TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 132 条相似帖子

搜索 #deputat

当前筛选 #deputat清除筛选
O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #13146 · 2025/09/26 11:28

#uzlidep #deputat “Piskent tumanida tibbiyot tizimidagi islohotlar samarasi o‘rganildi 😎Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ViktorPak Piskent tumanida amalga oshirilayotgan ishlar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat tuman Tibbiyot birlashmasi faoliyati, xususan, “Yuqimli kasalliklar bo‘limi”da yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishdi. 🔍Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu qarorga muvofiq, respublikaning bir qator tuman va shaharlarida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli tajriba-sinov tariqasida joriy etilmoqda. 🔍Deputat bilan ochiq muloqot jarayonida tibbiyot muassasalarida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda xodimlarning malakasi va mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. 🔍Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi bo‘limlarda kadrlar ta’minoti, zamonaviy tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, raqamlash jarayonlari va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. 🔍Tashrif davomida bemorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, qulay kutish zallari, shifoxona xonalaridagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi hamda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining holati ko‘zdan kechirildi. 🔍Deputat V.N. Pak islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ish yuritish va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan tizimni yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi doirasida qisqa muddatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar soha samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi. 🔵FACEBOOK |🎬YOUTUBE | 🚀TELEGRAM | 📷INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #13139 · 2025/09/26 11:05

#uzlidep #deputat “DEPUTATPISKENTDA XALQ VAKILLARI BILAN MULOQOTDA BO'LDI 😎Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak o‘zi saylangan hududlardan biri bo‘lgan Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashida ham bo‘lib, bu yerda deputatlar bilan uchrashdi. 🔍Xalq vakillari bilan ochiq muloqotda bo‘lgan deputat Viktor Pak so‘nggi yillarda mahalliy Kengashlar faoliyati sezilarli darajada faollashibgina qolmasdan, ularning mamlakatimiz va hududlar duch kelayotgan muammolarni ijobiy hal qilishdagi o‘rni va roli ham tobora ortib borayotganini ta’kidladi. 🔍Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar ham mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy “ovoziga” aylantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruv ham “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilayotganini qayd etdi. 🔍Hozirgi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon deputatlar, mahalliy kengashlar oldiga jiddiy vazifalar qo‘yib, o‘zgacha yondashuvli yechimlar kutayotganiga urg‘u berarkan, bir paytlar mahalliy hokimliklar manfaatiga xizmat qilishga majbur bo‘lgan deputat bugun chinakam ma’nodagi xalq vakili, xalq “ovozi” sifatida o‘zini namoyon eta boshlaganini e’tirof etdi. 🔍Deputat o‘zining ijobiy siyosiy imidjini yaratishi, jamiyat manfaatlariga bevosita daxldor masalalarni hal etishi, xalq “ovozi”ga aylanishi uchun zaruriy sharoit va muhit yaratilganiga e’tibor qaratdi. 🔍Mana shunday sharoitlarda faoliyat olib boradigan xalq vakili o‘zining keskir so‘ziga, qat’iy pozitsiyasiga ega bo‘lishi lozimligini uqtirdi. 🔍Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning sifat samaradorligini oshirish yuzasidan o‘zining uslubiy tavsiyalarini ham berdi. 🔍O‘zaro ochiq konstruktiv muloqot asnosida qonunchilikdagi yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar mazmun-mohiyati muhokama qilinib, bu borada qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi. 🔵FACEBOOK |🎬YOUTUBE | 🚀TELEGRAM | 📷INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #13097 · 2025/08/29 06:22

#uzlidep #deputat 📔OQQO‘RG‘ONDA PARTIYA DEPUTATI KO‘MAGIDA YANGI RAQAMLI MAKTAB QURILADI 😎 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak saylovchilarning murojaatlariga ijobiy yechim topish, xalq farovonligini yanada oshirish yo‘lida kamarbasta bo‘lib kelmoqda. 🔍Tashabbuskor va jonkuyar deputat bu gal Oqqo‘rg‘on tumanining olis manzillaridan biri bo‘lgan “Xalqobod” MFYda istiqomat qiluvchi saylovchilarining muammolariga quloq tutdi. 🔍Bu yerdagi aholining farzandlari sifatili ta’lim olishlari uchun zarur bo‘lgan umumta’lim maktabini yangidan barpo etishga ko‘maklashish uchun astoydil bel bog‘ladi. 🔍Yurtimiz bo‘ylab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida nishonlanayotgan Mustaqillik bayrami arafasida deputatning izlanishlari samarasi bo‘lgan 240 o‘rinli zamonaviy raqamli maktabning qurilish ishlariga start berildi. 🔵FACEBOOK |🎬YOUTUBE | 🚀TELEGRAM | 📷INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #13087 · 2025/08/29 06:11

#uzlidep #deputat 📔OOQQO‘RG‘ONDA PARTIYA DEPUTATI KO‘MAGIDA YANGI RAQAMLI MAKTAB QURILADIGAN BO‘LDI 😎 Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida jamoatchilikning fikri, fuqarolarning hayotiy muammolari va ehtiyojlarini tinglash, ularni samarali yechimga yo‘naltirish muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlarining faol ishtiroki va tashabbuslari alohida ahamiyat kasb etmoqda. 😎Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak ham o‘zi saylangan hudud saylovchilari bilan doimiy muloqot va yaqin aloqalarni samarali yo‘lga qo‘ygan. 😎 Deputat Viktor Pak joriy yilning aprel oyida o‘zi saylangan hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishish maqsadida amalga oshirgan uchrashuvlari asnosida saylovchilar tumanning olis manzillaridan birida joylashgan “Xalqobod” MFYdagi 24-maktabning ta’mirtalab holda ekanini bildirib, maktab binosini qayta qurishda xalq vakilidan ko‘mak so‘rab murojaat qilishgandi. 🔍1985 yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilar qurilgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosining yaroqsizligi va moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob bermasligi jiddiy muammoga aylangan bir pallada deputat ularning murojaatlariga quloq tutdi. 🔍Masalaning ijobiy yechimlarini izlashga kirishgan deputat mazkur muammoni yechish maqsadida tashabbus ko‘rsatib, Janubiy Koreyaning “Good Neighbours International” xalqaro yordam fondi menejeri Park Minchol bilan muzokaralar olib bordi. 🔍Iyun oyida o‘z samarasini ko‘rsatgan mazkur muzokaralar ijobiy natija berib, 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun 240 o‘rinli yangi, zamonaviy o‘quv binosi qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Homiylar bilan hamkorlikda maktabning amaldagi holati o‘rganildi. Maktab binosi uchun qulay va zamonaviy loyihalar ustida ishlandi. 🔍Xalq vakili tashabbusi bilan bu yerda zamonaviy maktab binosini qurish ishlariga “Good Neighbours International” xalqaro yordam fondi, "SHARQ AYOLI" Xalqaro ayollar jamoat fondi jalb qilindi. 🔍O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yillik bayrami arafasida mazkur fondlar ko‘magida barpo etilishi ko‘zda tutilgan zamonaviy raqamli maktabning tamal toshi o‘rnatildi. ⚡️BATAFSIL ⚡️ 🔵FACEBOOK |🎬YOUTUBE | 🚀TELEGRAM | 📷INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12955 · 2025/07/29 11:25

#uzlidep #deputat Deputat va saylovchi o‘rtasidagi muloqot – xalq va hokimiyat o‘rtasidagi ko‘prik 😎Saylovchilar bilan uchrashuvlar, avvalo, mahallada, tumanda yoki shaharda mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni keng muhokama qilish va amaliy yechimlarni belgilash imkonini beradi. 📌 Deputat tomonidan berilgan hisobotlar fuqarolarni amalga oshirilgan ishlardan xabardor qilish barobarida, ularning fikrini eshitish, yangi taklif va tashabbuslarni qabul qilish uchun zamin yaratadi. 🔍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Fayziyev To‘lqinjon Obidovich ham shu maqsadda Zangiota tumanidagi 31-saylov okrugi mahallalari faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Deputat To‘lqinjon Fayziyev ta’kidlaganidek, bunday uchrashuvlar fuqarolar ehtiyojlarini o‘rganish, joylardagi muammolarni yechimga yo‘naltirish, davlat va xalq o‘rtasida ishonch ko‘prigi qurishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ochiq muloqot “Tashabbus – fuqarolardan, amalga oshirish – deputat va mutasaddilardan”, - deya yakunlandi. 🔍🔍🔍BATAFSIL 🖥FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12812 · 2025/06/13 11:15

#uzlidep #deputat Angrenda deputat amaliy ishlar bilan mashg'ul ! Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi partiya deputati Mirzoferuz Nigmatov va mahalla yettiligi hamkorligida 2-Bog‘ okrugi "Obliq" MFYdagi Qir va Buloqboshi ko‘chalarida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugun mahalla ahli hayotida quvonchli va muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xalq vakili boshchiligida jipslashgan mahalla "Tashabbusli budjet" (Open budget) loyihasida eng ko‘p ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Unga binoan bugungi kunda mahalla yo‘llari kengaytirilib, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlari yaratilmoqda. Shuningdek, oqar suv muammosini bartaraf etish maqsadida ariqlar o‘rnatilib, suv oqimining tartibga solinishi ham sifatli yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ishlar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududda toza va sog‘lom muhit yaratish, aholining kundalik turmush sharoitlarini yengillashtirishga xizmat qilmoqda. Mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bu kabi bunyodkorlik ishlari uchun deputat va barcha fidokor mehnatkashlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirgan holda, kelgusida ham mahallalar yanada obod va farovon bo‘lishiga tilakdosh bo‘lishmoqda. FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12775 · 2025/05/31 18:17

#uzlidep #deputat To‘ylarimiz qanday bo‘lishi kerak: Dabdabali yoki Ixcham? Bo‘stonliqda mazkur masala muhokamada! 😎 O‘zLiDeP Bo‘stonliq tuman Kengashi "Boyterak" MFY aholisi bilan ochiq muloqotda to‘y-hashamlardagi ortiqcha sarf-xarajatlar va dabdababozlik masalasini ko‘tardi. Maqsad – kamtarlikni targ‘ib qilish va marosimlarni isrofgarchiliksiz o‘tkazish. ▶️ O‘zLiDeP Bo‘stonliq tuman Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda muhim mavzulardan biri – to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish, ortiqcha hashamat va dabdababozlikka chek qo‘yish masalasi bo‘ldi. Aholi o‘rtasida oddiylik va kamtarlikni targ‘ib qilish, turli ijtimoiy-madaniy tadbirlarni isrofgarchiliksiz, maqsadga muvofiq tashkil etish haqida so’z bordi. 😎 O‘zLiDeP Bo‘stonliq tuman Kengashi apparat rahbari Maxkamboy Fattaxov o’z nutqida mamlakatimizda oilaviy marosimlar tartibiga oid qabul qilingan qaror va tavsiyalar mazmunini yoritib, bu boradagi amaliy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirar ekan, yoshlar tarbiyasida ham namuna bo‘lish muhimligini ta’kidladi. 😎 Shuningdek, uchrashuvda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashidagi partiya deputati Abdusalik Kulbayevning aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti ham tinglandi. FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12708 · 2025/05/29 17:15

#uzlidep #deputat Bolalar – kelajagimiz poydevori, ertangi kunimiz davomchilari! 😎 Har yili 1-iyun kuni "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" dunyo mamlakatlari singari yurtimizda ham keng nishonlanadi. Bolajonlarning bayrami munosabati bilan ularning huquqlarini himoya qilish, kelajagiga e’tibor qaratish, g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. ▶️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya deputatlari ham o‘zlarining saylov okruglarida tashkil etayotgan uchrashuvlari mobaynida sana munosabati bilan bolalar uchun turli xil bayram tadbirlari, konsertlar, ko‘rgazmalar va xayriya aksiyalari tashkil etishmoqda. ▶️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilrmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, deputat Viktor Pak tashabbusi bilan Quyi Chirchiq tumanidagi 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan xayriya tadbirining asosiy maqsadi ham ehtiyojmand oilalar farzandlariga, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularning bayram kayfiyatini ko‘tarish, ko‘ngillariga quvonch ulashishdan iborat bo‘ldi. 👉BATAFSIL 🖥FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12707 · 2025/05/27 20:16

#uzlidep #deputat 😎 O‘tgan 2024 yilda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar yurtimiz aholisi hayotidagi muhim voqeliklardan biri bo‘ldi. Saylovlarda xalq farovonligi yo‘lida ezgu maqsadli vazifalarni ro‘yobga chiqarishni o‘z zimmasiga olgan xalq vakillarigina muvaffaqiyatga erishdi, deyish mumkin. 😎 Xo‘sh, saylovda aholining katta ishonchini qozonib, xalq vakili bo‘lishdek yuksak maqomga ega bo‘lgan deputatlar bergan va’dalarini nechog‘lik bajarishyapti? ▶️ Angren shahridan tayyorlangan navbatdagi lavhada Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati Mirzoferuz Nigmatov faoliyatiga nazar tashlab, mazkur savolga javob topasiz. 🖥FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12704 · 2025/05/27 15:01

#uzlidep #deputat O‘zLiDeP Parkent tuman Kengashi: "Xo‘ja" MFYdagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi! 😎 Bugun O‘zLiDeP Parkent tuman Kengashi tashabbusi bilan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi deputatlik guruhi hamkorligida "Xo‘ja" MFY aholisining murojaatiga asosan hududdagi dolzarb muammolar o‘rganildi. ▶️ O‘rganishlar davomida mahalla hududidan o‘tuvchi toza ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar tufayli suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi. Bu esa nafaqat tabiiy resurslarni behuda sarflanishiga, balki aholining toza ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar bo‘lishiga ham sabab bo‘lmoqda. ▶️ Partiyamiz ushbu muammoni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishni boshladi. Holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, qisqa muddatda mazkur nosozliklarni bartaraf etish va suv isrofgarchiligiga chek qo‘yish bo‘yicha aniq yechimlar talab qilindi. 😎 O‘zLiDeP doimo xalq manfaatlarini himoya qilishga va aholining muammolarini hal etishga tayyor! 🖥FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12686 · 2025/05/23 07:36

#uzlidep #deputat 😎 Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti rektori, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurjon Muhammedov iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi. ▶️ Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuv doirasida pedagoglar tayyorlash tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ChDPU infratuzilmasi va talabalarga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot tinglandi. ▶️ Uchrashuvda universitetning strategik muvaffaqiyatlarida talabalarning alohida o‘rni borligi va universitet rivojida yoshlarning g‘oyalari, ularning amalga oshirayotgan ishlari muhimligi ta’kidlandi. ▶️ Ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar, qiziqtirayotgan savollar va takliflari bilan o‘rtoqlashishdi. 🖥FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

O'zLiDeP - Toshkent viloyati

@uzlidep_toshkentv · Post #12664 · 2025/05/20 10:50

#uzlidep #deputat Do‘stlik va birdamlik bayrami xayriya tadbirlariga ulanib ketdi 😎 Bugun yurtimizda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. 😎 Shu bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi ham ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. 😎 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak tashabbusi bilan Nurafshon shahridagi “Tong” madaniyat saroyida tashkil etilgan do‘stlik va birdamlik bayrami ham mana shunday xayriya tadbirlaridan biri bo‘ldi. ▶️Unda yurtimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi Birlashgan Madaniyat Taraqqiyotlari institutining raisi, Demokratik tinchlikni ta’minlash Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Ra Jong Yeok janoblari boshchiligidagi 40 dan ortiq delegatsiya a’zolari, O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi rahbariyati, mahalliy hokimiyat vakillari hamda deputat Viktor Pakning Toshkent viloyatidagi saylov okruglari hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan aholi vakillari ishtirok etishdi. ▶️ Uchrashuvda so‘z olganlar mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining jamiyatda millatlararo totuvlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan beshinchi ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etilganini ta’kidlashdi. ▶️ Bugungi kunda O‘zbekistondagi koreys diasporasi davlatimiz tanlagan taraqqiyot yo‘lini qo‘llab-quvvatlagan holda mehnat qilib, tinchlik-totuvlikda hayot kechirishayotgani, yurtimizda so‘nggi 7 yilda millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlanganini e’tirof etishdi. ▶️ So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviytexnik va madaniy-gumanitar sohalarda ikkala davlat o‘rtasidagi hamjihatlikni chuqurlashtirishga qaratilgan O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari tarixida yangi bosqichni boshlab berganini qayd etishdi. Ra Jong Yeok, Koreya Respublikasi Birlashgan Madaniyat Taraqqiyotlari institutining raisi, Demokratik tinchlikni ta’minlash Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi: - “Bugungi tadbir O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi do‘stlik ifodasidir. Albatta, imkoniyati cheklangan shaxslar birinchi bo‘lib yordam olishlari kerak. Birinchidan, Koreya va O‘zbekistonning umumiy jihatlari ko‘p. Bir paytlar, qariyb 80 yil avval o‘zbeklar koreyslarni bu yerda, o‘z zaminida juda iliq kutib olishgan. Bu biz uchun juda muhim. Biz esa o‘zbek zaminiga minnatdorlik belgisi sifatida uni qandaydir tarzda qaytarishga tayyormiz. Kelajakda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi munosabatlarga aynan shu tashkilot nuqtai nazaridan qaralsa, ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar Koreyaga o‘qishga taklif qilinadi. Va bu juda katta loyiha bo‘ladi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlari har yili yanada yaqin bo‘ladi”. ▶️ Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan shaxslarga Koreya Respublikasidan beg‘araz yordam sifatida 5 ta elektron va 10 ta mexanik – jami 15 ta nogironlar aravachasi, 20 ta qo‘ltiqtayoq, shuningdek, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga zamonaviy reabilitatsiya vositalari topshirildi. 🖥FACEBOOK |YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM

123•••1011
上一页第 1/11 页下一页