Shuningdek, ta'kidlash joizki, APMP rasmiy veb-saytida O‘zMMI ning joriy yildagi faoliyati xalqaro jamoatchilikka “Highlights of Recent Activities at UzNIM” nomli maqola orqali taqdim etildi. (https://www.apmpweb.org/portal/article/index/cid/16/id/1336.html).
#UzNIM#APMP#KRISS#COOMET#Metrology#APMP_GA_2025
🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Avtomobil va vagon tarozilarining metrologiya tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘chma mobil laboratoriya ishga tushirildi
📍Respublikamizda eng dolzarb vazifalardan biri yirik sanoat tarmoqlari – neft-gaz, kimyo, metallurgiya, bojxona, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik korxonalarida foydalanilayotgan taxminan 500–700 ta katta avtomobil va vagon tarozilarining ishonchliligini hamda ushbu tarozilarda amalga oshiriladigan o‘lchash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlash hisoblanadi.
🔄Ushbu vazifani samarali bajarish maqsadida Agentlik huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mutaxassislari tomonidan amaliy-konstruktorlik loyiha doirasida FAW JK6 CA1250 yuk avtomobili negizida zamonaviy harakatlanuvchi (mobil) laboratoriya (platforma)si yaratildi.
🧾 Laboratoriya tarkibi:
✅ Nominal massasi 1 t bo‘lgan, M1 aniqlik klassidagi parallelepiped shaklli tarozi toshlari – 30 dona.
🧾Kran-manipulyatorning yuk ko‘tarish qobiliyati:
✅1,5 t (qulochi 10,5 m gacha) dan
✅7 t (qulochi 2 m gacha) oralig‘ida.
✅Umumiy yuk ko‘tarish og‘irligi – 32 t
✅Tirkamaning yuk ko‘tarish og‘irligi – 18 t
✅ Mobil laboratoriya avtomobil va vagon tarozilarini OIML R 76 xalqaro tavsiyasiga muvofiq metrologiya tekshiruvidan o‘tkazishga imkon beradi, shuningdek, sanoat majmualaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni ta’minlaydi, bu esa vaqt va resurslarni tejash imkonini yaratadi.
❗️ Mobil laboratoriyaning eng katta afzalliklaridan biri — uning respublikaning barcha hududlarida xizmat ko‘rsatish imkoniyatidir. Bu esa qishloq xo‘jaligi, sanoat va logistika sohalarida foydalaniladigan avtomobil va vagon tarozilarining metrologiya xizmatlari bilan qamrab olish darajasini sezilarli oshiradi.
🟠 Ushbu mobil laboratoriya joriy yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi (Rosstandart) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv doirasida foydalanishga topshirildi.
#UzNIM#Metrology#OIML#Rosstandart#Uzbekistan_Russia#mobile_laboratory
🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube