@senat_markazi · Post #585 · 2024/06/01 05:48
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Bugun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ushbu bayram barchamizga oilalarimiz, davlatimiz gʼururi va iftixori - farzandlarimiz ekanligini eslatib turadi. Hammamizga ayonki, zamonaviy bilimga ega, ma’naviyatli, oʼz qadrini anglagan insonlar yashaydigan davlat boshqa mamlakatlar bilan raqobatdosh boʼla oladi. Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash - mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining oʼzgarmas tarkibiy qismidir. Lekin davlatimiz tomonidan koʼrsatilayotgan har qanday yordam va qoʼllovdan ham koʼra, har bir bola haqiqiy mehrni oilada, oʼz yaqin insonlaridan oladi. Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarimiz, ularni bagʼriga olgan fidoyi insonlar bilan oʼtkazgan suhbatimiz buning yorqin isbotini koʼrsatdi. Аzizlar! Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklab, farzandlarimizga barkamollik va baxt-saodat tilayman! #bolalarkuni @tanzilanarbaeva
Hashtags