TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 3 条相似帖子

搜索 #entomology

当前筛选 #entomology清除筛选
hujayra.uz

@hujayrauz · Post #3809 · 2025/05/20 06:39

#entomology#update Entomologiya zoologiyaning bir bo'limi hisoblansa-da, o'zi ham bir nechta kichikroq bo'limlarga bo'linadi. Bugun shu haqida qisqacha: 1. Afidologiya - o'simlik shiralari (bitlari)ni o'rganuvchi fan; 2. Dipterologiya - pashsha, chivin va umuman ikki qanotlilar turkumi vakillarini o'rganuvchi fan; 3. Hemipterologiya - qandalalarni o'rganuvchi fan; 4. Izopterologiya - termitlarni o'rganuvchi fan; 5. Koleopterologiya - qo'ng'izlarni o'rganuvchi fan; 6. Lepidopterologiya - kapalaklarni o'rganuvchi fan; 7. Melittologiya (yoki apiologiya) - asalarilarni o'rganuvchi fan; 8. Mirmekologiya - chumolilarni o'rganuvchi fan; 9. Odonotologiya - ninachilarni o'rganuvchi fan; 10. Ortopterologiya - to'g'ri qanotli hasharotlar, chigirtka, chirildoq, temirchaklarni o'rganuvchi fan; 11. Trixopterologiya - buloqchilarni o'rganuvchi fan; 12. Vespologiya - arilarni o'rganuvchi fan; 13. Blattodeologiya - suvaraklarni o'rganuvchi fan; 14. Mantodeologiya - beshiktebratarlarni o'rganuvchi fan; 15. Strepsipterologiya - yelpig'ichqanotlilar turkumi vakillarini o'rganuvchi fan; 16. Tisanopterologiya - pufakoyoqlilar (tripslar) turkumi vakillarini o'rganuvchi fan; 17. Psokopterologiya - kitob bitlari (Psocodea)ni o'rganuvchi fan; 18. Fasmatologiya - tayoqcha hasharotlar (Phasmatodea) o'rganuvchi fan; 19. Zorapterologiya - farishta hasharotlar (Zoraptera)ni o'rganuvchi fan; 20. Embiopterologiya - embiyalarni o'rganuvchi fan; 21. Grillotalpologiya - buzoqboshilarni o'rganuvchi fan. @hujayrauz