@buxdurektori · Post #7542 · 2025/10/29 09:45
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ☄️📚✅ Bolgariyaning “Kliment Oxridskiy” nomidagi Sofiya universiteti delegatsiyasi BuxDUda! 🇧🇬🇺🇿 Buxoro davlat universitetiga Bolgariyaning nufuzli “Kliment Oxridskiy” nomidagi Sofiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet rahbariyati samimiy kutib oldi. 🔺 Tashrif davomida tomonlar ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollari, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi masalalarini muhokama qildilar. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sari muhim qadam bo‘ldi. #BuxDU#SofiaUniversity#InternationalCooperation#Bulgaria#AcademicExchange#EducationPartnership 👶👧🧒👦👩🧑👨👩🦱🧑🦱👨🦱👩🦰🧑🦰 Bizni kuzatishda davom eting: 🌐 Telegram 🌐Instagram🌐Facebook🌐Web-sayt🌐Youtube