@newuzbekistanuniversity · Post #4086 · 2025/12/03 04:01
"Yangi O'zbekiston" universiteti Fransiya universitetlari va kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda “Yangi O‘zbekiston” universitetida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Walid Fouque bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda École Centrale, Sorbonna va Polytechnique kabi nufuzli universitetlar bilan qo‘shma loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda Fransiyada ta’lim va amaliyot imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu kabi hamkorliklar universitet muhitini yanada boyitib, talabalarning bilim, tajriba va xalqaro maydondagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #YangiOzbekistonUniversiteti#Fransiya#Hamkorlik#Talim#IlmFan#Xalqaro#EcoleCentrale ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook