TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 2 条相似帖子

搜索 #bahodirjalolov

当前筛选 #bahodirjalolov清除筛选
Milliy kino san'ati saroyi | Rasmiy

@milliy_kino_sanati_saroyi · Post #10106 · 2026/04/04 04:33

#Premyera#BahodirJalolov#Motivatsiya#Ilhom 📣 Kecha O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo’lib o’tgan “Yengilmas: Tokioga yo’l” badiiy filmining tantanali premyerasidan fotolavhalar 🔂Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati Web-site|Telegram| Instagram|Facebook

Milliy kino san'ati saroyi | Rasmiy

@milliy_kino_sanati_saroyi · Post #10096 · 2026/04/04 04:32

#Premyera#BahodirJalolov#Motivatsiya#Ilhom 📣“YENGILMAS: TOKIOGA YO‘L” — YILNING ENG SHOV-SHUVLI PREMYERASI BO‘LIB O‘TDI! ✨Ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolovning zafarli hayot yo‘li ilk bor katta ekranda! 🎬 Kecha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘zbek sporti tarixida oltin harflar bilan yozilgan nom — Bahodir Jalolov hayoti va uning buyuk g‘alabalarga to‘la yo‘liga bag‘ishlangan “Yengilmas: Tokioga yo‘l” badiiy filmining tantanali premyerasi bo‘lib o‘tdi. ✨ Tadbir yuqori saviyada, katta shukuh va keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi rahbari Shuhrat Rizayev, taniqli kino va sport arboblari, OAV vakillari, muxlislar hamda film qahramoni — ikki karra jahon chempioni va ko‘p karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov oila a’zolari bilan birga ishtirok etdi. 🏛 Shuningdek, premyera mehmonlari tadbir doirasida O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kinematografiya tarixiga oid noyob eksponatlar va boy meros bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. 🎥 Film — bu oddiy sport hikoyasi emas. Bu: — mashaqqatli mehnat, — sinovlarga to‘la yo‘l, — bukilmas iroda va qat’iyat, — hamda buyuk orzular sari tinimsiz harakat haqidagi ilhomlantiruvchi asardir. ⚡️ Kartinada chempionning hayotidagi burilish nuqtalari, ring ortidagi kurashlari va insoniy fazilatlari chuqur badiiy talqin orqali yoritilgan. Har bir kadr —motivatsiya, har bir sahna — g‘urur! ⭐️ “Yengilmas: Tokioga yo‘l” — bu nafaqat sport muxlislari, balki katta maqsad sari intilayotgan har bir inson uchun kuchli ilhom manbai bo‘ladigan film! 🔂Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati Web-site|Telegram| Instagram|Facebook