@gsbe_uz · Post #2409 · 2025/05/19 12:30
🗣Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! 💬 Sizlarni, "Biznes-analitika va raqamli transformatsiya: Zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar" mavzusida navbatdagi seminar-treningga taklif etamiz. Dasturimiz mehmon ma'ruzachisi - MAAB INNOVATION rahbari Sherzod Ibragimov. 🤔Seminar-treningda ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: ☑️ Biznes-analitika vositalaridan foydalanish va raqamli transformatsiya jarayonlarini boshqarish uslublari bilan tanishish; ☑️ Raqamli iqtisodiyotda samarali qaror qabul qilish uchun ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish texnikalarini o‘rganish; ☑️Zamonaviy BI tizimlari va ularning biznes jarayonlariga ta'sirini amaliy misollar asosida ko‘rib chiqish; ☑️ MAAB INNOVATION kompaniyasining muvaffaqiyatli loyihalaridan ilhom olish va o‘z biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bilimlarni egallash; ☑️ Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va innovatsion yondashuvlar haqida qimmatli maslahatlar olish. 🏅Sherzod Ibragimov - IT va iqtisodiyot sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. 2023-yilda IT xizmatlari eksportini rivojlantirishdagi hissasi uchun "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 🗓Sana: 20-may, 2025-yil ⏰Vaqti: 14:00 📍Manzil: Biznes va Tadbirkorlik Oliy Maktabi (501-xona) 🔗Joylashuv:Biznes va Tadbirkorlik Oliy Maktabi #GSBE#GraduateSchool#Masterclass#BusinessAnalysis 📝Seminarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube