@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #81141 · 2026/03/06 12:11
#AyollarEhtiromi #YangiO‘zbekiston #E’tirof #TumanFaxri #Mo‘tabarAyollar #8Mart #AyollarBayrami Tumanimiz ayollaridan 4 nafari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi🌸 Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda nufuzini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida ibrat bo‘lib kelayotgan ko‘plab ayollarimiz Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Quvonarlisi, tumanimizdan ham 4 nafar faol ayol ana shunday yuksak mukofotlarga loyiq ko‘rildi: 🔹“Gavhar” mahallasi “Oqila ayollar” harakati rahbari Muattar Hamrayeva — “Do‘stlik” ordeni bilan; 🔹 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Muxamedova Barno Farxadovna — II darajali “Salomatlik” ordeni bilan; 🔹 Toshkent shahridagi “Iffatli kelin” o‘quv markazi ta’sischisi Karimova Barno Patxullayevna — II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan; 🔹 Chilonzor tumanidagi 39-sonli oilaviy poliklinika rahbari Dildora Mamatxonova — “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Davlat mukofoti sovrindorlarini tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev ham yuksak e’tirof bilan qutlab, ularga "Tashakkurnoma"lar topshirdi. Yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lgan tumanimiz vakillarini tuman hokimligi nomidan samimiy tabriklaymiz. Ularning kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!👏👏👏👏👏 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi