#Ekologiya 24
Surxon davlat qo`riqxonasi o`ziga hos noyob florasi haqida so`z yuritilgan
🦌🦌Surxon davlat qo'riqxonasi 🦌🦌
TelegramInstagramYouTubeFacebook
Telegram
Surxon Davlat Qo`riqxonasi
Flora va fauna
Toza havoga soliq
O‘zbekistonda havo tozalagichlar importi keskin oshdi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda mamlakatga 2000 ga yaqin havo tozalagich olib kirilgan bo‘lsa, 2025-yilning o‘n oyida 18 460 dona, ya’ni 9 barobardan ortiq o‘sish kuzatildi.
Bundan xulosa shuki, odamlar o‘z sog‘ligini himoya qilish yo‘llarini mustaqil izlay boshlaydilar. Havo ifloslanishi tobora vaqtinchalik hodisa emas, balki doimiy xavf sifatida qabul qilinmoqda.
Raqamlarga qaraganda, havo tozalagichlar asta-sekin kundalik ehtiyojga aylanmoqda. Ko‘pchilik tanishlarim tozalagich sotib olishgan (ba’zilarida bir nechta xona uchun).
Biznes ham moslashmoqda. Ayrim 11.11 dagi reklama aksiyalarida havo tozalagichlar ko‘proq ilgari surilmoqda.
Bu jarayon iqtisodiyotga ham ta’sir qiladi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Toshkent shahrida har yili havoning ifloslanishi bilan bog‘liq 3000 ga yaqin erta o‘lim holatlari qayd etiladi. Sog‘liqqa yetkazilgan zarar yiliga deyarli 490 million dollarga baholanmoqda (YAIMning taxminan 0,7 foizi). Bundan tashqari, ish unumdorligi pasayadi, kasallar soni ko‘payadi, konsentratsiya yomonlashadi.
Shuning uchun “havoga soliq” haqidagi hazillar endi hazil emas. Siz aslida to‘lovni sog‘lig‘ingiz yomonlashishi (dorilar, davolanish), mahsuldorlikning pasayishi (daromadlar) orqali amalga oshirasiz. Qiziq jihati shundaki, havo tozalagich sotib olayotganda ham siz 20 foizlik bojxona boji (kamida har bir dona uchun 3 dollar) shaklida soliq to‘laysiz.
Ekologik muammolarning ildizi asosan energetika sohasida. Bu holatni hukumatning o‘zi ham bilvosita tan olgan. Ekologiya vazirligi havoning ifloslanishiga asosiy sabab sifatida past sifatli yoqilg‘ida ishlaydigan transport vositalari, ko‘mir va mazut yoqadigan issiqlik va elektr stansiyalari, shuningdek, bosh rejasiz qurilishlar va daraxtlarning kesilishini keltirib o‘tgan.
Ekologiya vaziri Toshkent atrofida "yashil" halqa o‘rniga ko‘mirda ishlaydigan va havoni ifloslantiradigan issiqxonalardan iborat "kulrang halqa" hosil bo‘lganini aytgandi.
2023-yil boshida hukumat gazni tejash maqsadida (manba) ayrim issiqxonalar, sement va g‘isht zavodlari, bog‘chalar, maktablar va shifoxonalarni ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan edi. Natijada, “ko‘k yoqilg‘i”dan uzilgan issiqxonalar hosilni saqlab qolish uchun ko‘mir, mazut, hattoki shinalar va toksik chiqindilarni yoqishga majbur bo‘ldi. Albatta, muqobil yechimlar bor, ammo issiqxona xo‘jaliklarining qarzdorligi sababli ular hozircha qimmat.
Shuningdek, metan zapravkalariga gaz yetarli berilmagani tufayli, haydovchilar iflos Ai-80 benzinga o‘tishar edi. Bu ham tanqislik tufayli haydovchilar soatlab navbatda turishga majbur bo‘lgan (bu esa iqtisodiy faoliyatdan boy berilgan foyda degani).
Vaziyat biroz yaxshilanishi mumkin. Ko‘mirga o‘tgan issiqxonalarga ham eksport majburiyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda gazdan foydalanishga qaytishga ruxsat berildi. “O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini ishlab chiqarilishini to‘xtatganini ma’lum qildi, ammo talab yuqori bo‘lsa, Ai-91 ham yetishmasligi mumkin. Energetika vazirligi esa bu mavsumda mazut ishlatilmasligini va’da qildi.
Ha, hukumat choralar ko‘rmoqda, ammo ularning barchasi izchil va o‘zaro bog‘liq emas. Yangi daraxtlar ekilmoqda, lekin eski daraxtlar hali ham kesilmoqda (ba’zan zaruratsiz). Quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilmoqda, biroq shu bilan birga elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etildi (bu chiqindini qayta ishlash uchun emas, mahalliy avtomobil sanoatini himoya qilish uchun), bu esa ularni qimmatroq qildi. So‘nggi 5–6 yil ichida gaz qazib chiqarish kamaydi, lekin eksport davom etmoqda va yangi milliard dollarlik gazni qayta ishlash zavodlari barpo etilmoqda.
Gazni eksport qilish haqiqatan ham ichki bozor uchun (issiqxonalar, zapravkalar, sanoat korxonalari va odamlar) ishlatishdan iqtisodiy jihatdan foydaliroqmi, degan savolni hisoblab chiqish foydali bo‘lardi.
#energetika#ekologiya
@latipovuzb
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan Mintaqaviy ekologik sammitning ochilish marosimida ishtirok etdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия Регионального экологического саммита, проходящего в эти дни в городе Астане.
#Mirziyoyev#sammit#ekologiya#hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yetar endi, a?
Bolaligimda qishlogʻimiz atrofida qumlar boʻlardi. Bular, asosan, oʻzlashtirishga qiyinroq boʻlgan qumli tepaliklar, toʻrangʻil, yingʻil kabi daraxtlar oʻsadigan yerlar edi. Odamlar bu joylarni oxirgi 20-30 yil ichida oʻzlashtirib tugatishdi. Hozir men tugʻilib-oʻsgan qishloq atrofida shunchaki yotgan yerni topish amri-mahol. Hatto kam ishlatiladigan dala yoʻllari ham ekin ekiladigan maydonga aylantirilgan…
https://farhodjon.uz/blog/yetar-endi/
#ekologiya#hukumat#shahar@FarLives🌀
Turkiyaning KOC CONSTRUCTION kompaniyasi Shota Rustaveli ko‘chasidagi sayyohlik hududini barpo etadi
Turk kompaniyasiga berilgan ekologik xulosaga ko‘ra, kompaniya buyurtmachi va obyektga bevosita yaqin joyda yashovchilar o‘rtasidagi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni bartaraf etish maqsadida qurilish ishlari boshlanishidan oldin eng yaqin qo‘shnilar - yakka tartibdagi uy-joylar egalari va korxonalar vakillaridan ularning yashash manzillarini ko‘rsatgan holda yozma rozilik olishlari shart deyilgan.
Avvalroq Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining qayta qurilishi ekologik ekspertiza xulosasi berilmasidan oldin boshlangani haqida yozgan edik. Toshkent shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasini qayta qurish ishlarini 25-may kuni boshlagan, atrof-muhitga ta’sirni baholash xulosasi esa 20-iyun kuni taqdim etilgan.
🌐Batafsil o‘qish
#Ekologiya#FCDO#EGED#MJDC
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasining qayta ta’mirlash ishlari ekologik ekspertiza berilishidan oldin boshlangan
Toshkent shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishni 25-may kuni boshlagan, atrof-muhitga ta’siri baholash hujjati esa 20-iyun kuni berilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ko‘cha bo‘ylab ko‘plab daraxtlar mavjud bo‘lib, loyiha bo‘yicha kapital ta’mirlash davomida ularga zarar yetkazilmaydi, ya’ni daraxtlarni kesish nazarda tutilmagan. Shunga qaramay, blogerlar ko‘chadagi ayrim daraxtlarning ildizlari kovlanganini xabar qilishgan.
Bundan tashqari, ta'mirlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilinmagan. Qurilish chiqindilari yo‘llar va piyodalar yo‘laklarida qolib ketgani oqibatida 9 yoshli bola jarohatlangan.
🌐 Batafsil o‘qish
#Ekologiya#FCDO#EGED#MJDC
Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о приоритетных общенациональных проектах в сфере экологии и охраны окружающей среды.
#Mirziyoyev#taqdimot#ekologiya#iqlim