TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 4 条相似帖子

搜索 #alberuniymaktabi

当前筛选 #alberuniymaktabi清除筛选
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati

@alberuniyuzb · Post #103 · 2025/09/02 10:04

📚🔔 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida yangi o‘quv yili boshlandi! Bugun maktabimizda ilk qo‘ng‘iroq yangradi. O‘quvchilarimiz yangi bilimlar sari ilk qadamlarini tashladilar. Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Direktori S.Shakirova ochib berdi. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati o‘quvchilariga yangi o‘quv yilida ulkan yutuqlar tilaymiz! @alberuniyuzb #AlBeruniyMaktabi#BirinchiQo‘ng‘iroq #YangiO‘quvYili

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati

@alberuniyuzb · Post #100 · 2025/09/01 03:13

Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ bayrami! Bugun biz 34 yil oldin qo‘lga kiritilgan eng buyuk ne’mat – Ozod va Mustaqil O‘zbekistonning tantanasini nishonlamoqdamiz. Bu yillar davomida yurtimiz ulkan marralarni zabt etdi, eng muhimi – kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlar kengaydi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun har bir o‘quvchi uchun yangi ufqlarni ochmoqda. Shu islohotlarning yorqin ifodasi sifatida bizning Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab internati ham bu yil o‘z faoliyatini boshladi. Maktab o'quvchilarining ko‘zida Vatanimizga sadoqat, ilmga chanqoqlik va buyuk orzularni ko‘raman. Biz ishonamiz: ertangi kunning buyuk olimlari, rahbarlari, yangilik yaratuvchi yosh avlod mana shu ta’lim dargohlaridan yetishib chiqadi. 🇺🇿 Mustaqillik barchamizga shodlik, kuch va ertangi kunimizga ishonch bag‘ishlasin! @alberuniyuzb #Mustaqillik34#YangiO‘zbekiston #AlBeruniyMaktabi#KelajakUchun

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati

@alberuniyuzb · Post #51 · 2025/07/20 15:23

📢 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati haqida 📚 Maktabda o‘qish: 🔹To‘liq ingliz tilida; 🔹IB (International baccalaureate) dasturi asosida; 🔹9-sinfdan imtihon bilan qabul qilinadi; 🔹Bitirgach — davlat shahodatnomasi + IB diplomi. 🌍 IB diplomi bilan TOP-10 universitetlarga kirishda katta ustunlikka ega bo‘lasiz. 🌐Foundation yilini o'qishingiz shart bo'lmaydi va bakalavriatni 3 yilda tamomlaysiz. 🎓 Agar bitiruvchi TOP-10 universitetga 50% grant bilan qabul qilinsa, qolgan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi. 📍 Kelajak shu yerdan boshlanadi! 📲 Bizni kuzatib boring! @alberuniyuzb #AlBeruniyMaktabi#IBDiploma#XalqaroTaʼlim#TOP10Universitetlar

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati

@alberuniyuzb · Post #52 · 2025/07/21 12:11

📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI! 📅 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi. 📌 Natijalar bilan shu yerdatanishishingiz mumkin. ✅ 1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzodlar 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi. 🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi. 🧠 Haqiqiy bilim — insonni yuksaklik sari yetaklaydi. Siz ilk bosqichni bosib o‘tdingiz — bu sizda kuch, iqtidor va salohiyat borligidan dalolat beradi! 💬 Hurmatli ishtirokchilar! Agar bu galgi imtihondan o‘taolmagan bo‘lsangiz, yo‘l hali tugamadi, balki yangi yo'lning boshlanishidir. Harakat qilishdan to‘xtamang! 📍 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati — intellektual taraqqiyot va yuksak orzular sari yo‘l boshlovchi maskandir! @alberuniyuzb #AlBeruniyMaktabi#ImtihonNatijalari#Qabul2025#KelajakSari#IlmYo‘li