TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #barkamolavlod

当前筛选 #barkamolavlod清除筛选
Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #82294 · 2026/03/28 08:04

#Chilonzor #YoshlarKuni #BarkamolAvlod #Sport #Hunar #YoshlarKelajagi Rahbarlar “Barkamol avlod” markazida yoshlar faoliyati bilan tanishdi Chilonzor tumanida ushbu hafta Payshanba – Yoshlar kuni doirasida samarali tadbirlar tashkil etildi. Shu munosabat bilan tuman prokurori, tuman IIOFMB boshlig‘i hamda tuman hokimi o‘rinbosari M. Kamilovlar tumandagi “Barkamol avlod” markaziga tashrif buyurib, bu yerda faoliyat olib borayotgan fan, san’at va sport yo‘nalishidagi to‘garaklar ishi bilan yaqindan tanishdi. Ayni paytda o‘quvchilarning bahorgi ta’til kunlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Markazda turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarda yuzlab o‘quvchilar ta’tilni samarali o‘tkazib, bilim olish, hunar o‘rganish hamda sportdagi mahoratini oshirmoqda. Mas’ullar mashg‘ulotlarda qatnashayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning erishgan yutuqlari bilan tanishdi. Ochiq muloqotlar davomida yoshlarning taklif va muammolari o‘rganilib, ayrim masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 🔵Сhilonzor_tumani_hokimligi